Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.86K photos
532 videos
42 files
2.48K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#imtiyoz

Imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish to‘g‘risida

“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish”
interaktiv xizmati my3.soliq.uz portalida test rejimida ishga tushirilgan.

Ushbu xizmatdan yuridik shaxslar, QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YTTlar foydalanishi mumkin.

Interaktiv xizmat orqali imtiyoz mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk egalik huquqi yoki maydoni o‘zgarganda ham ushbu obyekt uchun murojaat yuborish mumkin.

Buning uchun “Sotib yuborilgan yoki yer maydoni o‘zgargan maydonlar” oynasida tegishli ma’lumotlar (davr, hudud va kadastr ma’lumotlari) ko‘rsatilishi lozim.

👉“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” xizmatidan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

👉Eslatma: mavjud soliq imtiyozlari havolada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (330 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (297 000 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

Deklaratsiya asosida daromad solig‘i toʻlashning oxirgi muddati 1-iyun.

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.
👉Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i stavkalari

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 330 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari165 000 so‘m;
▫️ faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 330 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega
👉Yollanma xodimlar soliq organlarida qanday hisobga qo‘yiladi?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onada qariyb 25 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

2023-yil 1-avgust holatiga Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 24 457 tani tashkil etgan.

Shundan:
87,8 % – qat'iy miqdorda daromad solig‘i to‘lovchi;
11,9 % – aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi.

Yil boshidan buyon 5 396 nafar yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tgan.

👉Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

👉QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan boshqa o‘zgarishlar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-avgust:

iyul oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

avgust oyi uchun:

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov

Soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari viloyat soliq boshqarmasi yangi rahbarini tanishtirdi

Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mirziyod Mahkamov Prezident farmoyishi bilan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan Mamatxanov Maqsud Maxmudovichni jamoaga tanishtirdi.

M.Mamatxanov tayinlovga qadar Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Maqsud Mamatxanov soliq xizmatining II darajali maslahatchisi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#AOS


AOSning pasaytirilgan stavkalari soliq hisobotlarida avtomatik shakllanadi

Aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturida avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “my3.soliq.uz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
▪️Xizmatlar;
▪️Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat;
▪️Murojaat yuborish
.

Ochilgan oynada quyidagilar ko‘rsatiladi:
▫️
Hujjat turi;
▫️Soliq turi;
▫️Hujjat raqami
;
▫️Telefon raqami.

Imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Yuborilgan murojaatlar holatini "Murojaatlar ro‘yxati"dan bilib olish mumkin.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Quyidagi hujjatlarga asosan soliq to‘lovchilarga AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘lash huquqi berilgan:

👉Soliq kodeksi 467 (1-qism 5 va 6-bandlari), 480 hamda 483-moddasi;

👉08.06.2020-yildagi PQ-4742-son;

👉30.04.2022-yildagi PQ-232-son;

👉30.05.2022-yildagi PQ-264-son;

👉06.07.2022-yildagi PQ-307-son;

👉31.08.2022-yildagi PF-213-son;

👉30.12.2022-yildagi PF-287-son.

Eslatma❗️
AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida hududiy soliq inspeksiyalarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Binobarin, ana shunday seminarlar Marg‘ilon shahri va Oltiariq tumani soliq inspeksiyalarida o‘tkazildi. Unda korrupsiya va uning oqibatlari, ta’magirlik, mansab mavqеini suiistе'mol qilish bilan bog'liq jinoyatlar sodir etilishi mamlakatning iqtisodiy-ma'naviy tanazzuliga olib kеlishi mumkinligi ta’kidlandi.

Soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish bilan birga, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limini xabardor etishlari shart ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt