Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Fermer xo‘jaliklari hisobchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi hamda viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlari uchun seminar tashkil etildi. Unda fermer xo‘jaliklari hisobchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan g‘alla va paxta yetishtiruvchilar uchun joriy etilgan soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, taqdim etilgan imtiyozlar batafsil tushuntirildi.

Misol uchun, 2026-yil 1-aprelgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish tartiblari, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish shartlari haqida batafsil axborot berildi.

#uchrashuv

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!

Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi (Android / iOS ) orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

#15_oktabr #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #oylik_ish_haqi

Oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Soliq mobil ilovasidan yuklab olish mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

🔹 hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

🔹 AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona tumanidagi tadbirkorlik subyektlari "Soliqchi-ko'makchi" tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlanmoqda

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Aylanmadan_olinadigan_soliq_AOS_hisob_kitobini_to‘ldirish_bo‘yicha.pdf
532.3 KB
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30
_______________
#налог_с_оборота

Инструкция по заполнению отчетности по налогу c оборота

👉Код пакета отчетности по налогу с оборота:
10104_30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#antikorrupsiya

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Buvayda, Farg‘ona, Oltiariq va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berildi.

Muloqot davomida xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish va bunda birdamlikning muhim ahamiyati tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#MXIK

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlari uchun MXIKlar ro‘yxati yangilandi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlandi.
👉VMQ 447-son 04.09.2023 yil

Mazkur qarordan kelib chiqib, Mahsulotlar (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogida ushbu soha xizmatlariga biriktirilgan MXIKlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

Inventarizatsiya natijasida kodlar strukturasi va tuzilishi o‘zgartirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi MXIKlarning yangilangan ro‘yxati Katalogga joylashtirildi. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab undan foydalanish majburiy bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, hozirda nazorat-kassa texnikalarida amal qilayotgan kodlarni belgilangan sanagacha qayta tekshirib chiqish hamda taklif etilayotgan kodlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.

📞Savollar va takliflar bo‘yicha 71-202-32-32 raqami orqali katalog Operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.
__

#ИКПУ

Обновлен перечень ИКПУ для услуг в сфере информационно-коммуникационных технологий

Утвержден перечень видов услуг в сфере информационно-коммуникационных технологий.
👉ПКМ №447 от 4.09.2023

Исходя из этого, в Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) проведена инвентаризация ИКПУ в этой сфере.

В результате инвентаризации изменены структура и состав кодов. Обновленный перечень ИКПУ в сфере информационно-коммуникационных технологий размещен в Каталоге. Его использование станет обязательным с 1 октября 2023 года.

В связи с этим рекомендуется перепроверить коды, используемые в настоящее время в онлайн контрольно-кассовой технике, и заменить их на утвержденные ИКПУ к указанной дате.

📞По вопросам и предложениям обращайтесь к оператору Каталога по телефону 71-202-32-32.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!

📌Soliqlar
– yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Aziz hamyurtlar❗️

Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

Soliqlarni masofadan Soliq mobil ilovasi (Android / iOS ) orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

#15_oktabr
#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

#savol_javob #yer_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt