Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha viloyatda yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

2024-yil may oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra, viloyatimizdagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 438 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) 93,5 ballni tashkil etdi.

Ta'kidlash joiz, mazkur oyda 240 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi 90 balldan yuqori bo‘ldi. Albatta, qilingan mehnatning samarasi o‘laroq yuqori natija qayd etgan xodimlar ham moddiy, ham ma'naviy tomondan rag‘batlantirib borilmoqda.

Xususan, viloyatimizdagi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlar👉

🔹Beshariq tumani Yangi Rapqon mahallasi soliq inspektori Abdullayev Ilyos (98,3 ball);

🔹Buvayda tumani Tog‘liq va Buyuk ipak yo‘li mahallalari soliq inspektori Ahmedova Dilafro‘z (96,6 ball)ga Soliq qo‘mitasi Raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari So‘x tumanida o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari So‘x tumanida davom ettirildi.

Unda tuman markazida joylashgan dehqon bozori va chakana savdo shoxobchalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning huquqlari hamda soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#deklaratsiya

Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda.

🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan.

📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi.

📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin.

❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart


Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.


Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹avtotransport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agro va vetenariya xizmatlari;
🔹ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

📌Ushbu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt