Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
30 yillik tajriba va umr bir chorrahada

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida davlatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat DSB rahbariyati, boshqarma hamda hududiy inspeksiyalarda 30 yildan buyon samarali mehnat qilayotgan faxriylar hamda endigina 30 yoshni qarshi olayotgan yosh xodimlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar loyihaning asosiy maqsadi faxriylarning hayotiy malakasini yoshlarning kreativ fikrlari bilan uyg‘unlashtirish orqali shakllanadigan innovatsion yondashuv negizida davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini kuchaytirish, globallashuv davrida “Ustoz-shogird” an’analaridan oqilona foydalanish va ularni sifat jihatdan yangi ko‘rinishda saqlab qolishdan iborat ekanligini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, jamoalar belgilangan shartlar bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Yakunda g‘oliblikni Qo‘qon shahar DSI, faxrli 2-3 o‘rinlarni esa viloyat DSB hamda Quva tumani DSI jamoalari qo‘lga kiritdilar.

Tanlov so‘nggida g‘oliblarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

💬G‘olib jamoa “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining respublika bosqichida ishtirok etadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍Marg'ilon shahrida droja, ya'ni achitqi xamirturush mahsulotini o‘z xonadonida qayta qadoqlash bilan shug‘ullanayotgan hujjatsiz tadbirkor aniqlandi

Ushbu holat noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini aniqlash yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan tezkor tadbirlardan birida ma'lum bo'ldi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Ko‘klarda hilpirayver Vatan bayrog‘i!

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirda boshqarma rahbariyati hamda shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan davlatning suvereniteti ramzi hisoblangan bayroqni tasdiqlashga alohida e’tibor qaratilganligi hamda 1991-yil 18-noyabr Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida mamlakatimiz tarixiga muhrlanganligi ta’kidlab o‘tildi.

So‘zga chiqqanlar Vatanimiz bayrog‘ining yaratilish tarixi, uni o‘rnatish, undagi timsollar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

#bayroq31 #18_noyabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayroq31 #18_noyabr

Quva tumani davlat soliq inspeksiyasida shaxsiy tarkib xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun munosabati bilan ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
SoliqUz(v.1.3.5).apk
92.5 MB
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasi: yangi imkoniyatlar

📲 Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari yangi funksiyalar va yangilangan interfeysga ega takomillashtirilgan versiyadan foydalanishi mumkin.

iOS dasturi uchun AppStorega chiqarildi 📲https://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

Android uchun yaqin kunlarda Play Marketga qo‘yilishi kutilmoqda.

Xohlasangiz, yangilangan “Soliq” mobil ilovasini hoziroq yuklab olishingiz mumkin.

Yangi versiyada 1.3.5. 📲
⚡️Ota-onalar uchun soliq toʻlash - Face ID orqali avtorizatsiyadan o‘tgandan soʻng tizimda avtomatik ravishda foydalanuvchining ota-onasi haqidagi toʻliq maʼlumotlar shakllanadi;
⚡️o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq to‘lash;
⚡️litsenziya asosida konsert va koʻngilochar faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar uchun xizmat.
⚡️ jismoniy shaxs shaxsiy kabinetdagi qarzni ko‘rish.

❗️Smartfondagi mobil ilovani oʻchirib, yangilangan versiyasini yuklab olishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Qo‘qon shahar 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘qon shahar Islomobod MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. 15 nafar fuqarodan kelib tushgan 17 ta murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan Bog‘bonon ko‘chasida yashovchi D.Meliboevaga daromad topishi uchun pech hamda pishiriqlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, ushbu ko‘chada yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan F.Jontemirovaga farzandini salomatligida muammosi borligi sababli Toshkent tibbiyot instituti shifoxonasiga operatsiya muolajalarini o‘tkazish uchun bepul yo‘llanma (order) taqdim etildi. Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Shu bilan birga, murojaatlarga asosan 2 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt