Buvayda tumanida ham tadbirkorlar huzuriga borgan holda muammolar o‘rganilmoqda
“Soliqchi-ko`makchi” tamoyili asosida soliq to`lovchilarga sifatli xizmat ko`rsatish maqsadida Buvayda tumani DSI xodimlari tomonidan tadbirkorlar faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda, mavjud muammolarni hal etish choralari ko'rilmoqda.
Joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida tumandagi 334 ta tadbirkorlik subyektini qiynayotgan muammolar o`rganildi hamda “E-ijara”, “E-aktiv” dasturlaridan foydalanish, soliq imtiyozlari va ularni qo'llash, ortiqcha to'lovlarni qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko'rsatildi.
Xususan, chiqindini qayta ishlab to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "LANMEI" MCHJ vakillari bilan uchrashib, muammolar o‘rganildi. Natijada, eksport qilish evaziga hosil bo‘lgan 355 mln. so‘m miqdordagi ortiqcha QQS to‘lovlari joriy yil 9-iyunda korxona hisob raqamiga qaytarildi.
#soliqchi_komakchi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat 4-sektor rahbari buvaydalik yoshlar bilan uchrashdi
30-iyun – “Yoshlar kuni” arafasida Buvayda tumanida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot jarayonida yoshlarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari sektor rahbari tomonidan tinglandi va ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
✅7 nafar yoshlarga oliy o‘quv yurti kontrakti, 5 nafariga esa safarbarlik chaqiruv rezervi uchun to‘lovga zarur mablag‘lar ajratildi. Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida 5 nafar yoshga inkubator, 3 nafariga tikuv mashinasi, yana biriga esa kompyuter jamlanmasi berildi.
#4_sektor

#keshbek
To‘langan keshbeklar 180 milliard soʻmdan oshdi
May oyi uchun 509 781 nafar isteʼmolchiga 53,8 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-aprel oylari uchun yana 1,8 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.
💰Yil boshidan buyon 673 597 nafar fuqaroga 180,5 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.
*tasdiqlangan keshbek summasini bugundan boshlab bank plastik kartalariga o‘tkazib olish mumkin.
____________
#кешбэк
Выплаченные суммы кешбэка превысили 180 миллиардов сумов
За май месяц 509 781 потребителю выплачено 53,8 млрд сумов.
Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-апрель – выплачено 1,8 млрд сумов кешбэка .
💰Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного 673 597 потребителям, достигла 180,5 млрд сумов.
* подтвержденные суммы кешбэка можно перевести на прикрепленную банковскую карту начиная с сегодняшнего дня.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Ommaviy axborot vositalariga soliq imtiyozi berildi
📃“Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra:
2022-yil 1-iyuldan boshlab 2025-yil 1-iyulga qadar:
🔹ommaviy axborot vositalari foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi, reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari bundan mustasno;
🔹O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan matbaa uskunalari, zamonaviy foto va radiotelevizion uskunalar hamda qog‘oz bojxona bojidan ozod etiladi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#keshbek
Chek uchun keshbek: joriy yilning 1-yanvaridan 27-iyunigacha cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari – TOP-10
1. Anglesey food 4,9 mln ta
2. Havas food 2,5 mln ta
3. Darvoza savdo 1,5 mln ta
4. Inspired 1,2 mln ta
5. UNG Petro 968 ming ta
6. Namangan istiqlol bog‘i 495,7 ming ta
7. International foodchain 456,2 ming ta
8. Sharqona yagona savdo 446,7 ming ta
9. Best quality products 324,9 ming ta
10. Osiyo trade biznes 258,7 ming ta
Iste'molchilarga to‘langan keshbek 180 milliard soʻmdan oshdi.
__________
#кешбэк
Кешбэк за чек: ТОП-10 субъектов предпринимательства по количеству чеков, зарегистрированных с 1 января по 27 июня этого года
1. Anglesey food 4,9 млн
2. Havas food 2,5 млн
3. Darvoza savdo 1,5 млн
4. Inspired 1,2 млн
5. UNG Petro 968 тыс.
6. Namangan istiqlol bog‘i 495,7 тыс.
7. International foodchain 456,2 тыс.
8. Sharqona yagona savdo 446,7 тыс.
9. Best quality products 324,9 тыс.
10. Osiyo trade biznes 258,7 тыс.
Сумма выплаченного потребителям кешбэка превысила 180 млрд сумов.

Bosh qomus – huquq va erkinliklar kafolati
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan videomuloqot tarzida tadbir tashkil etildi.
Unda O’zbekiston Respublikasi Senati a'zolari ishtirok etib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlash doirasida milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlar inobatga olingani haqida ma’lumot berdilar.
Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Soliq ma'muriyatchiligi soddalashtiriladi
Mamlakatimiz Prezidenti “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish davrida biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan:
🔹Foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilinadi –
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish obyektlari hamda ushbu obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish bekor qilinadi.
🔹QQS maʼmuriyatchiligi soddalashtiriladi:
majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda beriladi;
soliq organlari monitoringi davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq xavfi holatlarining aniqlanishi QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib qo‘yishga asos bo‘ladi;
yuqori xavf darajasi aniqlangan tadbirkorlarning QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yishdan 5 kun oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi. Ushbu muddatda kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, QQS guvohnomasi to‘xtatib turiladi.
Amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lishi yoki soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganlik holatlari bundan mustasno.
2023-yil 1-martga qadar:
🔹hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;
🔹xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarini hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

#yoshlar_kuni
Yoshlik — umrning bahori, g‘ayrat-shijoat fasli
Yoshlik — inson umrining bahori, betakror, azmu shijoatga to‘la faslidir. Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir. Yurakda muhabbat, tafakkurda bitmas-tuganmas g‘oyalar jo‘sh urgan bu davrda inson o‘zini dunyoni o‘zgartirishga qodir his qiladi. Ana shu jurʼat insoniyatni buyuk ixtirolar, ilm-fanda ulkan muvaffaqiyatlar qilishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlik — dunyoni yangilashga, odamzodning hayot tarzini yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdek ulug‘ ishda qatnashish uchun har birimizga berilgan takrorlanmas imkoniyatdir.
Bugun yurtimiz yoshlari ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yangi O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga doston qilayotir.
Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, Prezidentimiz boshchiligida bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakat ertasi bo‘lmish yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. O‘z navbatida, yoshlar ham bu imkoniyatlarga ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari, olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob qaytarishga harakat qilayotir.
Davlat soliq xizmati organlarida ham asosiy kuch bu — yosh kadrlar hisoblanadi. Ularning ishchanligi, izlanishga, o‘rganishga bo‘lgan baland ishtiyoqi boshqa xodimlarni ham g‘ayrat bilan mehnat qilishga, yoshlardan ortda qolmay samarali faoliyat olib borishga undaydi. Hozirda davlat soliq xizmati organlarida 2 ming nafardan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan xodim xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yurtimizning barcha mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida 753 ming nafardan ziyod yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 90 mingga yaqini korxona rahbari, 52 mingdan ziyodi yakka tartibdagi tadbirkor, 611 mingdan ortig‘i o‘zini o‘zi band qilgan yoshlardir.
30-iyun — Yoshlar kuni bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan uka-singillarimni samimiy muborakbod etaman!
Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.
Aziz yoshlar, umrning bahorini, g‘ayrat-shijoat faslini munosib yashang! Bayram muborak bo‘lsin!
Sherzod KUDBIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi raisi

#bilasizmi
#imtiyozlar
Sayyohlik kompaniyalari O‘zbekistonning turistik brendi reklamasi bo‘lgan mahsulotlarni chop etish uchun soliq solinadigan bazani kamaytirishga haqli
2025-yil 1-yanvargacha:
🔸Turizm subyektlari soliq solinadigan bazani tayyorlash va chop etishga yo‘naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytirishi mumkin.
Bunda O‘zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo‘lgan bosma quyidagilar mahsulotlar soliq bazasi hisoblanadi:
▫️bosma mahsulotlarni (xaritalar, risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar)
▫️suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yorliqlar, g‘iloflar, kiyim-kechaklardagi va oshxona anjomlaridagi yozuvlar)
👉 PQ-3514-son 07.02.2018-yil

2022-yil 1-iyuldan…
👉2025-yil 1-yanvarga qadar kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 %ga, biroq 1 oyda ko‘pi bilan 1 mln so‘mgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
👉kasanachilar ijtimoiy soliq to‘lovini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
PQ-214-son 21.04.2022-yil
👉01.07.2025-yilga qadar OAV foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi. (Reklama xususiyatiga ega OAV bundan mustasno)
👉 01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida mehmon uylari, ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar uchun quyidagi imtiyozlar qo'llaniladi:
▫️AOS va ijtimoiy soliq stavkasini 1% miqdorida;
▫️ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 %i miqdorida belgilanadi.
PQ-232-son 30.04.2022-yil
👉Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi barcha soliq to‘lovchilar foyda soligʻi satvkasini 7,5% va AOS stavkasini 2% miqdorida qoʻllash huquqiga ega (ilgari faqat elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq to‘lovchilar uchun bo‘lgan).
O‘RQ-767-son 0505.2022-yil
👉Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqorida yig‘im to‘lanadi.
PQ-90-son 17.01.2022-yil.
👉Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun soliq va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Ro‘yxat PF-101 3-ilovasi 08.04.2022-yil.
👉Foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan oshirilgan soliq stavkalari qo‘llanilmaydi.
👉Majburiy QQS to‘lovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi avtomatik ravishda beriladi;
👉2023-yil 1-martga qadar tovarlar (xizmatlar) identifikatsiya kodlari (MXIK)ni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi;
👉2023-yil 1-martga qadar operatsiyalarni “E-aktiv” AAT aks ettirish ixtiyoriy hisoblanadi.

SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2022.pdf
157.9 KB
#soliq_taqvimi
🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика
🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2022 года