Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Transport vositalari ijara shartnomalarini notarial tasdiqlash bekor qilindi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan "E-ijara" elektron xizmatida transport vositasi ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi.

Elektron xizmatdan foydalanish uchun “ijara.soliq.uz” internet manziliga ijaraga beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar elektron raqamli imzosi (ERI) orqali kiriladi.

Shartnomani hisobga qo‘yish uchun elektron xizmatning “Transport vositalari ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish” oynasiga o‘tiladi. Ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘yish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar avtomatik shakllanadi:
🔹transport vositasini ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi to‘g‘risidagi maʼlumotlar – JShShIR, FIO, manzil;
🔹ijaraga berilayotgan transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar – rusumi, davlat raqami va h.k.

Mulkdor ijaraga berilayotgan transport vositasini tanlab, ijaraning boshlanish va tugash sanalari, bir oylik ijara to‘lovi miqdorini kiritadi hamda shakllangan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun "jo‘natish" tugmasi orqali ijaraga oluvchiga yuboradi.

Ijaraga beruvchi jo‘natgan ma’lumotlar ijaraga oluvchi tomonidan tekshirilib, tasdiqlash tugmasi bosilgandan so‘ng ijara sharnomasi soliq organida avtomatik ravishda hisobga olinadi va hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma shakllanadi.

Eslatib o‘tamiz! 01.09.2022-yildan:
- fuqarolar va yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan transport vositasi ijara shartnomalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi;
- transport vositasi ijara shartnomalari soliq organlarida elektron tarzda hisobga olinadi.
👉PQ-311-son, 07.07.2022-yil.

🚕"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

#e_ijara

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#Bilasizmi

🟢Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 moddasi

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 9-sentabr
sentabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Bo‘sh turgan obyektlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqariladi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
👉09.09.2022-yildagi PF-218-son farmoni

Hujjatga muvofiq:

🔹foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;

🔹soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan bir oy muddatda 2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq summalarini kelgusi to‘lovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli obyekt mulkdorlariga qaytariladi.

Eslatma❗️

👉Joriy yil 1-iyuldan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilindi.

👉Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Prezidentimiz taʼkidlaganidek oshirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblangan soliq qarzlaridan butunlay voz kechiladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
“Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili amalda

Mazkur tamoyil doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yil avgust oyida Beshariq tumanidagi 220 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi hamda zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbirkorlik subyektlariga, asosan, dastlabki buxgalteriyani yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, ortiqcha to‘lovni qaytarish, E-ijara, E-imtiyoz va E-aktiv avtomatlashtirilgan dasturlaridan foydalanish va boshqa masalalar yuzasidan ko‘maklashilmoqda.

Misol uchun, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "LUX YAN TEX"MChJ vakillari bilan ham uchrashib, yechimini kutayotgan muammolari o‘rganildi hamda ijobiy hal etildi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chet elga eksport qilinishi natijasida yuzaga kelgan 1 mlrd so‘m qiymatdagi ortiqcha QQS to‘lovini korxonaning foyda solig‘idan bo‘lgan qarzdorligiga so‘ndirilishida yordamlashildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 12-sentabr

sentabr
oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

uchinchi chorak uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

avgust oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘sh turgan obyektlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqariladi

©️Farg'ona TV

#mutaxassis_sharhi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan "Soliq xabarlari" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida tanishing!

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili doirasida tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar


©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari to‘lov muddatlari qachon?

Farg‘ona shahrida so‘rovnoma o‘tkazildi.

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida hududlarda olib borilayotgan xatlov tadbirlari

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq to‘lovchining my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida yo‘qotilgan cheklarni tiklash imkoni mavjud

Chek ma'lumotlarini tiklash uchun soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetida:

🔹"Chekni tiklash" bo'limiga kiriladi;
🔹Filtrda fiskal modulning IDsi va sanasi tanlanib, “Qidirish” tugmasi bosiladi;
Chek qayta tiklanadi.

✔️Shundan so'ng, chekni tahririash shu nomdagi bo'limda davom ettiriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Ilgari amalga oshirilgan hisob-kitoblarga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lgan hollarda foydalanuvchi tomonidan tuzatuvchi kassa cheki shakllantirish mumkin.

Bunda tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
👉VM-255-son qaror 12.05.2022-yil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

QQS: Murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarga qatʼiy amal qilinadi

DSQ Raisi Sherzod Kudbiyev tomonidan markaziy apparat tuzilma rahbarlari va hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda QQS qoplanadigan salbiy farq summasini qaytarib berish bilan bog‘liq bo‘lgan muaommolar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Jumladan, tadbirkorlik subyektlari murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaslik, sansolarlikka yo‘l qo‘yish va boshqa holatlar masʼul xodimlarga alohida ko‘rsatib o‘tilib, qatʼiy ogohlantirish berildi.

Xususan, QQS qoplanadigan salbiy farq summasini qaytarish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishda belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya etish topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram