Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari

Mol-mulkning kadast qiymatidan kelib chiqqan holda 2022-yil uchun infografikada ko‘rsatilgan stavkalarda hisoblanadi.

☝️Agar jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymati mavjud bo‘lmasa, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — 42 mln so‘mning besh baravari (210 mln so‘m) miqdorida, boshqa shahar va qishloq joylarda esa — ikki baravari (84 mln so‘m) miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

#15_oktabr #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

#savol_javob #mol_mulk_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyati QQS toʻlovchilar eng koʻp roʻyxatga olingan hududlar TOP-5 taligida

2022-yil 1-sentabr holatiga, O‘zbekistonda 162 mingdan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilar mavjud.

3 yil ichida ularning soni ikki barobar, 2016-yildan buyon esa deyarli 20 barobar oshdi.

Mutaxassislar bu o‘sishni, birinchi navbatda, soliq yukini adolatli taqsimlash va kamaytirish bilan izohlamoqda.

Eslatib oʻtamiz❗️QQS stavkasi 2019-yil 1-oktabrdan boshlab 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.

Davlatimiz rahbari 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2023-yil 1-yanvardan QQS stavkasi 12 foizga tushirilishini ma’lum qildi.

2022-yilda 19,6 ming soliq to‘lovchi QQS to‘lashga o‘tdi:
🔹ularning yarmidan ko'pi - ixtiyoriy ravishda;
🔹soliq majburiyati vujudga kelgan paytdan boshlab 9,4 ming soliq toʻlovchi avtomatik tarzda QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatga olindi.
👉QQS to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish uchun ariza berish va ko‘rib chiqish tartibi

2022-yilda QQS toʻlovchilar eng koʻp roʻyxatga olingan TOP-5 ta hudud:

🔸Toshkent shahri - 5,3 ming;
🔸Toshkent viloyati - 1,9 ming;
🔸Samarqand viloyati - 1,7 ming;
🔸Farg'ona viloyati - 1,5 ming;
🔸Buxoro viloyati - 1,3 ming.

Avvalroq, 7 oy davomida to‘langan 9,2 trillion so‘m QQS summasi tadbirkorlarga qoplab berilgani haqida xabar qilingan edi.
👉QQS qanday qaytariladi?
#QQS

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS #EHF

QQS hisoboti: avtomatlashtirishning navbatdagi bosqichi

Soliq to‘lovchilar tomonidan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish talab qilinmaydi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan to‘langan soliq summalarini hisobga olish avtomatlashtirildi.

Xususan:
▫️Tovar (xizmat)lar chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan to‘langan va hisoblangan QQS summalaridan kelib chiqib uni avtomat tarzda 🔁 hisobga olish;
▫️O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar summasini soliq hisobotlarida avtomat tarzda aks ettirish✔️imkoni yaratildi.

🆕Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida QQS bo‘yicha soliq hisobotining elektron shakli yangilandi (paket kodi 10006_35).

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 11-sentabrdan import qilingan tovar (xizmat)lar hamda O‘zbekiston bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar uchun bir tomonlama EHF shakllantirish imkoniyati cheklanishi haqida maʼlumot berilgan edi.

👉QQS hisobotini to'ldirish bo'yicha qo'llanma
👉QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga eslatma
👉QQS hisobotida onlayn-NKM orqali tushgan tushum summasi avtomat shakllanadi
👉Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari asosida beriladigan imtiyozlar ma'lumotlari qanday yangilanadi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

sentabr oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq
summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

#savol_javob #yer_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

⚡️soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2022 йилда жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ставкалари

⚡️Солиқ тўловчилар ўз ҳудудидаги қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ерлар учун белгиланган солиқ (яшаб турган хонадони учун ер солиғи) ставкаларини soliq.uz сайтидан осон аниқлаши мумкин (юқоридаги суратларда Фарғона шаҳри мисолида кўрсатилган).

🗓15 октябрь – жисмоний шахслар учун мол-мулк ва ер солиқлари тўлашнинг сўнгги куни.

☝️Эслатиб ўтамиз, ўз вақтида тўланмаган солиқ суммасига ҳар бир кечиктирилган кун учун қонунчиликда белгиланган тартибда пеня ҳисобланиб, қарздорлик суд тартибида мажбурий ундирувга қаратилади.

#yer_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#marketpleys

- Marketpleys va elektron to‘lov platformalari (Apelsin, Zoodmall, Click, Payme, Paynet yoki boshqa shu kabi tashkilotlar) bilan ishlaydigan yuridik shaxslar daromadlari soliq hisobotida qanday aks ettiriladi

- Yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan bunday operatsiyalar mohiyati va iqtisodiy mazmuniga ko'ra, vositachi shartnomasi sifatida e'tirof etiladi. Unga ko'ra, bir taraf (vositachi) ikkinchi tarafning (komitent) topshirig‘i bo‘yicha o‘z nomidan, biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni haq evaziga tuzish majburiyatini oladi.
👉 FK 833-modda

Boshqacha aytganda yuridik shaxs – komitent hisoblanadi, marketpleys va elektron to'lov platformalari esa vositachi (komissioner) bo‘ladi.

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi AOS hisobotida aks etishi uchun vositachi cheklarda komitent STIRini ko‘rsatishi kerak. Agar korxona sub-vositachi bo‘lsa, chekda realizatsiya qilinayotgan tovar (xizmat)lar komitentiga tegishli STIR ko‘rsatiladi.

My.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda:
❗️ komitent o‘z vositachilarining ro‘yxatini (STIR) shakllantiradi.
❗️ vositachi cheklarda komitent STIRini ko‘rsatadi.
👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirish

Buning uchun:
🔹Soliq to'lovchi my.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetiga kiradi;
🔹“Korxona komissionerlari ro‘yxatini shakllantirish” bo'limi tanlanadi;
🔹“Komissioner shakllantirish” tugmasi bosiladi;
🔹paydo bo‘lgan oynada korxona nomi, shartnoma raqami, STIR (JShShIR) va boshqa qatorlar toʻldiriladi hamda “Qoʻshish” tugmasi bosiladi.

✔️Vositachilar (komissionerlar)roʻyxati shakllanadi.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Faoliyatini yangi boshlagan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida Marg‘ilon shahar DSI xodimlari tomonidan 2022-yil avgust-sentabr oylarida 500 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganildi va zarur yordamlar ko‘rsatildi.

O‘rganishlar jarayonida tadbirkorlar huzuriga tashrif buyurib, dastlabki buxgalteriyani yuritish, soliq hisobotlarini topshirish, avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish, imtiyozlarni qo‘llash masalalari yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahri markazida yaqindagina faoliyatini boshlagan "KANNAM CHICKEN" MChJga ham qulay soliq rejimini tanlash, ijara shartnomasi tuzish, QQS guvohnomasi olish, onlayn-NKMdan foydalanish borasida zarur ko‘maklar berildi.

Shuningdek, tadbirkor bilan suhbat davomida xizmat ko‘rsatish sohasiga ijtimoiy soliq bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar batafsil tushuntirildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-sentabr

sentabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
⚡️Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yo‘naltirilgan mablag‘ daromad solig‘idan ozod etildi

📃“Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–377-son, 22.09.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.

👉 Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

☑️ 2023-yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yo‘naltirilgan daromad soliqqa tortiladi.

❗️2022-yil 1-noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.

🏢 Uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz,
Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, ipoteka krediti bo‘yicha soliq imtiyozlari agar uy-joyning qiymati 300 million so‘mdan oshmasa hamda kredit shartnomasida kredit to‘lovlari uchun byudjetdan subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, oylik ish haqining 15 million so‘mgacha kreditni qoplashga yo‘naltirilgan qismiga nisbatan tatbiq etilar edi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mobil_ilova

Jismoniy shaxslar soliqlarni “Soliq” ilovasi orqali toʻlashlari mumkin

Buning uchun jismoniy shaxs “Soliq” mobil ilovasida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgan va Face ID orqali avtorizatsiya qilinganidan so‘ng “To‘lov xizmatlari” oynasida “Soliqlarni to‘lash” bo‘limini tanlashi kerak.

Ochilgan oynada "JShShIR" qatorida foydalanuvchi tomonidan ilovada ro'yxatdan o'tish paytida kiritilgan JShShIR va uning soliq qarzi mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumot avtomatik ravishda aks etadi.

🔴Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi boʻlsa, u holda ushbu oynada soliq toʻlovchiga tegishli boʻlgan barcha obyektlar va yer uchastkalari, shuningdek deklaratsiyalangan daromadlar boʻyicha soliqlar va penyalar turlari boʻyicha barcha mavjud qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.

✔️Shu bilan birga, ushbu qarzlarni qaysi davr uchun ko'rsatishni tanlash mumkin: joriy davr bo'yicha yoki butun yil uchun.

Agar soliq to'lovchining bir nechta obyekti bo‘lsa, xuddi shu oynada avtomatik ravishda manzil, kadastr raqami va ularning har biri uchun qarzi miqdori ko'rsatiladi. Shuningdek, alohida davrni belgilab ushbu davr uchun hisoblangan qarzdorlik to'g'risidagi ma'lumotni olish mumkin:

"Joriy" - joriy davr holatiga;
"Yillik" - bu yil uchun umumiy miqdor.

Bitta obyekt (yoki toifa) bo‘yicha qarzlarni to'lash uchun "Qisman" tugmasi bosiladi. Bunda bir yoki bir nechta soliqlarni (penyalarni) tanlash va keyin to'lovni amalga oshirish mumkin.

Bir vaqtning o'zida barcha soliqlar bo'yicha qarzlarni to'lash imkoniyati ham mavjud. Buning uchun asosiy oynaning pastki qismida "Davom etish" tugmasini bosish va to'lovni davom ettirish kerak.

Qarzni to'lash uchun "To'lanadigan summa" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan summa ko'rsatilishi kerak. To'lovni mobil ilovaga biriktirilgan bank kartasi yordamida amalga oshirish mumkin.

Boshqa jismoniy shaxsning solig‘ini to'lash uchun uning JShShIRi kiritiladi. Bunda tizim ushbu shaxs tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan soliqlar ro'yxati aks etadi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar xavfsizligi maqsadida ular haqidagi ma'lumotlar (manzil, kadastr raqami va boshqalar) ko'rsatilmaydi.

Ma’lumot uchun❗️ Soliq to'lovchilarning to'langan soliq summalari va soliq qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlar soliq siri hisoblanmaydi.
👉Soliq kodeksi 29-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt