Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Kimlar 2D-skanerlardan foydalanishi majburiy?

2022-yil 1-yanvardan
boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021

2D-skaner – mahsulotlardagi QR, DataMatrix, PDF 417 va boshqa kodlarni tezkorlik va aniqlik bilan o‘qish imkoniga ega qurilmadir.

2D-skaner quyidagi qulayliklarni yaratadi:
– 2D-shtrix-kodlarini o‘qish va hisobini yuritish;
– mahsulotlarning markirovka kodlarini o‘qish;
– shikastlangan va aniqlash qiyin bo‘lgan DataMatrix kodlarini o‘qish.

Bunda tadbirkorlik subyektlari 01.01.2023-yilgacha:
🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 300 000 = 1 200 000 so‘m).

2023-yil 1-yanvardan chakana savdoni amalga oshiruvchi barcha tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252, 04.10.2021-yil

☝️Davlat soliq xizmati organlari barcha tadbirkorlik subyektlariga savdo jarayonlarida onlayn-NKM yoki virtual kassa hamda 2D-skaner qurilmalaridan foydalanib, sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish bilan birga, soliq imtiyozidan foydalanishni tavsiya etadi.

#onlayn_NKM

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Kimlarga soliqlarni bo‘lib to‘lash yoki muddatini kechiktirish imkoniyati beriladi?

📃Soliq kodeksining 100-moddasiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

♻️Bunday imkoniyatdan quyidagi asoslardan bittasi mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin:

👉 soliq to‘lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;

👉 soliq to‘lovchini budjetdan moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki davlat ehtiyoji uchun bajarilgan ishlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;

👉 soliqni bir yo‘la to‘lash natijasida uning bankrotligi alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;

👉 faoliyatini 3 yildan ko‘p davrdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyati ega bo‘lmaganligi;

👉 tadbirkorlar soliq to‘lashni kechiktirish to‘g‘risidagi xabarnomani yer, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan 3 oyda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

👉 jismoniy shaxsning mulkiy holati soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;

👉 tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;

👉 O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.

#bilasizmi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_NKM

🔹My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

🔹 Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulot nomi;
– miqdori;
– summasi;
– QQS;
– Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi.

Shundan so‘ng quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
Sizning murojaatingiz;
Davlat soliq organi tomonidan yozilgan javob xati;
Davlat soliq organi tomonidan tuzilgan o‘rganish maʼlumotnomasi;
Holat yuzasidan tadbirkorlik subyekti vakilining tushuntirish xati;
Obyektni tashqi va ichki foto surati;
Noto‘g‘ri urilgan chek nusxasi;
Davlat soliq organi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha so‘ralgan hujjatlar nusxasi.

QQSni hisoblashda “QQS guvohnomasi”ni ilova qilish kifoya.

Eslatma: QQS hisoblashda summani to‘liq tiyinigacha ko‘rsatish lozim. Chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

❗️Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉VMQ-255-son 12.05.2022-yil

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?
👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Farg‘onada o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad olayotganlar soni 200 mingga yaqinlashdi

Xabaringiz bor, 2020-yil 1-iyuldan boshlab sartaroshlik, duradgorlik, milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish kabi 67 xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ta boshladilar.

Keyinchalik esa qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari soni kundan kunga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab hamshiralik ishi, 2022-yil 1-sentabrdan esa yo‘lovchilarni yengil avttransport vositalarida tashish (taksichilik) faoliyat turlari qo‘shildi.

2022-yil 1-noyabrdan esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari soni yana 10 taga ko‘paydi.

2022-yil sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 191 252 nafarni tashkil etmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 10-oktabr

oktabr oyi uchun:


aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).

sentabr oyi uchun:

aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi)

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan "Soliq xabarlari" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida tanishing!

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy ovqatlanish va chakana savdo shaxobchalarida naqd pul tushumlarini kassaga o‘z vaqtida kirim qilinishi yuzasidan olib borilayotgan tunggi nazorat tadbirlari

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari savdo shaxobchalarida olib borilmoqda

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari huzuriga tashrif buyurgan holda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Unda tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashuv, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi korrupsion holatlar kuzatilgan taqdirda Davlat soliq qo‘mitasining @dsq_anticorrupciya_bot telegram botiga tezkorlik bilan murojaat qilishlari, shuningdek, "ishonch telefoni" (1198) orqali xabar berishlari mumkinligi borasida zarur tushuntirishlar berilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari viloyat bo‘ylab o‘tkaziladi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rishton tumani 4-sektor hududida aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
‼️Uy-joy ijara shartnomasi bir tomonlama o‘zgartirilmaydi va bekor qilinmaydi

So‘ngi vaqtlarda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan uy-joy ijarasi orqali ko‘proq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holati kuzatilmoqda.

Uy-joy egalarining ushbu harakatlari Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablarini buzilishiga sabab bo‘lishi hamda kvartiralarni ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari to‘g‘risida eslatib o‘tmoqchimiz.

1️⃣ Kvartirani ijaraga berish bo‘yicha shartnoma shakli

📄 Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

📌 Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qo‘yilishi kerak.

📝 Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.

🗓 Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va bu shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

Ijaraga beruvchi shartnomani davlat soliq organlarida hisobga qo‘ymasa BHMning 5 baravaridan (1 mln 500 ming so‘mdan) 10 baravarigacha (3 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

2️⃣ Ijara shartnomasining muddati

📋 Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

Shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.

Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

3️⃣ Ijara uchun to‘lanadigan haq

🔹Ijara haqi miqdori ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining o‘zaro kelishuviga binoan shartnomada belgilab qo‘yiladi.

🔹Ijara haqining miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹Ijara puli shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanishi kerak.

4️⃣ Shartnomani bekor qilish

📝 Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

⚖️ Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

🔰Bu asoslar jumlasiga quyidagilar kiradi:

▫️ijara puli olti oy yoki qisqa ijarada esa shartnomadagi muddatdan keyin 2 martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;
▫️uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;
▫️uy-joydan g‘ayriqonuniy maqsadlar uchun foydalanilgan bo‘lsa.

❗️Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.

Ijaraga oluvchi ogohlantirish olganlardan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.

Yuqoridagilarga ko‘ra, shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijaraga beruvchilar tomonidan kvartiradan chiqib ketish yoki ko‘proq haq to‘lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

#e_ijara

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Soliq-ko'makchi" tamoyili asosida tadbirkorga ko'mak berilishi natijasida 500 ta ish o'rni yaratiladi

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalar va ijaraga beruvchilarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.
📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandi

Talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini E-ijara interaktiv xizmati va "Soliq" mobil ilovasi orqali hisobga qo‘yish mumkin.

#bilasizmi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar “Soliq” mobil ilovasi orqali ko‘chmas mulk egalari bilan tuzilgan ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkinligidan xabardormi? Turar joylarni ijaraga olgan talabalar va ijaraga beruvchilar soliq to‘laydimi?

Ushbu savollar bilan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

#e_ijara #sorovnoma

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari 🗓 12-oktabr kuni «Yer va mol-mulk soliqlari, suv resurslari hamda yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini to‘ldirish» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
____________
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится 🗓 12 октября на тему «Заполнение налоговой отчетности по земельному налогу, налогу на имущество, за пользование водными ресурсами и недрами».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt