Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Qo‘qon shahrida viloyat sektorlari rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi

Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida Qo‘qon shahrida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

O‘z muammosiga yechim izlab qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov tomonidan diqqat bilan tinglandi.

Sayyor qabul jarayonida 20 nafardan ortiq fuqaroning soliq rejimini o‘zgartirish, ortiqcha to‘langan soliqlarni qaytarish, ishga joylashish, shuningdek, moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari kelib tushdi. Qonun doirasida ortiqcha to‘lovni qaytarish, kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish kabi murojaatlarga shu kunning o‘zida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar mas’ullarga biriktirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

2023-yil dekabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda, jumladan dekabr oyida ham BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#elon

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari

Telegram messenjeri orqali shaxsiy xabarlarda Soliq mobil ilovasini yuklab olib yutuqqa ega bo‘lishga da’vat etuvchi soxta xabarlar tarqalmoqda.

‼️ Bu ma'lumotlar firibgarlarning sizni aldashga urinishidir! Ilovani noma'lum manbalardan yuklab olmang!

Ilovani faqat rasmiy platformalardan o'rnating va yangilang. - Android / iOS
_________________
#объявление

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq

В личные сообщения через мессенджер Telegram поступают сообщения с призывом скачать мобильное приложение Soliq, получить призы и подарки.

‼️Данная информация является попыткой мошенников обмануть Вас! Не скачивайте приложение из неизвестных источников!

Устанавливайте и обновляйте приложение только с официальных платформ - Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

👩‍🎓 "Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olishda yosh chegarasi olib tashlandi


©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#ijtimoiy_soliq #YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT)oyiga 340 000 so‘m;

🔹savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno)oyiga 170 000 so‘m.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda Marg‘ilon shahri, Yozyovon, Qo‘shtepa va Toshloq tumanlarida yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbirda 4-sektor rahbari M.Mamatxanov ham murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Qabulda sektor rahbariga fuqarolardan hisobotlarni topshirish, deklaratsiya, ko‘chma savdo, ortiqcha to‘lovni qaytarish, ichimlik suvi, moddiy-yordam ko‘rsatish kabi masalalariga oid 20 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati qabulning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim vaqt talab qiladiganlari mas’ullarga biriktirildi. Shu bilan birga, tadbir jarayonida ehtiyojmand oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi faoliyati tez orada qayta tiklanadi

Keshbek va "Soliq hamkor" tizimining bekor bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz.
————-
#мобильное_приложение

Функции мобильного приложения Soliq будут восстановлены в скором времени

Сообщения об отмене кешбэка и "Налогового партнера" необоснованны.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida So‘x tumanida tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, So‘x tumanidagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga borib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi.

Muloqotlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt