Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.4K photos
595 videos
43 files
2.71K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

#savol_javob #mol_mulk_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni

Ushbu soliqlarini "Soliq" mobil ilovasida tez va oson to‘lashingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq xizmati xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi

“Aql gimnastikasi”ni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida yurtimizda turli musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati soliq xizmati xodimlari o‘rtasida ham sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan baxslarda g‘oliblik Quva tumani soliq inspeksiyasi xodimi I.Jo‘rayevga nasib etgan bo‘lsa, faxrli 2-3 o‘rinlarni So‘x tumani soliq inspeksiyasi hamda boshqarma xodimlari S.Rahmonov va Sh.Karimovlar mos ravishda egalladilar.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

P.S G‘olib Soliq qo‘mitasida tashkil etiladigan “Rais kubogi”da ishtirok etadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_oktabr

"Soliqlarni to'lash — bu nafaqat Konstitutsiyada belgilangan qonuniy burchimiz, balki halollik va ijtimoiy mas'uliyat yuki hamdir", — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G'aniyev soliq to'lovlari haqida munosabat bildirdi.

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-oktabr

sentabr oyi uchun:

🔹 aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

oktabr oyi uchun:

🔹 aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

🔹 aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quva tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Quva tumanidagi chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga borib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Agar tadbirkor faoliyatiga soliq xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy aralashish yoki ta'magirlik holatlari kuzatilsa, ijtimoiy tarmoqlar yoki "ishonch telefoni" orqali xabar berish mumkinligi tadbirkorlarga batafsil tushuntirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt