Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#8_dekabr #konstitutsiya_30

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi muborak boʻlsin!

Aziz hamyurtlar, Siz, azizlarni, koʻpmillatli xalqimizni qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan Davlat soliq xizmati organlari jamoasi va oʻz nomimdan tabriklayman.

Bosh Qomusimiz
erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz va yuksak qadrlaymiz.

Shu boisdan ham bu bayram qalblarimizga quvonch va shukuh bagʻishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.

Mana shunday ulugʻ bayram bilan Siz azizlarga yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etish baxtiga muyassar boʻlganimdan bagʻoyat xursandman.

Taʼkidlash lozimki, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekiston poydevoriga tamal toshi qoʻyilishida ham aynan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish gʻoyasi muhim ahamiyatga ega.

Oʻtgan qisqa davrda erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, inson manfaatlari, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.

Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Eng muhimi, bunday oʻzgarishlar natijalarini har bir inson kundalik hayotida koʻrmoqda, his etmoqda.

Hurmatli yurtimiz ahli, aziz vatandoshlar Konstitutsiya kuni bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Sherzod Kudbiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 9-dekabr

dekabr oyi uchun:

🔹AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);

🔹alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeks 460-modda 5-qism).

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hududlarda davom ettirilmoqda

Avval xabar berganimizdek, “9-dekabr - xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Binobarin, Qo‘qon shahar, Buvayda, Dang‘ara, Oltiariq, Rishton, Toshloq hamda O‘zbekiston tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida ham ana shunday tadbirlar davom ettirildi.

So‘zga chiqqan mas’ullar tomonidan poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi salbiy illatlarning oqibatlari tizim xodimlariga yetkazildi.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#raqamlashtirish #murojaatlar

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Davlat soliq qoʻmitasiga Farg'ona viloyatidan 4 600 ta murojaat kelib tushgan.

📞DSQ Call-markazi(1198)ga esa Farg‘ona viloyatidagi soliq to‘lovchilardan 33 642 ta murojaat kelib tushgan.

🖌Eslatib o‘tamiz, davlat soliq xizmati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, hududlardagi muammolarni oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida soliq toʻlovchilar murojaatlarini ogʻzaki, yozma va elektron koʻrinishda qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida joriy yil yanvar-noyabr oylarida Beshariq tumanidagi 1 500 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur yordamlar ko‘rsatildi.

🫥O‘rganishlar natijasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Beshariq momiq fayz” xususiy korxonasiga ishlab chiqarilgan maxsulotlar eksport qilinishi natijasida yuzaga kelgan qariyb 500 mln so‘m miqdordagi QQS to‘lovlari korxona hisob raqamiga qaytarib berildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi: tadbirkorlarga onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

💬Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM