Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_xabarlari

2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.

Mazkur yangilik haqida viloyat davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i G.Gulmatov batafsil tushuntirish beradi.

©️Fargona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi?

Fiskal belgili xarid cheki Soliq mobil ilovasi (Android / iOS / Harmony OS) orqali skaner qilinganda "Chek muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Keshbek summasi keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab beriladi" xabar paydo bo'ladi.

Shu bois, avgust oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek sentabr oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mobil_ilova #keshbek

Keshbek tasdiqlash tartibi

Soliq mobil ilovasining
yangilangan interfeysida (Android / iOS / Harmony OS) ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.

Mening cheklarim bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.

Bunda keshbekni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:

▫️chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
▫️chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
▫️*tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni -
soliq hisoboti taqdim etganligi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilganligi;
soliq qarzi to'langanligi.

– keshbek to‘liq tasdiqlansa 🟢 yashil rangda aks etadi.

"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni 🔵 ko‘k rang *tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Keshbek qachon tasdiqlanadi
#keshbek

⚡️To‘langan keshbeklar 421 milliard soʻmdan oshdi

Avgust oyi uchun 787 937 nafar isteʼmolchiga 80,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-iyul oylari uchun yana 2,7 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon 1 168 591 nafar fuqaroga 421,3 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

📅 Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul
___________
#кешбэк

⚡️Выплаченные суммы кешбэка превысили 421 миллиард сумов

За август месяц 787 937 потребителям выплачено 80,9 млрд сумов.

Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-июль – выплачено ещё 2,7 млрд сумов кешбэка.

Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного
1 168 591 потребителям, достигла 421,3 млрд сумов.

📅 Январь Февраль Март Апрель Май Июнь Июль

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar qurilishi tugallanmagan noturar obyektlar uchun mol-mulk solig'ini to'laydimi?

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
👉 Soliq kodeksi 419-modda

Soliq solish obyektlarining kadastr qiymati ko‘chmas mulkning soliq bazasi hisoblanadi. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi 42 mln so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.

Soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati quyidagicha hisoblanadi:
▫️Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — yuqorida ko‘rsatilgan summaning 5 baravari miqdorida (5 x 42 mln so‘m = 210 mln so‘m);
▫️boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — 2 baravari (2 x 42 mln so‘m = 84 mln so‘m).
👉Soliq kodeksi 420-modda

Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi, 3 % miqdorida belgilanadi.
👉Soliq kodeksi 422-modda 5-qism

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#vakansiya #soliq

Фарғона вилояти давлат солиқ идораларидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Фарғона вилояти филиали вилоят давлат солиқ бошқармаси билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларига очиқ мустақил танлов эълон қилади:

— Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси Солиқ назорати бўлими Камерал солиқ текширувлари шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси Солиқ назорати бўлими Камерал солиқ текширувлари шўъбаси давлат солиқ катта инспектори;

— Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси Солиқ назорати бўлими Камерал солиқ текширувлари шўъбаси давлат солиқ инспектори;

— Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторларини мувофиқлаштириш бўлими давлат солиқ бош инспектори;

— Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими давлат солиқ инспектори;

— Қўқон шаҳар давлат солиқ инспекцияси Солиқ назорати бўлими Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Марғилон шаҳар давлат солиқ инспекцияси Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Бағдод тумани давлат солиқ инспекцияси Ташкилий ишларни назорат қилиш ва мурожаатлар билан ишлаш бўлими давлат солиқ бош инспектори;

— Данғара тумани давлат солиқ инспекцияси Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Данғара тумани давлат солиқ инспекцияси Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими Ресурс солиқлари ҳисобини юритиш ва назорат шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Данғара тумани давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими давлат солиқ катта инспектори;

— Қўштепа тумани давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи ўринбосари;

— Риштон тумани давлат солиқ инспекцияси Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими Ресурс солиқлари ҳисобини юритиш ва назорат шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Ўзбекистон тумани давлат солиқ инспекцияси Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Учкўприк тумани давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими давлат солиқ катта инспектори.

▪️Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари зарур.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 8 октябргача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

▪️ Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

▪️ Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz ustoz va murabbiylar!

1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni
munosabati bilan barchangizni Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari nomidan chin qalbdan tabriklaymiz!

Oilangizga fayzu baraka, sihat-salomatlik tilaymiz! El-yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan shogirdlar tarbiyalashdan charchamang!

Farg‘ona viloyati DSB

#1_oktabr #ustozlar_kuni

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mol_mulk_soligi

Mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga masofadan yuborish mumkin

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini mustaqil baholash natijalarini taqdim etish interaktiv xizmati mavjud.

💻Mustaqil baholash natijalarini soliq organiga my3.soliq.uz saytidagi “Barcha xizmatlar” bo‘limi orqali masofadan yuborish mumkin.

👉Xizmatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bilan bilan batafsil bu yerda tanishing!

Eslatib o‘tamiz ❗️Soliq to‘lovchilar 1-oktabrgacha ko‘chmas mulk qiymatini baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda mustaqil baholashni o‘tkazish yoki oxirgi 2 yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda o‘tkazilgan mol-mulkni baholash natijalarini soliq organlariga taqdim etish huquqiga ega. Bunda, soliq to‘lovchilar 2022-yil 1-aprelgacha mustaqil baholash to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilishlari kerak edi. (oxirgi muddat – 31-mart)

Agar soliq to'lovchilar soliq organlarini belgilangan muddatda xabardor qilmagan bo‘lsa, ular mol-mulkning minimal qiymatini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan ma'lumotnomani taqdim etishlari shart.
👉PQ-73-son 30.12.2021-yil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq xavfi yuqori deb baholangan soliq to‘lovchilar “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri”ga kiritiladi

2022-yil 1-oktabrdan
boshlab davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron savdo va tenderlarda teng raqobat muhitini yaratish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining oldini olish maqsadida:
🔹 Davlat soliq qo‘mitasi soliq xavfi yuqori deb baholangan soliq to‘lovchilar ro‘yxatini o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi;
🔹Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan soliq to‘lovchilar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri”ga kiritiladi.
👉 VMQ 22.08.2022 471-son

Eslatib o'tamiz‼️ Soliq munosabatlarida soliq to'lovchilar kontragentlarni tanlashda lozim darajada ehtiyotkorlik qilishlari kerak.

👉 Bu yerda kontragentingizni tekshirishingiz mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
SOLIQ_TAQVIMI_OKTABR_2022.pdf
181.3 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil oktabr oyi uchun kalendari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer soliqlarini to'lash muddatlari va ahamiyati haqida jamoatchilik fikri
_________

🗣Hurmatli fuqarolar!
Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang❗️

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

#15_oktabr #yer #mol_mulk #soliq #fergana

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra:

🔹2022-yil 1-noyabrdan boshlab eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llaniladi.

🔹Eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” Dasturi amalga oshiriladi. Eksportchi korxonalarni saralab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

▫️eksportchi korxonalar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan hamda kamida so‘nggi ikki yil davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi;

▫️oxirgi 12 oy mobaynida eksport qilingan tayyor mahsulot summasi 1 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lishi;

▫️umumiy tushum hajmida eksportdan tushum ulushi 30%dan yuqori bo‘lishi;

▫️eksportga chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar turi 2 tadan ortiq bo‘lishi;

▫️oxirgi 12 oy mobaynida eksport geografiyasi, qo‘shni davlatlarni inobatga olmagan holda, 2 ta mamlakatdan ortiq bo‘lishi;

▫️oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmida muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning ulushi 5%dan kam bo‘lishi.

🔹Eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirganda nol darajali QQS stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan qismi ularning murojaatiga asosan tezlashtirilgan tartibda 7 kun ichida to‘liq qaytarib beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onadagi korxonalarga davlat budjetidan 337,7 mlrd so‘m QQS qaytarib berildi

Respublika bo'yicha jami 8 424 ta ariza bo‘yicha 4 833 korxonaga 12 773, 5 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

📊hududlar kesimida:
📍
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha DSI - 7 416,6 mlrd so‘m (124 ta korxona);
📍Qoraqalpog‘iston R. - 94,6 mlrd so‘m (308 ta korxona);
📍Toshkent sh - 1 799,4 mlrd so‘m (596 ta korxona);
📍Andijon - 589,6 mlrd so‘m (622 ta korxona);
📍Buxoro - 201,9 mlrd so‘m (446 ta korxona);
📍Jizzax - 182,1 mlrd so‘m (75 ta korxona);
📍Qashqadaryo - 292,5 mlrd so‘m (308 ta korxona);
📍Navoiy - 64,2 mlrd so‘m (206 ta korxona);
📍Namangan - 261,6 mlrd so‘m (508 ta korxona);
📍
Samarqand - 537,6 mlrd so‘m (150 ta korxona);
📍Surxondaryo - 62,7 mlrd so‘m (325 ta korxona);
📍Sirdaryo - 172,5 mlrd so‘m (127 ta korxona);
📍Toshkent v. - 651,3 mlrd so‘m (258 ta korxona);
📍
FARG‘ONA - 337,7 mlrd so‘m (533 ta korxona);
📍Xorazm - 105,0 mlrd so‘m (247 ta korxona).

📊sohalar kesimida:
🔸Ishlab chiqaruvchilar - 7 107,8 mlrd so‘m (1 119 ta korxona);
🔸Chakana savdo - 1 390,6 mlrd so‘m (801 ta korxona);
🔸Ulgurji savdo - 946,0 mlrd so‘m (204 ta korxona);
🔸Qurilish - 848,0 mlrd so‘m (112 ta korxona);
🔸Qishloq xo‘jaligi - 613,0 mlrd so‘m (2 020 ta korxona);
🔸Import qiluvchilar - 549,0 mlrd so‘m (173 ta korxona);
🔸Boshqalar - 1 319,1 mlrd so‘m (404 ta korxona).

💹Qoplab berilgan jami QQS o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 trln so‘mga ko‘p.

#QQS #infografika

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 5-oktabr

sentabr
oyi uchun:

🔹banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

🔹 sentabr oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Kimlar 2D-skanerlardan foydalanishi majburiy?

2022-yil 1-yanvardan
boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021

2D-skaner – mahsulotlardagi QR, DataMatrix, PDF 417 va boshqa kodlarni tezkorlik va aniqlik bilan o‘qish imkoniga ega qurilmadir.

2D-skaner quyidagi qulayliklarni yaratadi:
– 2D-shtrix-kodlarini o‘qish va hisobini yuritish;
– mahsulotlarning markirovka kodlarini o‘qish;
– shikastlangan va aniqlash qiyin bo‘lgan DataMatrix kodlarini o‘qish.

Bunda tadbirkorlik subyektlari 01.01.2023-yilgacha:
🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 300 000 = 1 200 000 so‘m).

2023-yil 1-yanvardan chakana savdoni amalga oshiruvchi barcha tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252, 04.10.2021-yil

☝️Davlat soliq xizmati organlari barcha tadbirkorlik subyektlariga savdo jarayonlarida onlayn-NKM yoki virtual kassa hamda 2D-skaner qurilmalaridan foydalanib, sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish bilan birga, soliq imtiyozidan foydalanishni tavsiya etadi.

#onlayn_NKM

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Kimlarga soliqlarni bo‘lib to‘lash yoki muddatini kechiktirish imkoniyati beriladi?

📃Soliq kodeksining 100-moddasiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

♻️Bunday imkoniyatdan quyidagi asoslardan bittasi mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin:

👉 soliq to‘lovchiga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;

👉 soliq to‘lovchini budjetdan moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki davlat ehtiyoji uchun bajarilgan ishlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;

👉 soliqni bir yo‘la to‘lash natijasida uning bankrotligi alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;

👉 faoliyatini 3 yildan ko‘p davrdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyati ega bo‘lmaganligi;

👉 tadbirkorlar soliq to‘lashni kechiktirish to‘g‘risidagi xabarnomani yer, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan 3 oyda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

👉 jismoniy shaxsning mulkiy holati soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;

👉 tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;

👉 O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.

#bilasizmi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_NKM

🔹My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.

🔹 Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulot nomi;
– miqdori;
– summasi;
– QQS;
– Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi.

Shundan so‘ng quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
Sizning murojaatingiz;
Davlat soliq organi tomonidan yozilgan javob xati;
Davlat soliq organi tomonidan tuzilgan o‘rganish maʼlumotnomasi;
Holat yuzasidan tadbirkorlik subyekti vakilining tushuntirish xati;
Obyektni tashqi va ichki foto surati;
Noto‘g‘ri urilgan chek nusxasi;
Davlat soliq organi tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha so‘ralgan hujjatlar nusxasi.

QQSni hisoblashda “QQS guvohnomasi”ni ilova qilish kifoya.

Eslatma: QQS hisoblashda summani to‘liq tiyinigacha ko‘rsatish lozim. Chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.

Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

❗️Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki summasida tafovut aniqlanganda chek berilgan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu chek ma'lumotlari tahrirlanishi mumkin.
👉VMQ-255-son 12.05.2022-yil

👉Mahsulot qaytarilganda onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari qanday rasmiylashtiriladi?
👉Qaytarish cheklarini hisobot davri uchun ro‘yxatdan o‘tkazish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Farg‘onada o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad olayotganlar soni 200 mingga yaqinlashdi

Xabaringiz bor, 2020-yil 1-iyuldan boshlab sartaroshlik, duradgorlik, milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish kabi 67 xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ta boshladilar.

Keyinchalik esa qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari soni kundan kunga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab hamshiralik ishi, 2022-yil 1-sentabrdan esa yo‘lovchilarni yengil avttransport vositalarida tashish (taksichilik) faoliyat turlari qo‘shildi.

2022-yil 1-noyabrdan esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari soni yana 10 taga ko‘paydi.

2022-yil sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 191 252 nafarni tashkil etmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 10-oktabr

oktabr oyi uchun:


aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).

sentabr oyi uchun:

aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi)

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt