#barqarorlik_reytingi
Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?
Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.
Birinchisi – 10 ta umumiy mezon.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.
Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritish ko‘payib ketsa ishlaydi.
Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.
Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.
❗️Soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.
Telegram I Facebook

#deklaratsiya
2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?
Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.
Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.
Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 3-iyungacha* to'lanishi lozim.
Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi lozim.
*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan navbatdagi sayyor qabul O‘zbekiston tumanida
Joriy yil 24-may kuni o‘tkazilgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham ishtirok etib, muammoga yechim izlab qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, murojaatlarni o‘rgandi.
Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga
👉 QQS qaytarish;
👉 aniqlashtirilgan hisobotni qabul qilish;
👉 noturar obyektlar uchun hisoblangan soliqlar;
👉 soliq qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar;
👉 o‘tkazilgan soliq tekshiruvlari;
👉 moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida tasdiqlangan jadval asosida davom ettirilmoqda.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi
“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)
Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:
Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
🟩yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %
🟦o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %
❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.
Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.
4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.
Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.
Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar tadbirkorning reytingidan kelib chiqib berilishi yetkazilmoqda
📍Qo‘qon shahri hamda shaharga yaqin hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va hokim yordamchilari uchun viloyat soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Reytingdan o‘rin olgan umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda berilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek
Aprel oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi
💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.
♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

#e_ijara
Farg‘ona viloyati bo‘yicha soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 23 mingga yaqinlashdi
2024-yil 1-may holatiga respublika bo‘yicha soliq organlarida 400 272 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi. Shundan 22 896 tasi Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Soliq mobil ilovasida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

#savol_javob
❓Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?
✅Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi❌.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.
Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi

#ortiqcha_tolov
Yuridik shaxslar my3.soliq.uz portali orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qanday qaytaradi
Buning uchun my3.soliq.uz portalining “Barcha xizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish” xizmati tanlanadi
Shaxsiy kabinetga ERI orqali kirilgandan so‘ng ochilgan oynada “Arizani rasmiylashtirish” menyusiga o‘tiladi.
Bu yerda hudud tanlanadi. Shundan so‘ng korxona nomi, pochta manzili va STIR avtomatik shakllanadi. Ariza beruvchining telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatilishi shart.
Soliq turi tanlanganda obyekt kodi, soliq hisobvaragʻi, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ortiqcha toʻlangan summa (raqamda va soʻz bilan) avtomatik shakllanadi.
Keyingi qatorda ortiqcha toʻlangan soliq summasini vujudga kelgan sanasi va qisqacha sababi yoziladi.
Shundan so‘ng qaytarish yoki hisobga olish ko‘rsatiladi.
Agar boshqa soliq turiga oʻtkazish tanlansa, ortiqcha summa oʻtkazilishi lozim bo‘lgan soliq turi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng soliq hisobvaragʻi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida ma’lumot avtomatik shakllanadi.
Ortiqcha toʻlangan summani qaytarish tanlansa bank MFOsi ko‘rsatilishi lozim. Shundan so‘ng ma’lumotlar shaxsiy hisobvaragʻida avtomatik aks etadi.
Yakunda boshqa soliq turiga oʻtkaziladigan yoki qaytariladigan ortiqcha soliq summasi (raqamda) koʻrsatiladi, soʻz bilan yozilishi avtomatik shakllanadi.
Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligi tasdiqlanib “Yuborish” tugmasi bosiladi.
Eslatma. my3.soliq.uz portalida ortiqcha soliq to‘lovlarini avtomatik o‘tkazish funksiyasi ishlab chiqilmoqda.

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib oling.
Ilovaning "To‘lovga tasdiqlangan" tugmasi bosilib, kerakli oy tanlanganda o‘sha oyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar ro‘yxati shakllanadi.
Cheklar👉
🔴qizil rangda bo‘lsa, keshbek berish rad etilgani;
🔵ko‘k rangda bo‘lsa, keshbek tasdiqlanish jarayonida ekanligi;
🟢yashil rang esa keshbek tasdiqlanganini bildiradi.
❌ Qaysi cheklarga keshbek berish rad etiladi?
🔹shubhali xaridor deb topilgan foydalanuvchi cheklariga;
🔹chekdagi MXIK noto‘g‘ri bo‘lsa;
🔹keshbek berilmaydigan mahsulot va xizmatlar cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa (avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan beriladigan xarid cheklari uchun keshbek berilmaydi).
❓Aynan qaysi sabab bilan keshbek berish rad etilganligini bilish uchun qizil rangdagi chek tanlanib, "Batafsil" tugmasi bosiladi.
⏳Qaysi hollarda cheklar ko‘k rangda ya'ni tasdiqlanish jarayonida bo‘ladi:
🔹chek berilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlari topshirilmaganda;
🔹hisobotlarda kamchiliklar bo‘lganda;
🔹1 mln so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi bo‘lsa.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamchiliklar bartaraf etilsa, keshbek avtomatik ravishda tadiqlanadi.