Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Вилоятимиз шаҳар ва туманлари бешта тоифага ажратилди

«Республика ҳудудларини тоифаларга ажратиш ва тадбиркорликни қўллаб-қувватлашнинг табақалаштирилган тизимини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Президент фармони қабул қилинди.

Ихтисослашуви ҳамда кичик бизнес учун мавжуд шароитдан келиб чиқиб Республикамиз шаҳар ва туманлари 5 та тоифаларга ажратилди. Туман ва шаҳар тоифасидан келиб чиқиб, тадбиркорларга солиқ имтиёзлари, субсидиялар берилади.

Фарғона вилояти шаҳар ва туманлари қуйидаги тоифаларга киритилди:

➡️ Фарғона шаҳри – 1-тоифага;

➡️ Бувайда тумани, Қўқон ва Марғилон шаҳарлари – 2-тоифага;

➡️ Қувасой шаҳри, Бешариқ, Бағдод, Данғара, Қува, Қўштепа, Олтиариқ, Риштон, Тошлоқ, Ўзбекистон, Учкўприк ва Фарғона туманлари – 3-тоифага;

➡️ Фурқат тумани – 4-тоифага;

➡️ Сўх ва Ёзёвон туманлари – 5-тоифага.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛩 Farg’ona xalqaro aeroportida ham xorijiy sayyohlarga O‘zbekistonda sotib olingan tovarlarga hisoblangan QQS “Tax free” tamoyili asosida qaytariladi

2023-yil 1-yanvardan
boshlab chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda ular tomonidan to‘langan QQS summalarini qaytarish bo‘yicha “tax free” tizimi joriy etildi.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” unitar korxonasi tomonidan Farg’ona xalqaro aeroporti hududida chet davlat fuqarolari tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xaridlarni tekshirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida “Tax free” servis shoxobchasi tashkil etildi.

“Tax free” - ingliz tilidan tarjima qilinganda “soliqlardan ozod” (yig‘imlarsiz) degan maʼnoni anglatadi.

“Tax free” shoxobchasi orqali mamlakatdan chiqib ketayotgan xorij fuqarolariga amalga oshirilgan xariddan QQS summasi qaytariladi.

#taxfree

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasi yangilandi

📲 Soliq mobil ilovasining yangi funksiyalar va yangilangan interfeysga ega takomillashtirilgan versiyasi foydalanuvchilar e'tiboriga taqdim etiladi

🛒 Android / iOS uchun hoziroq yuklab olishingiz mumkin.

Yangi versiyada 1.3.6. 📲

▫️TaxFree - chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston hududida xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarish tizimi.
Mobil ilovada cheklarni skanerlagandan so‘ng Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch xalqaro aeroportlarida Tax Freeni rasmiylashtirish mumkin.
Tizim orqali QQS solig'ini qaytarish tatbiq etiladigan tovarlar ro'yxati

▫️Ingliz tilidagi Interfeys;

▫️Ota-onalar uchun soliqlarni toʻlash - Face ID orqali avtorizatsiyadan o‘tgandan soʻng tizimda avtomatik ravishda foydalanuvchining ota-onasi haqidagi toʻliq maʼlumotlar shakllanadi;

▫️Fuqarolarning yer va mol-mulk soliqlaridan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani onlayn olish;

▫️Takomillashtirilgan navigatsiya.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
SOLIQ_TAQVIMI_2023_YANVAR.pdf
177.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil yanvar oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на январь 2023 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

2023-yil 1-yanvardan
:

1. Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi,
▫️soliq hisobotini taqdim etish muddatlari.

2. Pasaytirildi soliq stavkasi 15%dan 12 %gacha

3. Qisqartirildi qoplanadigan (qaytariladigan) QQS summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha

4. Bekor qilindi:
а) 2023-yilning 1-aprelidan quyidagilar bo‘yicha berilgan imtiyozlar:
▫️budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari bo‘yicha aylanma;
▫️pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
▫️budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
b) 2023-yil 1-iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar.

5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan QQS to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin.

6. QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilganligi munosabati bilan hisobga qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasiga, guvohnomaning amal qilish muddati tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davr uchun tuzatishlar kiritilishi (hisobga qabul qilinishi)ni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi.

7. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida QQS to‘lovi hisobiga budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish huquqi berildi.

QQSni o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan soliq to‘lovchi bojxona-yuk deklaratsiyasi (BYD)ni rasmiylashtirayotganda import qilish chog‘ida QQS qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisobidan to‘langani to‘g‘risida belgi qo‘yishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #foyda_soligi

Foyda solig‘i bo'yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

🔸 Saqlab qolindi
▫️soliq toʻlovchilarning toifasi,
▫️soliq stavkalari,
▫️soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi.

🔸2022-yil 1-noyabrdan tovar (xizmat)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga, eksportdan olingan daromadning jami daromaddagi ulushidan qat’iy nazar, 0% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim. Bunda 2023-yil 1-yanvardan doimiy muassasalar orqali O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foyda bo‘yicha 0% miqdoridagi soliq stavkasi qo‘llanilmaydi.

🔸Quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasini 50% ga pasaytirish huquqi beriladi:

а) 2022-yil 1-sentabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan AOS to‘lovchilarga – soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa.
Bunda mazkur soliq to‘lovchilar soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda jami daromadning 25 %i miqdorida belgilashga haqli;

b) 2022-yil 1-sentabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi 1- marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida.

Pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) dalillari aniqlangan taqdirda qo‘llanilmaydi.

🔸Foydali qazilmalar kavlab olinadigan konlarda tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari istiqbolni ko‘zlab amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ular alohida amortizatsiya aktivlari guruhiga o‘tkazildi. Ushbu xarajatlar mazkur amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘yicha amortizatsiya normasini, biroq 1 yilda jamg‘arilgan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘llash orqali soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida chegirilishi nazarda tutilgan.

🔸2022-yildan faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lgan.
Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi.

🔸2023-yil 1-yanvardan norezidentning montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatidan 20%).

🔸Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organiga taqdim etish muddati o‘zgartirildi. Xususan, 2023-yil 1-yanvardan soliq to‘lovchi ushbu ma’lumotnomani joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalari

O'RQ-812 bilan Soliq kodeksining 383-moddasiga o‘zgartirish kiritildi hamda 2023-yilda YaTT uchun qat'iy belgilangan miqdordagi soliq stavkalari tasdiqlandi.

💬YaTT bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi.

Ma'lumot uchun: ayni paytda Farg‘ona viloyatida 25 ming nafardan ortiq YaTT faoliyat yuritmoqda.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

Aksiz solig‘i bo‘yicha qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar

🔹Saqlab qolindi
▫️soliq to‘lovchilarning toifasi,
▫️soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari.

🔹2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.

🔹2023-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz solig‘i aksiz to‘lanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi “litr” deb belgilandi (ilgari “dal” edi).

2022-yilda aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal uchun 138 000 so‘m (yoki 1 litr uchun 13 800 so‘m) miqdorida belgilangan edi.

2023-yilda ushbu mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suv qo‘shilmagan etil spirtining 1 litri uchun 34 500 so‘m miqdorida belgilanmoqda.
Masalan, aroq tarkibidagi etil spirti ulushi 40%ni tashkil etadi, 1 litr uchun aksiz solig‘i summasi 13 800 so‘mni (34 500 so‘m x 40%), 2023-yil 1-fevraldan esa indeksatsiyani hisobga olgan holda – 15 200 so‘mni (38 000 so‘m x 40%) tashkil etadi.

🔹2023-yil 1-yanvardan quyidagilarga aksiz solig‘i stavkasi 5 baravarga oshiriladi va 1 litr uchun 7 450 so‘mni tashkil etadi:
▫️oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti;
▫️efiraldegidli fraksiyadan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti;
▫️asosiy fraksiyadan etil spirti.

🔹2023-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5% ga pasaytirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #soliq_imtiyozi

Yozyovon va So'x tumanlaridagi YaTTlar daromad solig‘ining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilindi

📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Respublikaning 208 ta tuman va shaharlari (Farg‘ona viloyatining 19 ta tuman va shaharlari) 5 ta toifaga ajratiladi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

Xususan, 5-toifaga kiritilgan Yozyovon va So'x tumanidagi subyektlarga quyidagi soliq imtiyozlari berilmoqda.

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar:

🔹Ushbu tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar (Yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno):

foyda soligʻi, AOS va ijtimoiy soliqni 1% miqdorida to‘laydi;

yuridik shaxslar mol-mulk va yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha toʻlaydi.

🔹Ushbu tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YaTT jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar soha xodimlari orasida keng muhokama qilinmoqda

📍Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi majlislar zalida shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarni chuqur o‘rganish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

📃Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunlariga asosan soliq qonunchiligiga kiritilgan o'zgartirishlar batafsil o‘rganilmoqda.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM