Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Энди тадбиркорлик учун туманлар 5 та тоифага ажратилади ва солиқ ставкалари ҳар хил бўлади

1-тоифа: ҳар томонлама ривожланган;
2-тоифа: инфратузилмаси яхши;
3-тоифа: шароити нисбатан қониқарли;
4-тоифа: жозибадорлиги етарли бўлмаган;
5-тоифа: шароити оғир.

Тадбиркорлар учун субсидия, кредитлар ва компенсациялар тоифалардан келиб чиқиб ажратилади. Улар учун, солиқ ставкалари ҳар хил бўлади.

Мисол учун, бешинчи тоифага кирувчи 20 та энг оғир шароитли туман учун:

- айланмадан олинадиган солиқ, фойда солиғи, ижтимоий солиқ ставкаларини 1 фоиз миқдорида белгиланади;

- мазкур туманлардаги тадбиркорлар ер ва мол-мулк солиқлари бўйича ҳисобланган сумманинг атиги 1 фоизини тўлайди;

- якка тадбиркорлар қатъий ставкадаги солиқларни тўлашдан озод этилади.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Президентимиз иқтисодий ислоҳотлар қатъий давом эттирилиб, ички имкониятлар тўлиқ сафарбар қилиниб, хусусий сектор янада қўллаб-қувватланишини таъкидлади.

Биринчи навбатда, ҳудудлар ўртасидаги иқтисодий тенгсизликни қисқартириш, барча туман ва шаҳарларни бир маромда ривожлантириш бўйича янгича ёндашувлар жорий этилади.

Келгуси йилдан туман ва шаҳарлар мавжуд шароити, салоҳияти ва имкониятларидан келиб чиқиб 5 та тоифага ажратилади.

Тадбиркорлар учун субсидия, кредитлар ва компенсациялар тоифалардан келиб чиқиб ажратилади. Улар учун солиқ ставкалари ҳар хил бўлади.

Бизнесга солиқ юкини камайтириш
бўйича ишлар давом эттирилади. Жумладан, 1 январдан қўшилган қиймат солиғи ставкасини 15 фоиздан 12 фоизга пасайтириш ҳисобига тадбиркорлар ихтиёрида йилига камида 14 триллион сўм маблағ қолади.

Илғор тажрибалар асосида солиқ ва божхона маъмурчилиги жиддий ислоҳ қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Joriy yilning oʻtgan davrida 8 973 ta korxonaga 804,3 mlrd soʻmlik, shundan 8 795 ta qishloq xoʻjaligi korxonasiga 290,6 mlrd soʻmlik soliq qarzini toʻlash muddatini oʻzgartirish imkoniyati berildi.

👉Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo'yicha videoqo‘llanma
__________
#солиқчи_кўмакчи

За прошедший период этого года 8 973 организациям предоставлена возможность изменения сроков уплаты налогов на сумму 804,3 млрд сумов, из них 290,6 млрд сумов приходится на 8 795 сельскохозяйственных предприятий.

👉Видеоинструкция по отсрочке или рассрочке уплаты налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati kimlarga beriladi?

✔️Soliq kodeksining 100-moddasiga asosan, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:

1)
ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;

2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;

3) manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;

manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;

agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) SK-101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;

5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;

6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.

#savol_javob

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotganida soliq to‘laydimi ?

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilarning xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi.

❗️O‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlari bundan mustasno.

➡️Misol uchun, jismoniy shaxs egaligiga 2021-yilda o‘tgan turar joy 2022-yilda qayta sotilsa, olingan daromad soliqqa tortiladi, 2025-yilda sotilganda esa, aksincha, soliqqa tortilmaydi.

#savol_javob

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MXIK

Tovarlarni qadoqlash tartibi – tasnif.soliq.uz

Qadoqni shakllantirish uchun:
🔹ERI orqali shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹Qidirish oynasida qadoqlamoqchi boʻlgan mahsulot tanlanadi;
🔹"Qadoqlar" bo'limiga kirib "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

Mahsulotni qadoqlash (agregatsiya qilish) xizmatida 3 xil qadoqlash mavjud.

🔺 Iste'mol qadog‘ini yaratish uchun quyidagilar bajariladi:
▫️qadoqlash turini tanlash;
▫️tovar miqdorini kiritish;
▫️o'lchov birligini tanlash;
▫️qadoqlangan mahsulot rasmini yuklash.

Xuddi shunday tartib tashqi va transport qadoqlash uchun ham tatbiq etiladi.

Jarayonni yakunlash uchun "Qadoqni shakllantirish" tugmasi bosiladi.

❗️Barcha yaratilgan qadoqlar "O'lchov birliklari / qadoqlar" bo'limidagi "Shakllangan qadoq" va "Tanlangan o'lchov birliklari/qadoqlar" oynalarida saqlanib EHF to'ldirishda faqat ushbu qadoqlar aks ettiriladi.

👉 Mavjud MXIK kodi o‘rniga “yangilangan” MXIK kod tavsiya etilganda qanday yo‘l tutish lozim
👉 Xizmat (soʻm) va xizmat (marta) oʻlchov birliklarining farqi nimada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyati davlat soliq organlarida quyosh panellari o‘rnatilmoqda

Ayni kunlarda ijtimoiy soha obyektlarini, aholi xonadonlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish, ayniqsa, muqobil energiya turlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kuni kecha Prezidentimizning Murojaatnomasida ham kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish keskin oshirilishi hamda kelgusi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari o‘rnatilishi aytib o‘tilgan edi.

Ta’kidlash joiz, davlat soliq xizmati organlarida muqobil energiya resurslaridan, ya’ni quyosh panellaridan foydalanish boshlab yuborilgan.

Xususan, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi ma’muriy binosi tom qismiga 50 kVt quvvatga ega quyosh elektr panellari o‘rnatib ishga tushirildi. Bu jarayon bir yilda o‘rtacha 128 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish, 100 mln so‘mdan ortiq mablag‘ tejash imkonini beradi.

Shuningdek, Quvasoy shahar hamda Oltiariq, Quva, Rishton tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida ham quyosh elektr panellari o‘rnatildi.

Ma'lumot uchun: 2023-yil 1-choragida qolgan barcha shahar va tuman DSIlarda ham ana shunday quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil arafasida viloyat 4-sektor rahbari Quvasoy shahri va Quva tumanidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi

©️Farg‘ona TV

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari qachon to‘xtatib turilishi mumkin?

Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, yuridik shaxslar va YaTTning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

1)
ushbu soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

2) soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

3)
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda;

4) soliq to‘lovchining o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.

❗️Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. O‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.

#savol_javob

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Сheklar ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng keshbek summalari to‘lab berilishi belgilangan.

Noyabr oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek summalari tasdiqlanyapti.

Keshbek summalari to'liq tasdiqlanganidan so'ng dekabr oyning 25-sanasidan keyin bank kartangizga o'tkazib olishingiz mumkin.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Davlat personallashtirish markazi bilan ma'lumotlar almashishda yuzaga kelayotgan texnik muammolar sababli "Soliq" mobil ilovasida uzilishlar kuzatilmoqda.

❗️Bu uzilishlar hisoblangan keshbek summalariga ta'sir qilmaydi.

Mazkur holatni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada mobil ilova odatdagi tartibda faoliyatini davom ettiradi.
_________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики ❗️

⚙️ В виду технических проблем, возникающих при обмене данных с Государственным центром персонализации, наблюдаются временные сбои в мобильном приложении "Soliq".

❗️Данные сбои не влияют на начисленные суммы кешбэка в мобильном приложении "Soliq".

Приняты меры для оперативного устранения данных сбоев. В скором мобильное приложение заработает в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish tartibi qanday?

Soliq kodeksining 112-moddasiga asosan, soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror quyidagilar asosida qaror qabul qilingan taqdirda bekor qilinadi:

1) Soliq kodeksining 111-moddasi uchinchi qismi 1-bandi asosida — soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti taqdim etilgan kundan keyin bir kundan kechirtirmasdan;

2)
Soliq kodeksining 111-moddasi uchinchi qismi 2-bandi asosida — soliq organining talabiga javoban hujjatlar, tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilgan kuni;

3)
Soliq kodeksining 111-moddasi uchinchi qismi 3-bandi asosida — soliq organining tekshiruv o‘tkazayotgan mansabdor shaxslariga kirish huquqi berilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay;

4)
Soliq kodeksining 111-moddasi uchinchi qismi 4-bandi asosida — soliq to‘lovchining (soliq agentining) u ma’lum qilgan manzilida yo‘qligining asosliligi soliq organi tomonidan e’tirof etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay. Bunday e’tirof uchun soliq to‘lovchining vakili soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga zarur tushuntirishlarni shaxsan taqdim etishi shart❗️

#savol_javob

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onaliklar 48 mlrd so‘m keshbekka ega bo‘lgan

2022-yil 26-dekabr holatiga respublika bo‘yicha iste’molchilarga 153,6 mln ta chek uchun 695,5 mlrd so‘m keshbek to‘langan.

Yanvar-noyabr oylarida to'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 264,8 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 75,4 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 59,1 mlrd so‘m;
📍FARG‘ONA VILOYATI - 48 mlrd so‘m;
📍Xorazm viloyati - 35,1 mlrd so‘m.

#raqamlashtirish #keshbek

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Bag‘dod tumanida huquqiy eksperiment tariqasida “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi

📃Prezidentning tegishli qaroriga (PQ–458-son, 26.12.2022 y.) asosan, 2023-yil 1-yanvardan soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan respublikadagi 14 ta tumanda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi:

Xususan, bunday tajriba Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

📍Qolgan hududlar:

Qoraqalpog‘iston — Beruniy tumani;
Andijon — Andijon tumani;
Buxoro — Olot tumani;
Jizzax — Zomin tumani;
Qashqadaryo — Qarshi tumani;
Navoiy — Karmana tumani;
Namangan — Uychi tumani;
Samarqand — Urgut tumani;
Surxondaryo — Jarqo‘rg‘on tumani;
Sirdaryo — Sayxunobod tumani;
Toshkent viloyati — Bo‘ka tumani;
Xorazm — Bog‘ot tumani;
Toshkent shahri — Uchtepa tumani.

Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer solig‘i (noturar joylar bo‘yicha mol-mulk va yer solig‘i bundan mustasno) bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi tuman budjetlari orqali tegishli Jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.

🗓2023-yil 1-martgacha
mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan mablag‘lar va soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi.

📌“Mahalla budjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablag‘lar fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan boshqariladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM