Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#AOS

🗓 15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-oktabrga ko‘chiriladi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda

Shu bois 2023-yil 16-oktabr - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni.

📜 Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq qo‘mitasi mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi majlislar zalida tizim xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish, qat’iy mehnat intizomiga rioya qilish masalalariga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Soliq qo‘mitasi raisining maslahatchisi G.Muqaddasova hamda Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i J.Rahimjonovlar ishtirok etib, soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbirda xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, soliq tizimida yaratilgan imkoniyatlar ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, soliq to‘lovchilar bilan ishlash jarayonida ichki mehnat tartib-qoidalari hamda odob-axloq me’yorlariga rioya qilish lozimligi eslatib o‘tildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 16-oktabr

sentabr oyi uchun:

🔹 hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari
hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining
ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim
etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va
toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

🔹 AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qismlar).

IV chorak uchun:

🔹 joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib
chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida
maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

15-oktabr dam olish kuni (yakshanba) boʻlganligi sababli jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini toʻlash muddati 16-oktabr hisoblanadi.

👉 Soliq mobil ilovasida soliq toʻlashingiz mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlar soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari
___________

📌Soliqlarni masofadan Soliq mobil ilovasi (Android / iOS ) orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt