Farg‘onada davlat soliq xizmati xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Davlat soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami arafasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” g‘oyasi asosida davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Bahriddin Zayniddinov va DSB rahbariyati ishtirok etib, “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning zamirida, avvalo, inson manfaatlari, uning huquq va erkinliklari turgani, xususan, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilayotgan davlat soliq xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tizimda gender tengligi masalalari haqida gapirib o‘tdilar.
Tadbir davomida soliq ma’murchiligini takomillashtirishdagi munosib mehnatlari uchun viloyat davlat soliq xizmati organlarining bir guruh xodimlariga Davlat soliq qo‘mitasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng Farg‘ona viloyat filarmoniyasi tomonidan xodimlarning ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun tashkil etilgan musiqiy chiqishlar barchaga manzur keldi va raqsga chorladi.
Ta’kidlash lozim, bu kabi uchrashuvlar davlat soliq xizmati organlarida mehnat qilayotgan xodimlar qalbida o‘z kasbiga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, ayniqsa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qiladi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#QQS #soliq_hisobotlari
Soliq to'lovchiga yordam❗️
👉QQS hisobotini to'ldirish bo'yicha qo'llanma
👉QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga eslatma
👉QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha onlayn-seminar
👉QQS hisobotida onlayn-NKM orqali tushgan tushum summasi avtomat shakllanadi
👉Bir qator mahsulotlarni QQSdan ozod etish muddati uzaytirilgan
👉QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya
__________
#НДС #налоговая_отчетность
В помощь налогоплательщику❗️
👉Инструкция по заполнению расчета НДС
👉Памятка для тех, кто перешел на уплату НДС
👉Онлайн-семинар по заполнению отчетности по НДС
👉В отчетности по НДС автоматически отображаются сведения чеков онлайн-ККМ
👉Продлен срок освобождения от НДС ряда продуктов
👉За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#QQS
Agar tashkilot yengil avtomobilni sotib olsa, u QQSni hisobga olish huquqiga egami❓
- Yengil avtomobilni QQS bilan sotib olayotgan yuridik shaxs, o‘zi tomonidan byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasini sotib olingan transport vositasi bo‘yicha yetkazib beruvchiga to‘langan QQS summasiga kamaytirishga haqli.
Buning uchun soliq to‘lovchi sotib olingan avtomobil bo‘yicha “kiruvchi” QQSni hisobga olishi mumkin.
QQS barcha holatlarda ham hisobga olinavermaydi. Buning uchun bir vaqtning o‘zida qator shartlar bajarilishi kerak:
1) QQS summasi ko‘rsatilgan hisobvaraq-fakturaning mavjudligi;
2) avtomobilning tegishli birlamchi hujjatlar asosida qabul qilinganligi;
3) sotib olingan avtomobildan QQS solinadigan operatsiyalar bo‘yicha foydalanish.
Ayni shu joyda, sotib olingan avtomobil QQS solinadigan operatsiyalar uchun foydalanilganligiga soliq organi tomonidan norozilik bildirilishi mumkin. Biroq, avtomobilni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani tuzayotganda, avtomobilni sotib olish va uni yuridik shaxs balansiga qo‘yish, undan tadbirkorlik yoki boshqa daromad keltiradigan faoliyatda foydalanishni nazarda tutadi, deb hisoblanadi.
Soliq organlari qanday holatlarda sotib olingan avtomobil uchun QQSni hisobga olinishini rad etishlari mumkin❓
Agar yengil avtomobilni sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmasa, Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan QQS summasi hisobga olinmaydi.
Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar (birlamchi hujjatlar) bo‘lishi kerak. Bunday hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan (jo‘nash va boradigan joylar, qaytish vaqti, bosib o‘tilgan masofa, yoqilg‘i sarfi to‘g‘risidagi maʼlumotlar) yo‘l varaqalari bo‘lishi mumkin.
Soliq to‘lovchining hujjatlarida avtomobil shaxsiy qatnovlar uchun emas, balki kompaniyaning maqsadlariga erishish uchun foydalanganligini aks ettiruvchi xo‘jalik hayoti faktlari qayd etilishi kerak.
Agar soliq to‘lovchi tomonidan sotib olingan yengil avtomobillar soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatidagi 684 ta subyektga QQSdan ortiqcha to‘lov qaytarib berildi
Davlat budjetidan qaytarilgan QQS hududlar kesimida:
📍Toshkent shahri - 1 127 ta
📍Andijon viloyati - 956 ta
📍Namangan viloyati - 744 ta
📍Farg‘ona viloyati - 684 ta
📍Buxoro viloyati - 496 ta
📍Toshkent viloyati - 447 ta
📍Qashqadaryo viloyati - 342 ta
📍Surxondaryo viloyati - 321 ta
📍Qoraqalpog‘iston R. - 317 ta
📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha DSI - 296 ta
📍Xorazm viloyati - 232 ta
📍Navoiy viloyati - 225 ta
📍Samarqand viloyati - 175 ta
📍Sirdaryo viloyati - 160 ta
📍Jizzax viloyati - 97 ta korxonalarga to‘g‘ri keladi.
💹Qoplab berilgan jami QQS o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 trln so‘mga ko‘p.
#QQS #infografika

Farg‘onalik bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatayotgan, shuningdek, biznesdagi muvaffaqiyatlari hamda ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan yurtimiz tadbirkorlari “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirladilar.
Taqdirlanganlar orasida bir qator farg‘onalik faol tadbirkorlar ham o‘rin olgan:
➖A’zamov Xumoyun Azizjon o‘g‘li – “Bolajon orzusi” MChJ rahbari;
➖Bulatov Farxod Gayratovich – “Musavartex” MChJ rahbari;
➖Voxidov Ikromjon Abdumajidovich – “BS textile Fargona” MChJ rahbari;
➖ G‘anieva Shaxnoza Ma’mirovna – “Farg’ona ibratli begim” MCHJ rahbari;
➖Ilyasov Faxriddin Fayozovich – “Ilyasov” MChJ rahbari;
➖Meliko‘ziev Xurshidjon Abdilmalikovich – “Lux yan tex” MChJ rahbari;
➖Mirzaeva Sadoqat Alisherovna – “Art house sadosh” MChJ rahbari;
➖Parpiev Maxmudjon Muradjanovich – “Havvo group” MChJ rahbari.

#tabrik
#20avgust
Bayramingiz muborak bo‘lsin, tadbirkorlar!
Hurmatli tadbirkorlar, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi va o‘z nomimdan muborakbod etaman.
Vatanimiz iqtisodiy rivoji, aholi bandligini ta'minlashda Sizlarning mashaqqatli mehnatlaringiz tahsinga sazovor.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar natijasida sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar Siz, tadbirkorlar uchun ko‘plab qulayliklar yaratmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar, davlat soliq xizmati organlari soliq ma'murchiligiga tatbiq etilayotgan yangiliklarni o‘zlashtirishdagi tirishqoqligingizni, halol mehnatingizni, yangi tajribalarni o‘zlashtirishga xayrixohligingizni qadrlagan holda Sizlarni qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.
Bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, faoliyatingizga muvaffaqiyat, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va sog'lik-omonlik tilayman!
Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
—————————————-
#поздравление
#20августа
С праздником, предприниматели!
Уважаемые предприниматели, от имени коллектива органов государственной налоговой службы и от своего имени поздравляю Вас с сегодняшним праздником!
Ваш нелегкий труд в обеспечении экономического развития нашей страны и занятости населения достоин похвалы.
В результате реформ, инициированных Президентом и направленных на поддержку предпринимательства, внедренные в отрасль цифровые технологии создают множество удобств для Вас, предпринимателей.
Уважаемые предприниматели, органы государственной налоговой службы, высоко оценивая Ваше усердие в освоении нововведений, применяемых в налоговом администрировании, ваш добросовестный труд и стремление осваивать новый опыт, всегда готовы оказывать Вам поддержку.
Еще раз поздравляю вас с праздником и желаю успехов в работе, семейного благополучия, счастья и здоровья!
Шерзод Кудбиев,
Председатель Государственного налогового комитета Республики Узбекистан

23-avgustga qadar kassa cheklarini tahrirlashga ruxsat beriladi
Tadbirkorlik subyektlarining ko‘p sonli murojaatlarini inobatga olgan holda "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida takroran 2022-yilning o‘tgan davri uchun shu yil 23-avgustga qadar my.soliq.uz orqali kassa cheklarini tahrirlashga ruxsat beriladi
❗️Xarid summasining 1 %i qaytarilgan (keshbek) cheklar bunda mustasno.
👉Сhek qanday tahrirlanadi?
🔹My.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida “YuSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” boʻlimi tanlanadi.
🔹Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma'lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulot nomi;
– miqdori;
– summasi;
– QQS;
– Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK);
– o‘lchov birligi;
– komitent STIRi.
Shundan so‘ng holat yuzasidan tushuntirishni ilova qilish kifoya.
Eslatma: QQS hisoblashda tiyin nuqta orqali kiritiladi, chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi.
Yakuniy bosqich – “Yuborish” tugmasini bosish.

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 22-avgust
❇️ QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksining 273-moddasi 1-va 2-qismlari);
❇️ agar iyul oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
❇️ norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
❇️ yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari);
❇️ soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Oltiariqlik tadbirkorga soliq imtiyozlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatildi
“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida Oltiariq tumanida ham davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2022-yil avgust oyining dastlabki 20 kunida 230 dan ortiq subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi va zarur ko‘maklar berildi.
Binobarin, 48 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish va soliq rejimini tanlashga ko‘maklashilgan bo‘lsa, 79 ta subyektga E-ijara, E-imtiyoz va E-aktiv avtomatlashtirilgan dasturidan foydalanish tartibi tushuntirildi.
Misol uchun, jajji bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan "OLTIARIQ SPORT SERVIS" MCHJ rahbariyati bilan uchrashib, E-imtiyoz dasturi orqali soliq imtiyozlarini qo‘llashda amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada, tadbirkor yer, mol-mulk va daromad solig‘idan 183,5 mln so‘mlik imtiyozdan foydalandi.
Shuningdek, Katput MFYda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, yaqindagina tashkil etilgan "AAA GROUP VALLEY 2022" MCHJga dastlabki buxgalteriyasini yuritish va soliq rejimini tanlashda ko‘maklashildi.
Tadbirkorlik subyektlarini o‘rganish va ko‘maklashish jarayonlari davom etmoqda.
#soliqchi_komakchi

#ochiq_muloqot
Toshkentdagi Kongress-hollda Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.