Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#kino

"Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali va "Farovonlik garovi" hujjatli filmi premyerasi o‘tkazildi

🎬 Kinematografiya agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 5 qismdan iborat "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali hamda "Farovonlik garovi" hujjatli filmi suratga olindi.

🎞 Bugun Soliq qo‘mitasida soha xodimlarining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, tizimda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan mazkur kinokartinalarning premyerasi o‘tkazildi.

📽 Unda kinoijodkorlar suratga olish jarayoni, gavdalantirgan obrazlari va filmning g'oyaviy ahamiyati haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Filmlarni suratga olishda qo‘llab-quvvatlagani uchun Sherzod Kudbiyevga, yaqindan yordam bergan soha xodimlari hamda tadbirkorlarga minnatdorlik bildiramiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat soliq boshqarmasida Navro‘zga tayyorgarlik avjida

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida hashar uyushtirildi.

Tadbirda boshqarma xodimlari ertalabdan faollik ko‘rsatib, yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar. Boshqarma binosi atrofi supurilib, saranjom-sarishta holga keltirildi, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Hashar tadbirlari hududiy soliq inspeksiyalarida ham davom ettirilmoqda.

#hashar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Янгиланиш ва яшариш байрами - Наврўзи олам муборак бўлсин!

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda

🗓20-mart dam olish kuni deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligida ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddati 23-martga koʻchirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 23-mart

fevral oyi uchun:

🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

🔹agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

🔹 norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

🔹 yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

🔹suv resurslaridan foydalanganlik uchun bo‘nak to‘lovlar:
▫️soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS to‘lovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida;
▫️soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS to‘lovchi bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek, AOS to‘lovchilar va YaTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism)

I chorak uchun:

🔹AOS to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida bo‘nak to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

mart oyi uchun:

🔹 jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

📌Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Hurmatli fuqarolar❗️

Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

#15_aprel #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
1-maydan ayrim fuqarolarga go‘sht, tuxum va yog‘ xarid qilsa, QQS qaytariladi

Prezident raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qo‘shimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlay olmayotgani tanqid qilindi.

Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini o‘ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi.
Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni!

Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan, agar siz 2022-yilda:

🔹O‘zingizga tegishli noturar joylar, qimmatli qog‘ozlar, 36 oy ichida turar joylarni sotishdan;

🔹 Uy-joy, noturar joy, avtomobil va boshqa mulkingizni ijaraga berishdan;

🔹Mualliflik haqi va chet eldagi faoliyatingizdan, daromad solig‘i ushlab qolinmagan boshqa manbalardan daromad olgan bo‘lsangiz, joriy yil 1-aprelga qadar jami yillik daromadlaringiz to‘g‘risida deklaratsiya topshirishingiz lozim.

#deklaratsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt