Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#korrupsiya #uchrashuv

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Farg‘ona viloyati soliq organlari xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bag‘dod, Buvayda, Toshloq va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan seminarlarda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari muhokama etildi, qonunlarga rioya qilgan holda sidqidildan oila va Vatan tinchligi uchun mehnat qilish afzalliklari tushuntirildi.

Uchrashuvlar mobaynida soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish bilan birga, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limini xabardor etishlari shart ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek

Soliq mobil ilovasida iyul oyi uchun keshbekning butun miqdori toʻliq tasdiqlangandan so'ng to'lab beriladi.

Tasdiqlangan mablag'larni bank kartangizga joriy oyning 25-sanasidan keyin o'tkazishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yozyovonlik tadbirkorning 103 mln so‘m QQS to‘lovlari qisqa muddatlarda qaytarib berildi

Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan murojaatlar “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida qisqa fursatlarda o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Xususan, Yozyovon tumanida joylashgan paxta chiqindilaridan xo‘jalik paxtasi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “YAZ ALMAZ TEXTILE" MChJning murojaatiga asosan 103 mln so‘m miqdordagi ortiqcha QQS to‘lovlari tadbirkor bank-hisobraqamiga qisqa muddatlarda qaytarib berildi.

Soliq xizmati organlari vakillari tomonidan korxonaga tashrif buyurib, mavjud muammolar o‘rganildi va imtiyozlardan foydalanish tartiblari tushuntirildi.

Ta’kidlash joiz, jamiyat ayni paytda 5-toifaga kiritilgan Yozyovon tumanida joylashganligi bois, berilgan soliq imtiyozlaridan unumli foydalanib kelmoqda. Xususan, jamiyat mol-mulk, yer hamda ijtimoiy soliqlardan qariyb 130 mln so‘m tejab qolgan.

Telegram I Facebook I Instagram I
#korrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Quvasoy shahri, Quva, Rishton va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining soliq ma'murchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda

Muhokama markazida soliq ma'murchilgidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar

👉 Jonli efir havolasi 📡

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Prezident Farmoniga asosan viloyatimiz shahar va tumanlari 5 ta toifaga ajratilgan.

5-toifaga kiritilgan Yozyovon tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan subyektlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida qator soliq imtiyozlari berilgan.

Mazkur imtiyozlar natijasida tuman hududida faoliyat olib borayotgan 1084 ta tadbirkorlik subyekti 2023-yil dastlabki 6 oyi davomida 8,8 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni soliqlardan tejab qolgan.

Mazkur imtiyozlar mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida soliq xizmati organlari tomonidan hududdagi tadbirkorlar bilan muloqotlar, faoliyat joyiga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt