Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Qo‘shtepa tumanida o‘tkazildi

Mazkur tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham ishtirok etib, muammoga yechim izlab qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, murojaatlarni o‘rgandi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga ortiqcha to‘lovni qaytarish, deklaratsiya, soliq hisobotlari, shuningdek, moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

May oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlanmoqda

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga yer solig‘idan imtiyoz beriladi


📃“Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-238-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

🗓 2024-yil 1-iyuldan parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#ozini_ozi_band_qilish

IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar 3 yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi


Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda.

Unda Davlatimiz rahbari mamlakatimizda soʻnggi yillarda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning samaralari hamda istiqboldagi rejalar haqida soʻz yuritmoqda.

Xususan, bugungi kunda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Endilikda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi berilib, ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_imtiyozi

Magistral yoʻllar boʻyida 50 mingta koʻchma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_imtiyozi

Tadbirkorlarning yoshlarni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish borasidagi tashabbuslari bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2024.pdf
257.1 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil iyul oyi uchun kalendari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTY

Bugundan barcha xo‘jalik subyektlari uchun
elektron tovar-transport yuk xatlarini rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz,
2024-yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etilgan edi.

👉 VMQ-673-son 21.12.2023

👉YouTube orqali ko‘rish

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#uchrashuv

Ayni daqiqalarda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida turizm (aviyakompaniya, turoperator, turfirma, mehmonxona, gid va boshqa) va transport sohasidagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish maqsadida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda Soliq qo’mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, biznes-ombudsman D.Qosimov, Transport vaziri o’rinbosari J.Choriyev, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a'zolari hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Korrupsiya haqida xabar bering!

Agar siz soliq xizmati organlari tizimida korrupsiya holatlaridan xabardor boʻlsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qiling.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️Soliq xizmatining rasmiy elektron pochtasi [email protected].

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;
▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:
▫️soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
▫️QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
▫️QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3 kunda qaytarib beriladi (amalda 10 kundan 15 kungacha).

☝️Batafsil infografikada

❗️Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqib beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt