Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#markirovka #tamaki

Qo‘qonda noqonuniy sotilayotgan qariyb 530 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqaro aniqlandi.

Fuqaroga tegishli xonadonlar ichidagi omborxonalar ko‘zdan kechirilganda jami 25 turdagi 52 970 quti umumiy qiymati 529,7 mln so‘mlik belgilangan namunadagi aksiz markasi mavjud boʻlmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi va ular daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq to‘lovchilarga soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi

Tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili doirasida xizmat ko‘rsatish hamda soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida haftaning har chorshanba kuni “Soliq imtiyozlari kuni” sifatida belgilandi.

Endi soliq to‘lovchilar chorshanba kuni viloyat soliq boshqarmasiga tashrif buyurib yoki 94-440-24-12; 73-241-71-11 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda soliq imtiyozlari hamda ulardan foydalanish tartiblari haqida tushuntirish olishlari mumkin.

#imtiyoz #soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

Viloyat soliq boshqarmasida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga soliq solish tartibi yuzasidan Farg’ona viloyati soliq boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Seminarda tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining afzalliklari, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartiblari va bunda nol darajali stavkaning qo‘llanilishi, eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan boshqa qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Xususan, qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar eksport qilinganda, qayta ishlash operatsiyasida foydalanilgan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan QQSni hisobga olish hamda hosil bo‘lgan QQS salbiy farq summalarini qoplash yuzasidan qonunchilik me'yorlari tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT #videoqollanma

Yakka tartibdagi tadbirkor qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?


Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish oʻrni va investitsiyalarni koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Unda Davlatimiz rahbari boʻyalgan matoni 50 foizdan kam boʻlmagan qismini ichki bozorga sotgan korxonalar ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada toʻlashini, ularga mol-mulk soligʻini 3 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, kelgusi yildan boshlab bogʻ va tokzorlarga hosildorligi va tushumiga qarab tabaqalashgan yer soligʻi stavkalari joriy qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Xodimlar bilan muloqot o’tkazildi

11-noyabr – O’zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Farg’ona viloyati soliq boshqarmasida tadbir o’tkazildi.

Unda boshqarma boshlig’i o’rinbosari D.Bakubayev va soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi B.Ermatov so’zga chiqib, xodimlarni bayram munosabati bilan tabrikladilar.

Muloqot davomida ish beruvchining majburiyatlari, xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning huquq va majburiyatlariga to’xtalib o’tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 14-noyabr kuni

“Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 14 ноября

на тему «Налог на доходы физических лиц и социальный налог: отчетность, уплата налогов и льготы».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar jarayonida soliq imtiyozlari va preferensiyalari to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda

Xususan, soliq xizmati organlari xodimlari Marg‘ilon shahrida ayollar va bolalar kiyimlarini ishlab chiqaruvchi "Marg‘ilon Rashid tex" korxonasiga tashrif buyurib, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida 50 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga yer va mol-mulk solig‘i, daromad solig‘i, ijtimoiy soliqlardan berilayotgan imtiyozlar, ortiqcha to‘lovni qaytarishdagi yengilliklar haqida tushuntirishlar berdilar.

Shuningdek, dasturga a’zo bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi va boshqa yengilliklar eslatib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida haftaning har chorshanba kuni “Soliq imtiyozlari kuni” sifatida belgilangan.

©️Farg‘ona TV


Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari soni 19 taga kengaytirildi


📃Prezidentning 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yana 19 taga kengaytirildi.

Endilikda quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ham Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tib, o‘zini o‘zi band qilishi mumkin:

qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar to‘qish;
uy sharoitida loydan tandir tayyorlash;
atlas va adras to‘qish;
mayda munchoq (biser) tikish;
do‘ppido‘zlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash;
asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash;
quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiqlar tikish;
qo‘ziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish;
pichoq tayyorlash, charxlash va sotish;
qog‘ozdan qutilar, banderollar tayyorlash;
uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
tayyor mahsulotga etiketka biriktirish;
uy sharoitida bolalar o‘yinchog‘i ishlab chiqarish;
uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash;
yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash;
milliy taqinchoqlar yasash;
kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
dag‘al jundan gilam, ko‘rpa va yostiq tayyorlash.

Eslatib o‘tamiz, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘idan ozod etilgan. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yilda kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15 noyabr

oktabr oyi uchun:


🔹hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

🔹aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
QR-kodli kassa cheki faqat naqd puldagi savdo uchun beriladimi?

🗓2023-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi 12 236 ta subyekt tomonidan 15 262 ta onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassa o‘rnatilgan.

📍Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'iy nazar iste'molchilarga QR-kodli xarid cheki berilishi lozim.
👉PF-5813-son 06.09.2019-yil

❗️Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilish 5 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

#onlayn_NKM

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt