Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#e_ijara
Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?
‼️Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati – E-ijara ijara.soliq.uz saytida ishlamoqda.
🗝Tizimga ERI (elektron raqamli imzo) kaliti yordamida kiriladi.
Ijara shartnomasini hisobga qo‘yish oynasi uchta asosiy bo‘limdan iborat:
🔹Ijaraga beruvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga oluvchi to‘g‘risida maʼlumot;
🔹Ijaraga berilayotgan ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot.
ERIdan foydalangan holda tizimga kirgandan so‘ng “Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida ko‘chmas mulk egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ijaraga oluvchi:
👉yuridik shaxs bo‘lsa, STIR kiritiladi;
👉jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR kiritiladi.
Ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma’lumotlar avtomatik shakllanadi.
✍🏻Ijaraga beruvchi/oluvchi telefon raqamini va faoliyat yoki yashash manzilini boshqa hududda bo‘lsa, qo‘lda kiritish mumkin.
Ijaraga olingan ko'chmas mulk bo'limida ro'yxatdan o'tgan obyektning kadastr raqamini ochiladigan ro'yxatdan tanlash lozim.
♻️Tizim Kadastr agentligi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan. Shuning uchun mulk joylashgan hudud, tuman, manzil va umumiy maydoni ko‘rsatilgan qatorlar avtomatik shakllanadi.
⚠️Ijara holati (to‘liq, qisman) va mulkdan foydalanish maqsadi ko‘rsatilishi majburiy.
👉Agar ijara qisman bo‘lsa, ijaraga olingan maydon ko‘rsatilishi shart.
Tasdiqlash uchun yuborilgan ma’lumotlar quyidagicha aks etadi:
• IJARAGA BERUVCHIda – “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Chiquvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”;
• IJARAGA OLUVCHIda - “Ijaralar ro‘yxati” oynasi ➡️ “Kiruvchi shartnomalar” ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan”.
👉Agar IJARAGA OLUVCHI ushbu ma’lumotni tasdiqlasa, ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida maxsus QR-kodli Guvohnoma shakllanadi.
Ijara sanasining boshlanishi ro‘yxatga qo‘yish sanasidan boshlab 10 kun avvalgi sanadan oshib ketmasligi lozim.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Biz Margʻilon shahar 7 etajli uylarga noqonuniy QQS qoʼshilgan deb uchramagan tashkilot qolmadi, murojaatni hech kim oʼrgangani yoʼq” mazmundagi xabar tarqaldi. Ushbu material yuzasidan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Murojaatda fuqarolar tomonidan sotib olingan ko‘p qavatli uylarning qiymatiga QQS summasi qo‘shilganidan norozi bo‘lib, ushbu masala yuzasidan amaliy yordam berilishi so‘ralgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli Farmonining 8-ilovasiga asosan, “O‘zshahar qurilish invest” IK MChJ ishtirokida Marg‘ilon shahrida 2020-yil dasturi doirasida har biri 42 xonadonli jami 168 ta xonadondan iborat 4 ta 7 qavatli uy-joylar qurilib, Marg‘ilon shahar hokimining 2020-yil 19-oktabrdagi 463-sonli qarori bilan foydalanishga topshirilgan.
Farmonning 9-ilovasi “b” bandiga muvofiq, “O‘zshahar qurilish invest” IK MChJga QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar 2020-yil 1-yanvardan bekor qilingan.
Farmonning 9-ilovasi “v” bandida esa, 2020-yil 1-iyulgacha «O‘zshahar qurilish invest» IK tomonidan 2017 — 2019 yillarga mo‘ljallangan Dastur doirasida qurilgan uy-joylar (ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar) sotilishi bo‘yicha aylanma QQSdan ozod qilinishi belgilangan.
Marg‘ilon shahridagi 2020-yil 19-oktabrda qurib foydalanishga topshirilgan 168 ta xonadondan iborat 4 ta 7 qavatli uy-joylar 2017-2019 yil emas, balki, 2020-yil dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilganligi sababli mazkur xonadonlar uchun “O‘zshahar qurilish invest” IK MChJga QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar qo‘llanilmaganligi hamda ko’p qavatli uylar QQS bilan realizatsiya qilinganligini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, fuqaro va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini bajarish yoki bajarmaslik yuzasidan fuqarolar tomonidan sud organlariga da’vo ariza bilan murojaat qilishi mumkin ekanligini ma’lum qilamiz.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumani 4-sektor hududidagi aholi muammolari o‘rganildi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumanida xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda asosiy e’tibor “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash masalalariga qaratildi.
Misol uchun, o‘zini o‘zi band qilish orqali doimiy daromad topishni maqsad qilgan Qora mulla MFY Obod ko‘chasida yashovchi U.Egamovga noutbuk sovg‘a qilingan bo‘lsa, tikuvchilik sir-asrorlarini o‘zlashtirgan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari, shuningdek, pishiriq pechlari yetkazib berildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari berildi.
#sayyor_qabul #4_sektor

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash
Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022
Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022
Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Oltiariq tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida qator targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Oltiariq tumanidagi chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Unda asosiy e'tibor agar tadbirkor faoliyatiga soliq xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy aralashish yoki ta'magirlik holatlari kuzatiladigan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlar yoki "ishonch telefoni" orqali xabar berish mumkinligiga qaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.
#antikorrupsiya