Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda sodda soliq maʼmurchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida ilgari surilgan muhim tashabbuslar mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Nazirjon Polvonov ochib berdi hamda biznes muhitini yaxshilash maqsadida kiritilishi kutilayotgan soliq ma'murchiligidagi imtiyoz va preferensiyalar haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuv mobaynida soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati hamda soliq qarzdorligi bartaraf etilmaganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

#uchrashuv #ochiq_muloqot

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#korrupsiya #uchrashuv

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Farg‘ona viloyati soliq organlari xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bag‘dod, Buvayda, Toshloq va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan seminarlarda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari muhokama etildi, qonunlarga rioya qilgan holda sidqidildan oila va Vatan tinchligi uchun mehnat qilish afzalliklari tushuntirildi.

Uchrashuvlar mobaynida soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish bilan birga, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limini xabardor etishlari shart ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek

Soliq mobil ilovasida iyul oyi uchun keshbekning butun miqdori toʻliq tasdiqlangandan so'ng to'lab beriladi.

Tasdiqlangan mablag'larni bank kartangizga joriy oyning 25-sanasidan keyin o'tkazishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yozyovonlik tadbirkorning 103 mln so‘m QQS to‘lovlari qisqa muddatlarda qaytarib berildi

Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan murojaatlar “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida qisqa fursatlarda o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Xususan, Yozyovon tumanida joylashgan paxta chiqindilaridan xo‘jalik paxtasi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “YAZ ALMAZ TEXTILE" MChJning murojaatiga asosan 103 mln so‘m miqdordagi ortiqcha QQS to‘lovlari tadbirkor bank-hisobraqamiga qisqa muddatlarda qaytarib berildi.

Soliq xizmati organlari vakillari tomonidan korxonaga tashrif buyurib, mavjud muammolar o‘rganildi va imtiyozlardan foydalanish tartiblari tushuntirildi.

Ta’kidlash joiz, jamiyat ayni paytda 5-toifaga kiritilgan Yozyovon tumanida joylashganligi bois, berilgan soliq imtiyozlaridan unumli foydalanib kelmoqda. Xususan, jamiyat mol-mulk, yer hamda ijtimoiy soliqlardan qariyb 130 mln so‘m tejab qolgan.

Telegram I Facebook I Instagram I
#korrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Quvasoy shahri, Quva, Rishton va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt