Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#hashar

Farg‘onalik soliqchilar ham umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar


Xabaringiz bor, bugun yurtimizning har bir go‘shasida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham umumxalq xayriya hasharida ertalabdan faollik ko‘rsatib, yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar: boshqarma binosi atrofi supurilib saranjom-sarishta holga keltirildi, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#TTY #elon

"Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirildi

2024-yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar uchun, 2024-yil 1-iyuldan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
👉 VMQ-673-son 21.12.2023

Shunga asosan, Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” IAM tomonidan tizim operatorlari bilan birga "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirildi.

Eslatma❗️"Elektron tovar-transport yuk xati tizimi" test rejimida ishga tushirilgan boʻlib, 2024-yil 1-aprelga qadar xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun hech qanday soliqqa oid oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.

📢 Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarni "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan keng foydalanishga chaqiradi.

📹 Tizimdan foydalanish tartibi videoqo‘llanmada batafsil ko‘rsatib berilgan. 🎞 YouTube orqali ko‘rish

Qo‘shimcha ma'lumot uchun (71) 202 32 82 yoki 1198 qisqa raqami orqali Call-markaziga murojaat qilish mumkin.

👉 O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi
👉 Elektron TTY tadbirkorlar bilan muhokama qilindi
👉 Elektron TTY bosqichma-bosqich joriy etiladi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS #onlayn_NKT

2024-yil 1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi

Joriy yil 1-apreldan quyidagilar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi:

▫️ tibbiy xizmatlar;
▫️ veterinariya xizmatlari;
▫️ dori vositalari;
▫️ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.

O‘zbekiston hududiga olib kirishda:
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari;
▫️tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
▫️shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida sanab o‘tilgan sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida foydalanishda bo‘lgan onlayn-nazorat kassa texnikalari orqali chop etiladigan cheklarda 2024-yil 1-apreldan boshlab QQS aks ettirilishi lozim!

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim

📲 Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazilmoqda

🗓2024-yil 1-apreldan boshlab tibbiy xizmatlar, veterinariya xizmatlari, dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi.

Mazkur o‘zgarishlarni sohadagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Tibbiyot sohasida foydalanishda bo‘lgan onlayn-nazorat kassa texnikalari orqali chop etiladigan cheklarda 2024-yil 1-apreldan boshlab QQS aks ettirilishi lozimligi tushuntirilmoqda.

Bundan tashqari, muloqotlar jarayonida Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati hamda tadbirkorlik subyektlariga beradigan imkoniyatlari batafsil yetkazilmoqda.

#barqarorlik_reytingi #onlayn_NKT

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt