Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Viloyat sektorlari rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli Toshloq tumanida o‘tkazildi

Toshloq tumanidagi Musiqa va san’at maktabi binosida viloyat hokimi X.Bozorov hamda viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabulda viloyat prokurori B.Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Ikramov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i M.Mamatxanov, shuningdek, viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Unda fuqarolar tomonidan uy-joy, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moddiy yordam, ta’lim, bank krediti ajratish, subsidiyalar ajratish, kadastr, qurilish, tibbiy xizmatlar va yana qator masalalarda qilingan murojaatlarning katta qismiga qabul chog‘ida ijobiy yechim belgilandi.

Hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓Bugun, 15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-aprel

mart oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar);

II chorak uchun:

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

2024-yil 1-aprel holatiga Farg‘ona viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 50,4 mingtani tashkil etdi. Shundan 1 746 tasi yanvar-mart oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Farg‘ona soliq texnikumida talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirokida Farg‘ona soliq texnikumi talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Unda tadbirkorlarning yurt rivoji va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim o‘rni, ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z bordi.

Shuningdek, joriy yil 1-fevraldan joriy etilgan Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi hamda talabalarning reyting borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.

Shu bilan birga, talabalarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishdan oldin tadbirkorlik faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar bilan yaqindan tanishish, biznes rivojida huquqiy savodxonlikning muhim ahamiyati tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Beshariq tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor rahbariyati tomonidan aholi muammolarini yaqindan o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Beshariq tumanida xonadonbay tarzida sayyor qabul o‘tkazildi.

Dastlab 4-sektor rahbariyati Yuqori Zarqaynar MFYdagi muammolarni hal qilishga mas’ul bo‘lgan “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, soliq bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng 4-sektor hududidagi fuqarolar muammolari o‘rganildi hamda 15 dan ortiq kelib tushgan murojaatga asosan 3 ta ehtiyojmand oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, 3 nafar talabaga kontrakt pulining bir qismini qoplash uchun sertifikat, bir fuqaroga eshitish moslamasi, shuningdek, 6 ta oilaga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kun uchun penya hisoblanadi

15-aprel kuni jismoniy shaxslar uchun joriy yilda hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarining yarmini to‘lashning oxirgi kuni edi.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt