Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.86K subscribers
4.98K photos
546 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda Marg‘ilon shahri, Yozyovon, Qo‘shtepa va Toshloq tumanlarida yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbirda 4-sektor rahbari M.Mamatxanov ham murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Qabulda sektor rahbariga fuqarolardan hisobotlarni topshirish, deklaratsiya, ko‘chma savdo, ortiqcha to‘lovni qaytarish, ichimlik suvi, moddiy-yordam ko‘rsatish kabi masalalariga oid 20 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati qabulning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim vaqt talab qiladiganlari mas’ullarga biriktirildi. Shu bilan birga, tadbir jarayonida ehtiyojmand oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi faoliyati tez orada qayta tiklanadi

Keshbek va "Soliq hamkor" tizimining bekor bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz.
————-
#мобильное_приложение

Функции мобильного приложения Soliq будут восстановлены в скором времени

Сообщения об отмене кешбэка и "Налогового партнера" необоснованны.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida So‘x tumanida tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, So‘x tumanidagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga borib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi.

Muloqotlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi faoliyati qayta tiklandi, ayni paytda ilova odatdagi tartibda ishlamoqda.
————-
#мобильное_приложение

Функции мобильного приложения Soliq восстановлены, в настоящее время приложение работает в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#antikorrupsiya

Korrupsiya haqida xabar bering!

Agar siz soliq xizmati organlari tizimida korrupsiya holatlaridan xabardor boʻlsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qiling.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️Soliq xizmatining rasmiy elektron pochtasi [email protected].

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

🔍Soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari haqidagi ma'lumotlar bilan soliq.uz saytining "Korrupsiyaga qarshi kurashish" sahifasi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I