Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
520 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Respublika ishchi guruhi tomonidan Beshariq tumani 4-sektor hududidagi aholi muammolari ijobiy hal etilmoqda

Beshariq tumani viloyatning eng chekka va eng olis hududlaridan biri bo‘lib, yoz kunlaridagi salqin havosi, qishda esa qolgan hududlarga nisbatan biroz sovuqligi bilan ajralib turadi. Tumanning 4-sektor hududidagi 10 ta MFYda qariyb 37 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Ayni kunlarda sektor hududidagi aholi muammolariga yaqindan quloq tutish, ularga ijobiy yechim topish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Eshmatov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurish orqali o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, har bir mahalla uchun tuzilgan alohida ishchi guruhlar orqali barcha xonadonlarga kirib borilmoqda. Hozirga qadar uyma-uy yurish orqali 7 033 ta xonadon o‘rganilib, 2 450 ta muammoli masalalar aniqlangan bo‘lsa, ularning 1 141 tasi ijobiy hal etildi:

💠Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi 50 nafar bolalarga qishki kiyim-bosh (har biriga qishki oyoq kiyim, shim, kurtka, sharf va bosh kiyim) yetkazib berildi.

💠Ehtiyojmand oilalarga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

💠Salomatligi bilan bog’liq muammolari bor fuqarolar, shu jumladan, nogironlar holidan xabar olindi, malakali shifokorlar tomonidan zarur muolajalar qilinishi choralari ko’rildi.

💠Sektor hududidagi shag’allashtirilishi lozim bo’lgan 54 km ichki yo’llar aniqlanib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

💠Ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarda o’tkazilgan o‘rganishlarda 23 ta muammo aniqlanib, 12 tasi ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ullarga biriktirildi.

Bundan tashqari, uyma-uy yurishlarda mahallalar o’sish nuqtasini aniqlab, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o’rganilmoqda.

Ayni paytda Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlar davom etmoqda.

#4_sektor #fergana

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon #EHF

EHF taqdim etish muddati uzaytirildi❗️

Respublikamizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli, soliq to‘lovchilarda o‘z majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar munosabati bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, noyabr oyi uchun elektron hisobvaraq-faktura taqdim etish muddati joriy yilning 15-dekabriga qadar (15-dekabr ham kiradi) uzaytirildi.
____
#объявление #ЭСФ

Продлен срок выставления ЭСФ❗️

Исходя из многочисленных обращений, связанных с затруднениями в исполнении налогоплательщиками своих обязанностей по причине нестабильности электроснабжения в некоторых регионах республики, срок выставления электронных счетов-фактур за ноябрь месяц продлён до 15 декабря текущего года включительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 12-dekabr

🔹 AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

🔹 AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

noyabr oyi uchun:

🔹 aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

🖥Buning uchun my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.
▶️“Xizmatlar” oynasidan “Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillar” bo‘limi tanlanadi.
▪️Ushbu bo‘limda “Avtokameral” tizimi orqali soliq turlari kesimida aniqlangan tafovutlar aks etadi.
▪️Soliq turi tanlanadi hamda tafovut mavjud oylar kesimida summalar avtomatik tarzda shakllanadi.

▶️Oy tanlanganda “Avtokameral” tizimida mavjud mezon bo‘yicha tafovut summasi ekranda paydo bo‘ladi.

▶️Maʼlumot tugmasi bosilganda tafovut summasini hisoblash formulasi hamda uning tavsifi aks etadi.

Maʼlumot uchun: Maʼlumotlar har kuni bir marta avtomat tarzda yangilanadi. Mazkur xizmatdan foydalanib soliq hisobotidagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarga tuzatish kiritish va soliq organiga aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish mumkin.

#raqamlashtirish #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
⚡️AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti aksiz solig‘idan ozod qilindi

📃Prezidentning “ Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” qarori qabul qilindi

Unga ko‘ra,

2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llanadi;

2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik subyektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#QQS #AOS

*Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga navbatdagi soliq davridan (keyingi yil 1-yanvardan) boshlab o‘tishga haqli.

Buning uchun, soliq to‘lovchilar AOS to‘lashga o‘tish to‘g‘risida navbatdagi soliq davri boshlanishidan kamida 10 kun avval soliq organini xabardor qilishi lozim.

QQS va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishdan olgan jami daromadlari 1 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, AOS to‘lashga kamida 12 oydan keyin qayta o‘tishga haqli.
👉Soliq kodeksi 462-modda

Yuqoridagilarga asosan, soliq to‘lovchilar tomonidan bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilganda, navbatdagi soliq davridan AOS to‘lashga o‘tish mumkin:
🔹QQS to‘lash tartibiga kamida 12 oy oldin o‘tgan bo‘lsa;
🔹Joriy soliq davrida Soliq kodeksining
461-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan QQS to‘lashning majburiy mezonlari mavjud bo‘lmasa.

🗓AOS to‘lashga o‘tish uchun 20.12.2022-yilga qadar ushbu havola orqali ariza taqdim etish lozim👉https://my3.soliq.uz/vat-payer-registration/vat-unregistration

Taqdim etilgan ariza belgilangan tartib va muddatlarga mos bo‘lsa, keyingi soliq davridan – 01.01.2023-yildan AOS to’lashga avtomatik ravishda o‘tkaziladi, aks holda rad etiladi va har ikki holatda ham soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetiga qaror yuboriladi.

*soliq davri – 01.01.2022 - 31.12.2022

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥🎥🎥🎥 Farg‘onada AI-80 rusumli avtobenzin 5700 so'mdan sotila boshlandi

AYOQShlarda benzin narxi hamda zahirasi haqida mutaxassis sharhi va jurnalist o'rganishlari

©️Yoshlar TV

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖌Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxsning soliq qarzi qanday tartibda undiriladi

Soliq kodeksining 125-moddasiga asosan agar yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs soliq to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

🫥Undirish to‘g‘risidagi arizaga soliq organining talabnomani ta’minlash tartibida javobgarning mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin.

🫥 Undirish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay soliq organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi.

❗️ Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi bir million so‘mdan oshsa, undirish to‘g‘risidagi ariza soliq organi tomonidan sudga beriladi.

🫥 Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi ishlar qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi.

🫥Qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

🫥 Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga nisbatan ushbu ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi:

1) bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lariga;

2) naqd pul mablag‘lariga;

3) boshqa shaxslarga shartnoma bo‘yicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga o‘tmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini ta’minlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;

4) boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi a’zolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan mol-mulk mustasno.

❗️ Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan ketma-ketlikni buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🫥 Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablag‘lari ko‘rinishida bo‘lmagan mol-mulki hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib tushgan summalar hisobidan to‘langan paytdan e’tiboran to‘langan deb hisoblanadi.

🫥 Mazkur mol-mulk xatlab qo‘yilgan kundan e’tiboran va tushgan summalar budjet tizimiga o‘tkazilgan kunga qadar soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar hisoblanmaydi.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ishchi guruhi tomonidan Beshariq tumani 4-sektor hududidagi aholi muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar

#4_sektor #fergana #beshariq

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida joriy yilda Qo‘qon shahridagi 917 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur yordamlar ko‘rsatildi.

🫥Xususan, 47 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud ortiqcha to‘lovlari hisob raqamlariga qaytarib berildi. Turli sabablarga ko‘ra to'xtab qolgan 51 ta subyektning faoliyati qayta tiklandi.

©️Farg'ona TV

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM