Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.87K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
4-sektor rahbari tomonidan Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolarini yaqindan o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov tomonidan Oltiariq tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida kechgan qabulda 30 nafar fuqarodan QQSni qaytarish, hisobotlarni qayta yuborish, moddiy yordam berish, bandlikni ta’minlash uchun tikuv mashinasi va pishiriq pechi ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Qabul jarayonida o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topishni maqsad qilgan 5 nafar fuqaroga zamonaviy tikuv mashinasi, 11 nafariga esa pishiriq pechi berildi. Shuningdek, 10 nafar ehtiyojmand fuqaroga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasiga yangi xizmatlar qo‘shildi

📲Endilikda foydalanuvchilar ilovaning yangilangan 1.4.2 versiyasi orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.

🔸"Ortiqcha to'lovni qaytarish" xizmatida jismoniy shaxslar ortiqcha toʼlagan soliqlarini elektron ariza yuborish orqali qaytarib oladi.

🔸"Soliq imtiyozini qaytarish". Endi Soliq mobil ilovasi orqali ham "kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin.

🔸“Fiskal modulga toʼlov”
xizmati orqali onlayn-NKTda qo'llaniladigan fiskal modul uchun toʼlov qilinadi.

🔸"Jarimalarni to‘lash" xizmatida MIB hamda yoʻ l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni ko‘rish va to‘lash mumkin.

Shuningdek, yangilangan versiyada foydalanuvchilarning ilovaga biriktirilgan telefon raqamlari ularning JShShIRlariga bogʻlandi hamda “SoliqID” identifikatsiya tizimini takomillashtirildi.

🛒 Ilovani hoziroq yangilab oling Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Marg‘ilonlik tadbirkorga 300 mln so‘m QQS qaytarildi

Farg‘ona viloyati soliq organlari xodimlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida eksport faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlardagi kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘mashlashgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasini o‘z vaqtida qaytarilishida yaqindan yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Marg‘ilon shahrida ayollar, erkaklar va bolalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "TANG GROUP" MJChga ham QQS qisqa muddatlarda qaytarildi. Ya’ni, olingan xom ashyo resurslari evaziga vujudga kelgan QQSning salbiy farq summasi hisobiga joriy yil dekabr oyida 300 mln so‘m jamiyat hisobraqamiga qaytarildi.

Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi "FERGHANA WONDERLAND TEXTILE" MChJga joriy yilda 340 mln so‘m miqdoridagi QQS salbiy farq summasi o‘z vaqtida qaytarib berildi.

#QQS

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25 dekabr

dekabr oyi uchun:

🔹 jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda belgilangan miqdordan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#antikorrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Marg‘ilon shahri, Oltiariq, Yozyovon va So'x tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Uchrashuvlarda xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish va bunda birdamlikning muhim ahamiyati tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Naslchilik uchun berilgan soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi

📃“Naslchilik xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-403-son, 25.12.2023) qabul qilindi.

🔹Qarorga ko‘ra, naslchilik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozi muddati iqtisod qilingan mablag‘larni asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirish sharti bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Ma’lumot uchun: 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qarorga asosan, naslchilik subyektlari uchun foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha 2021-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-yanvarga qadar imtiyoz berilgandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt