Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.92K subscribers
5.27K photos
573 videos
43 files
2.64K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 30-noyabr

noyabr oyi uchun:


🔹 soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlari boʻyicha aniqlashtirilgan yer soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 4-qism);

🔹 qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻining qolgan summasini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 3-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash borasida aholining soliq madaniyati tobora yuksalib bormoqda

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
❗️2023-yil 1-dekabrdan:

👉mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 so‘m;
👉bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;
👉pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
👉yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
👉mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi – 800 000 so‘m bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talabalar va OAV vakillari uchun Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Bakubayev so‘zga chiqib, korrupsiyani oldini olish borasida soliq tizimida olib borilayotgan ishlar hamda ishga qabul qilish jarayonlari shaffof va meritokratik prinsiplar asosida amalga oshirilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida ishtirokchilar boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xususan, mutaxassislar tomonidan mahallabay tizimi asosida olib borilayotgan chora-tadbirlar, resurs soliqlarining hisoblanishi va undirilishi, soliq hisobotlari topshirilishi, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari tartibi haqida batafsil axborot berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi shaxsiy tarkib xodimlari uchun 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati Ma’muriy sudi raisi hamda Farg‘ona tumanlaro Ma’muriy sudi sudyalari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi huquqbuzarliklar, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, shuningdek, inson huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari haqida batafsil axborot berildi.

So‘zga chiqqanlar soliq xizmati xodimlari tomonidan soliq tekshiruvlari o‘tkazish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar, tadbirkorlarning huquqlari ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbir jarayonida soliq xizmati xodimlari amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan sudyalardan batafsil javob oldilar.

Telegram I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligi bo‘yicha xatlov tadbirlari olib borilmoqda

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt