Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.87K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Naslchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

📃“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-403-son, 25.12.2023) qabul qilindi.

🔹Qarorga ko‘ra, naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Ma’lumot uchun: 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qarorga asosan, naslchilik subyektlari uchun foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha 2021-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar imtiyoz berilgandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
❗️2024-yilning Davlat budjeti tasdiqlandi

“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–886, 25.12.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Qonunga ko‘ra, soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onadagi soliq to‘lovchilarga 443,6 mlrd so‘m QQS qaytarildi

2023-yil davomida Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 578 ta tashkilotga 443,6 mlrd so‘m QQS qoplab berilgan. Shundan 224,4 mlrd so‘mi 129 ta eksportchi tashkilotga qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:
🔸Ishlab chiqarish - 261,5 mlrd so‘m;
🔸Savdo - 84,0 mlrd so‘m;
🔸Xizmat ko'rsatish - 45,1 mlrd so‘m.

👉QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

#QQS

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi


Qonunga koʻra, quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i;
▫️yuridik shaxslar yer solig'i;
▫️elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
▫️benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
▫️AOS;
▫️tamaki, alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo (import orqali kirgan mahsulotlardan tashqari), shuningdek mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar.

👉
OʻRQ-886-son, 25.12.2023-y.

❗️Qonun 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbariyati tomonidan sayyor qabullar davom ettirilmoqda

Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish va joyida hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Rishton, O‘zbekiston va Furqat tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Har bir fuqaroning murojaati mas’ullar tomonidan joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Natijada, o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topishni maqsad qilgan 27 nafar ayollarga tikuv mashinasi, 3 nafar murojaatchiga motokultivator, shuningdek, 14 nafar ehtiyojmand fuqaroga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bundan tashqari, qabul natijasida 2 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

#4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024 yil uchun ijara to‘lovlarining minimal stavkalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasining 886-sonli Qonuni bilan soliq solish maqsadida 2024-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

Mazkur stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
O‘RQ-891.pdf
5.1 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"
gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda, oshgan kundan eʼtiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq toʻlashga oʻtadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

🚫 Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi (qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):

▫️soliq to‘lovchi hududiga kirish;
▫️soliq to‘lovchi hududi va binolarini ko‘zdan kechirish;
▫️soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

📁 Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 3 yil ichida javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi kerak, 3 yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5 yil edi).

Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.

🌐 Quyidagilarga qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari 2028-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi:

🔹O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;

🔹O‘zbekistonning norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha 5 foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;

🔹O‘zbekistonning rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.

Ushbu Qonun 2024-yil-1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Qadrli hamyurtlar, yaqinlashib kelayotgan Yangi – 2024-yil bilan Farg‘ona viloyati soliq organlarining ko‘p sonli jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilayman. Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Maqsudxon MAMATXANOV,

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi

Quyidagilar bo‘yicha savdo aylanmasi QQSga tortiladi
▫️tibbiy xizmatlar;
▫️veterinariya xizmatlari;
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagilar QQSga tortiladi:
dori vositalari,
veterinariya dori vositalari,
tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar,
shuningdek qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.

Izoh: Mazkur imtiyozlar 2024-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalari

O'RQ-891 bilan Soliq kodeksining 383-moddasiga o‘zgartirish kiritildi hamda 2024-yilda YaTT uchun qat'iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalari tasdiqlandi.

💬YaTT bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi.

❗️Mazkur stavkalar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.

2024-yil yanvar oyida qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#rasmiy_axborot

Soliq qoʻmitasi joriy yil 4-yanvarda AOS toʻlovchilariga shaxsiy kabinet orqali yuborilgan QQS toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi xabarnoma haqiqiy emas deb hisoblanishini ma'lum qiladi.

Bunday xabarnoma 917 ta AOS to‘lovchiga (jami 380 mingga yaqin AOS to‘lovchi) xatolik bilan yuborilgan. Ushbu xabarnomalar shaxsiy kabinetlardan o'chirildi. Mazkur soliq to'lovchilar avvalgi soliq rejimida qoladi, ya'ni AOS to‘laydi.
_______
#официальная_информация

Налоговый комитет сообщает о том, что уведомление о переходе на уплату НДС, направленное через персональный кабинет плательщикам налога с оборота 4 января этого года, считается недействительным.

Такое уведомление было ошибочно направлено 917 плательщикам налога с оборота (всего около 380 тысяч плательщиков налога с оборота). Эти уведомления удалены из персональных кабинетов. Режим налогообложения у этих налогоплательщиков останется прежним, т.е. они будут уплачивать налог с оборота.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
2023-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar hamda Farg‘ona viloyati soliq tizimidagi muhim yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#aksiz_soligi

2024-yil uchun tamaki va alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari

Mahalliy alkogol va tamaki mahsulotlariga qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari inflyatsiya darajasi miqdorida 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Alkogol, tamaki hamda vino mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5 foizga pasaytirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt