Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.84K photos
531 videos
42 files
2.47K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Farg‘ona shahrida sportning stol tennisi turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyatdan jami 258 nafar o‘smir yigit-qizlar g‘oliblik uchun bellashdilar.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan yakkalik baxslarida Samarqand viloyatidan tashrif buyurgan yosh havaskor Sh.Iskandarov 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qiz bolalar o‘rtasidagi yakkalik o‘yinlarida Toshkent viloyatidan M.Magdiyeva g‘olib bo‘ldi.

Chempionat doirasida juftlik o‘yinlari ham o‘tkazildi. Unga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi o‘yinlarda Toshkent shahridan J.Istamov va D.Lutfullaev, qiz bolalar o‘rtasidagi baxslarda esa Farg‘ona viloyatidan M.Bahodirova hamda S.Baxtiyorova juftliklari barcha raqiblardan ustun kelib, g‘olib bo‘ldilar.

Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlarga Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi

🗓 Joriy yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etilgan:

🔸
har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;

🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;

🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona shahrida stol tennisi bo‘yicha o'tkazilgan O‘zbekiston chempionati tafsilotlari

©️O'zbekiston24

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2023-yil 1-maydan 2024-yil 1-iyulgacha tajriba tariqasida turoperator xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan 5 nafar va undan ortiq norezidentlarga xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi turpaketlar boʻyicha chet ellik hamkorlariga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan QQSning 20 % miqdoridagi mablagʻlar respublika budjetidan subsidiya sifatida qaytariladi.
Turpaketlar joylashtirish, avtomobil yoki temir yoʻl transporti, ekskursiya va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarni qamrab oladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi.

63-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

149-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

📃Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda barcha soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Sevimli brendingizga ovoz berishga ulgurdingizmi?

2022-yilning eng yaxshi brendi uchun ovoz berish jarayonlari tugashiga oz qoldi.

🏆 Soliq qo‘mitasi "Yil brendi – 2022" tanlovida Soliq mobil ilovasi bilan ishtirok etmoqda.

🤝 20 dan ortiq xizmatlardan masofadan, qulay, tez va oson foydalanish imkoniyatini taqdim etayotgan oʻz ilovangizni qoʻllab-quvvatlang!

📱Sizning ovozingiz biz uchun muhim. Soliq mobil ilovasiga ovoz bering!

👉Ovoz berish bo‘yicha qo‘llanma
______________
#мобильное_приложение

А вы уже успели проголосовать за любимый бренд?

До окончания голосования за лучший бренд 2022 года осталось совсем немного.

🏆 Налоговый комитет представляет в номинации "Бренд года – 2022" мобильное приложение Soliq.

🤝 Поддержите наше приложение, обеспечивающее удобный, быстрый и простой удаленный доступ к более 20 услугам!

📱Ваш голос важен для нас. Голосуйте за мобильное приложение Soliq!

👉Инструкция для голосования

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz hamon yodimizdasiz, aziz hamkasblar!

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi vakillari tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan soliq tizimida samarali mehnat qilgan, hamkasblar o‘rtasida hurmat qozongan, lekin bevaqt o‘lim tufayli bu dunyoni erta tark etgan хodimlar xonadonlariga tashrif buyurilmoqda.

Xususan, boshqarma vakillari M.Kamolov va M.Xolmirzayevlar xonadonida bo‘lib, oila a’zolari va farzandlari holidan xabar oldilar.

Shuningdek, sobiq xodimlar dafn etilgan qabristonlar ziyorat qilindi, marhumlarning ezgu amallari yodga olinib, ularning xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

Bunday tadbirlar hududiy soliq inspeksiyalarida ham amalga oshirilmoqda.

#9_may

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 10-may

aprel oyi uchun:

🔹 aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

may oyi uchun:

🔹alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

🔹AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

🔹AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #YaTT

Farg‘ona viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlar soni qariyb 24 mingga yetdi

2023-yil 1-may holatiga respublika bo‘yicha YaTTlar 238 343 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4%ga (12,3 mingta) oshgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹avtotransport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agro va vetenariya xizmatlari;
🔹ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

📌Ushbu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Xonadoniga quyosh panelini o‘rnatganlarga har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi

🖊 Prezident qarori bilan umumiy quvvati 50 kVt gacha boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatgan jismoniy shaxslarga oʻz isteʼmolidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

📲 Subsidiya har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.

👉Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari beriladi.

👉Soliq mobil ilovasiga “Quyoshli xonadon” xizmati qo‘shildi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliqni to‘liq qoplab berish davom ettirilishi tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Prezident qarori bilan 2021-yil 1-maydan 2023-yil 1-yanvargacha ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliqni Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish amaliyoti joriy qilingan edi. Joriy yil 26-apreldagi Prezident farmoni bilan mazkur amaliyot yana 2 yilga uzaytirildi.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu yangilik “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili doirasida soliq to‘lovchilarga yetkazilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy soliq bo‘yicha berilgan imtiyozdan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrida mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "DOLINA MASTER MEBEL" MChJda 40 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. E’tiborlisi, ishchilarning aksariyati yoshlar bo‘lib, ish beruvchiga ijtimoiy soliq bo‘yicha berilgan imtiyoz natijasida 2022-yilda 16,8 mln so‘m qaytarib berilgan.

#imtiyoz