Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Farg‘ona viloyatida ham taksi xizmatlarini integratsiya qilish ishlari davom etmoqda

Taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band boʻlmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Ayni maqsadda Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan hududiy soliq boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali seminar o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan 10 dan ortiq taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona vakillari ishtirok etdi.

Unda integratsiya jarayonlarini to‘g‘ri va to‘liq amalga oshirish, taksi haydovchilarini o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mijozlarga elektron chek taqdim etish yuzasidan tushuntirish berildi.

Uchrashuvda soha vakillarining savollariga Soliq qo‘mitasi va "Yangi texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi mutaxassislari tomonidan batafsil axborot taqdim etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#deklaratsiya

1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

🔸noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
🔸ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
🔸moddiy naf tarzidagi;
🔸O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
🔸soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


Telegram I Facebook I Instagram I
“Yashil makon” loyihasi doirasida barcha shahar va tuman soliq inspeksiyalarida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda

Prezidentimiz tomonidan kuni kecha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati boshchiligida hududiy soliq inspeksiyalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Inspeksiyalar hududidagi bo‘sh yerlar, ko‘chalar bo‘yiga mevali va manzarali ko‘chatlar, gullar ekilmoqda, shu bilan birga, yon-atrof saranjom-sarishta holga keltirilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ekilgan ko‘chatlarning unib-o‘sishi va to‘g‘ri parvarish qilinishi uchun mas’ullar biriktirilmoqda.

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Toshloq tumani 4-sektor hududidagi “Piyozchilik” mahallasi obod va ko’rkam qiyofa kasb etdi

“Piyozchilik” mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlari asosida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari qizg‘in tus oldi. Qisqa fursat ichida mahallada toza ichimlik suvi, yo‘l ta'miri, elektr energiya va gaz ta'minoti, tibbiy yordam ko‘rsatish, bandlik masalasi bilan bog‘liq ko‘plab ishlar amalga oshirildi.

Ayni kunlarda “Piyozchilik” mahallasining yangi binosi, 2 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi, avtosalon hamda poyabzal va kiyim-kechak do‘konlari tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Mazkur tadbirlarda
viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov, tuman hokimi Abduqahhor Jo‘raboyev, boshqa mas’ullar hamda mahalla ahli ishtirok etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt