Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar SMS orqali toʻlaydigan yer va mol-mulk soliqlari haqida to‘liq ma'lumot olishi mumkin

15-aprelga qadar jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng yarmini toʻlashi belgilangan.

📩Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda ularning uyali telefonlariga toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni SMS koʻrinishida yuborish yoʻlga qoʻyildi.

📃SMS ostidagi "Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz saytining "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalanish toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

Otam I guruh nogironi, uy uning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?

Soliq kodeksiga ko‘ra, I va II guruh nogironligi 🧑🏻‍🦽 bo'lgan shaxslarning mol-mulki 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi, shuningdek, bunday shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'idan ozod etilgan.

Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Birlashgan kasaba uyushmasi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi majlislar zalida Farg‘ona viloyat soliq xizmati organlari xodimlari mehnat jamoasi Jamoa shartnomasining 2022-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Polvonov va O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari D.Babayevlar ishtirok etdilar.

Tadbirda ish beruvchi hamda Farg‘ona viloyati soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-aprel

mart oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism,06.10.2005-yildagi 1515-raqamli nizomning 7-bandi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim mahsulotlar xaridi uchun QQS qaytariladi

🖊Prezident qaroriga koʻra joriy yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim tovarlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek oʻrniga, 12% QQS qaytariladi.

♻️QQS qaytarib beriladigan mahsulotlar roʻyxati
🐏Qoʻy goʻshti
🐓Parranda goʻshti
🐄Mol goʻshti
🥚Tuxum
🫙Oʻsimlik yogʻi

📲QQSni qaytarib olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi isteʼmolchi Soliq mobil ilovasini yuklab olib, FACE ID orqali roʻyxatdan oʻtishi hamda ilovada xarid chekining QR-kodini skaner qilishi lozim.

📊QQSni qaytarishda sotib olingan mahsulot QQS qaytariladigan mahsulotlar roʻyxatiga kirganligi, xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reestri” da ekanligi hamda tadbirkor QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtganligi inobatga olinadi.

☝️Agar reestrdagi isteʼmolchi:

🔹QQS qaytariladigan mahsulotlar bilan birga boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilib chekni roʻyxatdan oʻtkazganda QQS qaytariladigan mahsulotlar uchun 12%, boshqa turdagi mahsulotlar uchun 1% keshbekka ega boʻladi;

🔹QQS toʻlovchisi boʻlmagan
tadbirkorlik subyektidan QQS qaytariladigan mahsulotlar sotib olganda 1% keshbek qaytariladi.

💳QQS summasi chek roʻyxatdan oʻtkazilgan oydan keyin oyning 25-sanasidan so‘ng Soliq mobil ilovasi orqali toʻlab beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Beshariq tumanida 4-sektor ko‘magida ishsizlar bandligi ta’minlanmoqda

Fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish borasida hududlarda 4-sektor vakillari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Beshariq tumani O‘ttizombor MFYda ham sektor hududidagi ishsizlar bandligini ta’minlash, aholiga qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Misol uchun, “Ayollar daftari”da turuvchi ishsiz ayollarga subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilib, MFY binosining bo‘sh turgan qismida kichik chevarxona tashkil qilindi. Natijada, mahalladagi 8 nafar ishsiz ayollar bandligi ta’minlandi.

🔹O‘ttizombor MFYdagi Qo‘chqorovlar oilasiga esa asalarichilikni rivojlantirish maqsadida 40 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam berildi. Ayni paytda mazkur mablag‘ evaziga asal yetishtirish boshlab yuborildi.

#4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-aprel - Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan Farg‘ona soliq texnikumida tadbir bo‘lib o‘tdi.

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tadbirkorga qariyb 420 mln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatildi

Beshariq tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida 2023-yil 1-choragida 200 dan ortiq tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

Natijada, 92 ta tadbirkorlik subyektiga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimi tanlashga ko‘maklashildi, 31 ta subyektga E-ijara, E-imtiyoz kabi avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish tartiblari tushuntirildi.

Misol uchun, tuman markazida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Beshariq shifo maskani” xususiy korxonasiga ham soliq imtiyozlarini qo‘llashda amaliy yordam berildi – 2022-yilda tadbirkor 354,3 mln so‘m, 2023-yil 1-choragida 64 mln so‘m mablag‘ni soliqlardan tejab qoldi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, soliqlardan iqtisod qilingan mablag‘ evaziga aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida yangi zamonaviy texnikalar sotib olinmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt