Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#rasmiy_munosabat
Soliq organlari tomonidan soliq bazasini kengaytirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlardan biri taksi va yoʻlovchi tashish bozorini tartibga solishdir.
Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 1-dekabridan boshlab Yandex Go xizmati Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, mazkur servis Soliq axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi natijasida har bir tashish xizmati uchun fiskal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi.
Oʻtgan kunlar davomida (1 – 6-dekabr) 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta chek shakllantirildi.
Oʻz navbatida, mazkur sohada bir qator yechimini topishi lozim boʻlgan masalalar saqlanib qolmoqda:
birinchidan, taksi xizmati (Yandex Go va boshqalar) uchun naqd pul orqali toʻlov qilinganda chek berilishi yoʻlga qoʻyilmagan.
Bu borada amaliyotga tatbiq etish uchun bir nechta yechimlar ishlab chiqildi va bozor ishtirokchilariga taklif qilindi, yaqin kunlarda naqd pul orqali toʻlov qilinganida ham chek berilishi taʼminlanadi;
ikkinchidan, qolgan agregatorlarda, xususan – MyTaxi, Uklon va boshqalarda fiskal chek bugungi kungacha shakllantirilmayapti.
Ushbu agregatorlar bilan texnik integratsiyalash ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda yoʻlovchilar ushbu xizmatlardan foydalanganda fiskal cheklarni olishni boshlashi kutilmoqda.
Bundan tashqari, respublikaning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish koʻzda tutilgan;
uchinchidan, bugungi kunga qadar shakllantirilgan 13,5 mlrd soʻmlik 800 483 ta cheklarning 13,4 mlrd soʻmlik 791 100 tasi 232 ta yuridik shaxslar (Yandex Go hamkorlari va taksi kompaniyalari), 163,9 mln soʻmlik 9 383 tasi esa 1 821 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.
Bunda, tashish xizmati oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatilgan boʻlsada, tashishning barcha summasi taksopark (hamkor) aylanmasida aks etish holatlari Soliq qoʻmitasi tomonidan kuzatilmoqda.
Mazkur yoʻnalishda taksoparklar va oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar oʻrtasida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida komissioner va komitentni toʻgʻri belgilash boʻyicha tushuntirish ishlari agregatorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu sohada oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur funksiyani Soliq mobil ilovasiga qoʻshish orqali soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: yuridik shaxslar oʻzlarining shaxsiy kabinetida fiskal cheklarni tahrirlash mexanizmidan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan.
Taksi faoliyatidan rasmiy daromad shakllantirish imkoniyatining paydo boʻlganligi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun alohida bir qator afzalliklarni keltirib chiqaradi. Jumladan, daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keyinchalik ularga boshqa iqtisodiy harakatlarda (ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va hokazo) imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu oʻz navbatida aholining iqtisodiy faolligi oshishiga xizmat qiladi.
Soliq qoʻmitasi taksi xizmatini koʻrsatishda agregatorlar va ularning hamkorlari biznes jarayonlarini monitoring qilib bormoqda va aniq yechimlarni taklif etadi.
Shu bilan birga yoʻlovchi tashish bozorida, turli baholashlarga asosan 500 mingdan 1 mln nafargacha fuqaro toʻliq yoki qisman bandligini, shuningdek, taksilarning kundalik logistika va harakatlanishdagi ahamiyati katta ekanini hisobga olib, mazkur sohadagi munosabatlarni avtomatlashtirish va fiskallashtirish jarayonini bosqichma-bosqich va ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblaymiz.
Bunda, soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblanishi va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga soliqlarning toʻliq tushishini taʼminlash soliq organlarining asosiy vazifalari boʻlib qoladi.

Soliq qoʻmitasining Yandex Go, MyTaxi, Uklon va boshqa taksi xizmatlari toʻlovlarini fiskallashtirish toʻgʻrisidagi xabarida o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar cheklari uchun keshbek berish to'g'risidagi ma'lumotlar e'lon qilinmagan.
Vazirlar Mahkamasining 5252-son qaroriga muvofiq avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lov hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan xarid cheklariga 1% keshbek berilmaydi.
Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda 135 mln so‘m keshbek berilishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qilamiz.
————-
#официальная_информация
В сообщении Налогового комитета о фискализации платежей за поездки в сервисах Yandex Go, MyTaxi, Uklon и других служб такси, не упоминается возможность получения кешбэка за чеки, выданные самозанятыми водителями.
Согласно ПКМ №5252 – 1% возврат от суммы покупок не предусмотрен за покупки автомобилей, авиа и железнодорожных билетов, оплаты коммунальных услуг и услуг связи, а также чеков, выданных самозанятыми лицами.
Таким образом, информация в социальных сетях о возврате 135 млн сумов кешбэка не является достоверной.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq
15-dekabr – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
2023-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini soliq organlariga 15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini 1-oktabrga qadar, qolgan soliq summasini 15-dekabrgacha to‘laydi.
Eslatma! Qishloq xo‘jaligi korxonalariga 1 kub. metr suv uchun soliq stavkasi 45 so‘m miqdorda belgilanadi.
Soliq to‘lovchilar 2023-yil uchun hisobot yuborishda my.soliq.uz portalidagi 10601_11-raqamli hisobot shaklidan foydalanadi.
Shuningdek, belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilish lozim.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS
📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️
AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.
👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.

#nazorat_tadbirlari #markirovka
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchilarda o‘tkazilayotgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.
2022-yil 13-iyungacha (1 yilu 6 oy ) alkogol va tamaki mahsulotlari sotuvchilariga markirovkalanmagan mahsulotlarni savdodan olib tashlash imkoniyati berildi.
Shunga qaramay, soliq organlari tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida oʻtkazilgan tekshirishlar davomida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi qoidalarini koʻp miqdorda buzish holatlari aniqlandi.
Xususan, faqat joriy yilning oktabr-dekabr oylari davomida raqamli markirovkalanmagan 1,9 mlrd soʻmlik 168,7 ming dona alkogol va 0,9 mlrd soʻmlik 81,4 ming dona tamaki mahsulotlari olib qoʻyildi.
Raqamli markirovkalarning yoʻqligi bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi:
Birinchidan, tovarning kelib chiqish manbasini aniqlab boʻlmaydi, bu esa sogʻliqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan kontrafakt va qalbaki mahsulotlarni aholiga sotish xavfini sezilarli darajada oshiradi.
Ikkinchidan, markirovkalanmagan mahsulotlar savdosi natijasida majburiy boʻlgan soliqlar va yigʻimlarning toʻlanmay qolishi Davlat budjetiga zarar keltiradi.
Uchinchidan, “uddaburon” tadbirkorlar tomonidan alkogol va tamaki mahsulotlarining soliq va yigʻimlar toʻlanmagan holda realizatsiya qilinishi intizomli tadbirkorlar uchun raqobat maydonida tengsizlikni keltirib chiqaradi.
Soliq organlari tomonidan kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, davlat budjeti tushumlarini oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash, shuningdek, isteʼmolchilar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida murojaatlar asosida alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi 572 ta subyektda tekshiruvlar oʻtkazildi.
Natijada qonun buzilishlarga yoʻl qoʻygan 491 ta xoʻjalik subyektlariga nisbatan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasiga muvofiq 49,9 mlrd soʻmlik moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. 4 ta holatda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar alkogolli mahsulotlarni sotishdan byudjetga undiriladigan soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, noyabr oyida oʻtgan 10 oydagi soliq tushumlariga nisbatan 189 foizga oshgan (134 mlrd soʻmga nisbatan 252 mlrd soʻm).
Joriy yilda alkogol va tamaki mahsulotlari aksiz soligʻi bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlarning umumiy prognozi 4,4 trln soʻm.
Soliq qoʻmitasi sotuvchilarni Soliq kodeksining 227 prim 1- moddasida nazarda tutilgan jazo choralarini (oxirgi hisobot choragidagi sof tushum miqdorida) hisobga olishga, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishning qonuniy tartibini buzmaslikka chaqiradi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Quvasoy shahrida sayyor qabul tashkil etildi
Aholi muammolariga yaqindan quloq tutish va ularni joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, viloyat 4-sektor rahbariyati tomonidan Quvasoy shahrida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 16 nafar fuqarodan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullar biriktirilib, tezkor choralar ko‘rildi.
Xususan, o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topishni maqsad qilgan I.Egamovga, uning murojaatiga asosan, motokultivator yetkazib berildi. Xuddi shunday maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan fuqaro D.Hamraliyeva esa zamonaviy tikuv dastgohi bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, qabul davomida 4 nafar fuqaroga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, yana bir fuqaroga esa havo kompressori yetkazib berildi.
#sayyor_qabul

❓2018-yilda bank krediti asosida arzon ko‘p kvartirali uylardan birini
xarid qilganman. Mazkur uylar mol-mulk solig‘idan ozod ekan. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun nima qilishim kerak?
✅ Prezidentning “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2660-sonli qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar sotib olingan kvartiralar bo‘yicha jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
Agar sizning xonadoningiz yuqoridagi qaror doirasida bank krediti asosida xarid qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni o'sha hududdagi soliq organiga taqdim etishingiz lozim.
#savol_javob
Telegram I Facebook I Instagram

#mobil_ilova
Soliq mobil ilovasidan yana bir qulaylik
Soliq mobil ilovasidan Face ID orqali roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarning ilovaga biriktirilgan telefon raqamlari ularning JShShIRlariga bogʻlanmoqda.
Endilikda soliq to‘lovchilar mobil ilovadan bir nechta telefon raqamlari orqali foydalanganda ham bitta akkaunt hisoblanadi va barcha keshbek summalari ushbu akkauntda jamlanadi.
Ilovaga biriktirilgan telefon raqamlarining JShShIRga bog‘lanishi xavfsizlikni yanada kuchaytiradi. Ya'ni foydalanuvchilarning keshbek summalari firibgarlar tomonidan o'zlashtirib olinishi cheklanadi.
Foydalanuvchi boshqa telefon orqali Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan raqam bilan ilovaga kirayotganda ushbu foydalanuvchini akkauntning haqiqiy egasi ekanligiga aniqlik kiritish maqsadida savol oynasi ochiladi. "Ha" tugmasi tanlanganda foydalanuvchi Face ID orqali identifikatsiyadan o'tkaziladi, agar haqiqatdan akkaunt egasi bo‘lsa ilovaga kirishga ruxsat beriladi, "Yoʻq" bosilganda esa foydalanuvchiga akkauntni o'chirib yangi akkaunt ochish taklif etiladi.
Ushbu qulaylikdan Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida foydalanish mumkin. Yangilangan ilova yuklab olish uchun tez kunlarda platformalarga joylashtiriladi.

Tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da tadbirkorlik sohasida yuzaga kelayotgan to‘siqlar, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarni eksport qilishdagi muammolar, oldinda turgan aniq reja-vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Mamajonov ishtirokida o‘tkazilgan tadbirga yirik tadbirkorlik subyektlari hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchi korxonalari vakillari, tegishli mas’ullar taklif etildi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari N.Polvonov so‘zga chiqib, tadbirkorlik subyektlariga berilgan soliq imtiyozlari, soliq hisobotlarini yuritish va taqdim etish, QQSni qaytarish tartiblari haqida axborot berdi.
Uchrashuv davomida ko‘tarilgan har bir masala bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritasi” tayyorlanib, shu asosda ish tashkil qilishga kelishib olindi.