Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.93K photos
541 videos
42 files
2.51K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Marg‘ilon shahridagi dehqon bozorida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Marg‘ilon shahridagi dehqon bozorida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot tarzida o‘tkazildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirilib, flayerlar tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

Telegram I Facebook I
#raqamlashtirish #keshbek

Farg‘onalik iste'molchilar qariyb 7 mlrd so‘m keshbek olgan

Joriy yil boshidan (1-aprel holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 62,6 mln dona chek uchun 101,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 53,2 mlrd so‘mi fevral oyida berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 46,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10,3 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 6,9 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 4,4 mlrd so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini
Soliq mobil ilovasida to‘lash uchun 5 ta sabab

Hurmatli fuqarolar, ushbu soliqlarni 15-aprelga qadar to‘lashni unutmang!!!

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qo‘shma_xat.pdf
1.1 MB
#QQS #imtiyoz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining
Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish 2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilinishi boʻyicha axboroti

👉 Soliq kodeksi 483-modda
____________
#НДС #льготы

Информация Министерства экономики и финансов и Налогового комитета об освобождении от НДС до 1 января 2028 года оборота по реализации, а также ввоза товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, реализуемых полностью или частично за счет государственного внешнего долга, привлеченного и привлекаемого из международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Jismoniy shaxslardan undirilgan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi “Mahalla budjeti”da qoladi

📃“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-209-son, 25.12.2023)ga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etildi.

Unga ko‘ra, har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar quyidagilarni tashkil etadi👉 Infografikada batafsil ko‘rsatilgan.

#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-aprel

mart oyi uchun:

🔹 banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

🔹 natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JSHODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#elon

Hurmatli fuqarolar!

Telegram orqali Soliq mobil ilovasini yuklab olib pul yutug‘iga ega bo‘lish mumkinligi haqida yolg‘on xabarlar yuborilmoqda.

‼️Eslatib o‘tamiz, bu firibgarlarning sizni aldashga urinishidir! Ilovani noma'lum manbalardan yuklab olmang!

Ilovani faqat rasmiy platformalardan o'rnating va yangilang - Android / iOS
———
#объявление

Уважаемые граждане!

Через мессенджер Telegram поступают фейковые сообщения с призывом скачать мобильное приложение Soliq и получить за это денежные призы и подарки.

‼️Напоминаем, что данная информация является попыткой мошенников обмануть Вас! Не скачивайте приложение из неизвестных источников!

Устанавливайте и обновляйте приложение только с официальных платформ - Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

👉Yer va mol-mulk soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash

#15_aprel #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #bilasizmi

2024-yil 1-apreldan quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaga QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilingan:
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari;
▫️tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.

Bunda agar korxonaning 2024-yil 1-aprel holatiga QQS imtiyozi bekor qilingan qoldiq tovarlar mavjud bo‘lsa, ushbu tovarlar realizatsiya qilinganda EHF QQS bilan rasmiylashtiriladi

👉 VMQ-489-son 14.07.2020 yil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilish belgilangan.  Bunda 12% QQS summasi ham ustamaning tarkibida bo‘ladimi?


▫️Chetdan olib kelinadigan va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari vositachilar sonidan qatʼiy nazar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama belgilandi.
▫️Chakana savdoda esa, ulgurji narxidan 20 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llaniladi.
▫️Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10%idan ortiq bo‘lmagan cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda sotiladi.
👉 VMQ-185-son 06.04.2017-yil

Bunda tovar tannarxiga dastlab ulgurji savdoda ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) QQSsiz narxiga 15%, chakana savdoda ulgurji narxiga 20 % miqdorida ustama qo‘yiladi va 12 % miqdorida QQS hisoblab realizatsiya qilinadi.
👉 Soliq kodeksi-248-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads