#keshbek
Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?
Keshbek hisoblanmaydi:
✅agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
✅ agar sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo'lsa;
✅avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun;
✅Soliq qo'mitasi tomonidan yuritiladigan shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari uchun.
Kimlar shubhali xaridorlar bo‘ladi?
Shubhali xaridorlar – keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.
Bunda, xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:
▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.
Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan foydalanuvchilar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.
Bundan tashqari, cheki boshqa fuqarolar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan haqiqatda xaridni amalga oshirgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?
Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.
Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.
👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil
❗️Shubhali xaridorlar reestridan chiqish va keshbek olish huquqini qayta tiklash uchun [email protected] elektron manziliga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat yuboring.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun va Budjetnoma muhokamasida asosiy soliq turlari boʻyicha soliq stavkalari oʻzgarishsiz qoldirish, tarkibida shakar mavjud boʻlgan gazlangan ichimliklar uchun aksiz soligʻi joriy etish va ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish taklif etildi
Batafsil
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda
Soliq xizmati organlarida joriy yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi hamda Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasida adliya organlari vakillari ishtirokida “Tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jarayonlar hamda qayd etilgan salbiy holatlar, ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralariga aniq misollar bilan to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, davlat budjetiga soliq tushumlarini ta’minlashda xodimlarning majburiyatlari hamda halol ishlash afzalliklari tushuntirildi.
Telegram I Facebook I Instagram I

Marg‘ilon shahridagi tadbirkorga 800 mln so‘m QQS qaytarildi
Tadbirkorlarning joylardagi muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yil oktabr oyida Marg‘ilon shahrida faoliyat olib borayotgan 465 nafar tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida tadbirkorlarga dastlabki buxgalteriyani yuritish, soliq rejimini tanlash, E-ijara, E-imtiyoz dasturlaridan foydalanish, ortiqcha to‘lovlarni qaytarish yuzasidan ko‘mak ko‘rsatildi.
Misol uchun, Nadirmat MFY hududidagi sanoat zonasida ayollar va bolalar poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "MARSHOSH SHOES" MCHJga ham ortiqcha to‘lovlarini qaytarishga ko‘maklashilgan: chet eldan olib kelingan xom ashyo hisobiga yuzaga kelgan 800 mln so‘m miqdordagi ortiqcha QQS to‘lovlari jamiyat hisobraqamiga qaytarilgan.
Tadbir jarayonida OAV vakillari uchun press-tur uyushtirildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash
✅ My3.soliq.uz portalida onlayn-NKT cheklarini tahrirlash bo‘yicha qo‘llanma
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
✅ My3.soliq.uz portalida onlayn-NKT cheklarini tahrirlash bo‘yicha qo‘llanma
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi talabalarni stajirovkaga taklif etadi!
Oliy ta’lim muassasalari talabalari stajirovkasini tashkil etish, ularda soliq sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarni yuksaltirish hamda kelgusida soliq xizmati organlarini bilimli yosh kadrlar bilan to‘ldirib borilishini ta’minlash maqsadida Soliq qoʻmitasi tomonidan “Soliq xizmati organlariga Yosh mutaxassislarni stajirovka oʻtash uchun tanlab olish dasturi” ishga tushirildi.
Mazkur dastur asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati iqtisod, huquq, buxgalteriya, AKT yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar uchun Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida stajirovka oʻtash yuzasidan tanlov eʼlon qilinadi.
🗓Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2023-yil 30-noyabrga qadar Telegram messenjeri (@stajorfartax2023) orqali qabul qilinadi.
☎️Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon: 73-241-70-81
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi

“Mahallabay” tarzda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari o‘rganilmoqda
Prezidentimiz tomonidan mahallani joylarda muammoni hal qiladigan institutga aylantirish, amaldagi “beshlik”ka soliq va ijtimoiy himoya xodimlarini qo‘shib, “mahalla yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan.
Shu munosabat bilan, viloyatimizdagi har bir mahallaga tadbirkorlarning soliq ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq organlari xodimlari biriktirilgan.
Xususan, Marg‘ilon shahridagi Yuksalish MFYga Marg‘ilon shahar soliq inspeksiyasidan Azizbek Yakubov biriktirilgan bo‘lib, “mahallabay” tarzda amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Mahalla hududida 65 ta yuridik shaxs, 75 ta YaTT, 185 ta o‘zini o‘zi band qilgan shaxs faoliyat olib bormoqda. A.Yakubov tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, ularning faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.