Soliqdan qarzdorlarning 48 mlrd. so‘mlik mol-mulki xatlovga olindi
Avval xabar berganimizdek, turli vajlar bilan to‘lanmay kelinayotgan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.
✅ Joriy yil iyun oyi boshidan hozirga qadar o‘tkazilgan tadbirlar natijasida soliqdan qarzdorligi mavjud bo‘lgan 12 ta tadbirkorlik subyekti 1,2 mlrd. so‘m miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirdi.
🔹Xususan, Farg‘ona tumanida ro‘yxatdan o‘tgan "Qo‘rg‘on sifat" MChJ vakillari bilan mavjud soliq qarzdorligi yuzasidan o‘tkazilgan suhbat natijasida 310 mln. so‘m miqdoridagi soliqlar davlat byudjetiga to‘lab berildi.
🔹Farg‘ona shahridagi "Sayyor-2017" MCHJdan esa 201 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
✅ Bundan tashqari, qarzdorligi katta bo‘lgan 36 ta subyektning qariyb 48 mlrd. so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi.
🔹Binobarin, Qo‘shtepa tumanidagi “Texmashservis” MChJning 1,2 mlrd. soliq qarzdorligi uchun jamiyatning bino inshootlari xatlanib, muxrlandi.
🔹Uzoq vaqtdan buyon soliqlar to‘lanmasligi natijasida 5,8 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorligi yuzaga kelgan “Issiqlik manbai” DUKning ham bino-inshootlari xatlovga olindi.
🔹O‘zbekiston tumanida olib borilgan tadbirlarda esa "Sho'rsuv gisht zavod" MCHJning 82,0 mln.so'm soliq qarzi hisobiga jamiyatga tegishli “Nexia” rusumli transport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash joyiga olib kirildi.
Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.
#xatlov
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Keshbek: Farg’ona viloyati chekni ro'yxatdan o‘tkazishda yetakchilar qatorida
Respublika bo’yicha xarid chekini ro’yxatda o’tkazishda faol hududlar:
📍Toshkent shahri – 8,5 mln ta;
📍Toshkent viloyati – 1,4 mln ta;
📍Qashqadaryo viloyati – 867 972 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 824 910;
📍Xorazm viloyati – 770 906.
Past ko‘rsatkich qayd etilgan hududlar:
📍Buxoro viloyati – 414 775 ta;
📍Navoiy viloyati – 360 660 ta;
📍Surxondaryo viloyati – 287 310 ta;
📍Jizzax viloyati – 282 581 ta;
📍Sirdaryo viloyati – 210 618 ta.
10.06.2022-yil holatiga
#keshbek

Dang‘ara tumanidagi sayyor qabuldan so‘ng ichki yo‘llar asfaltlashtirildi
Viloyatning olis hududlarida yashayotgan aholi muammolariga quloq tutish, zarur yechimlarni berish maqsadida 4-sektor rahbariyati tomonidan Dang‘ara tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ahamiyatlisi, aynan bir joyning o‘zida emas, aksincha, xonadonma-xonadon yurib o‘tkazilgan sayyor qabulda mas’ullar Yashik va Qiyali qo‘rg‘oncha mahallalarida turli masalalarda murojaat qilgan xonadonlarga kirib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish choralarini ko‘rdilar.
🔹Sayyor qabul jarayonida Qiyali qo‘rg‘oncha mahallasi aholisi uchun 10 nafardan ziyod shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Shifokorlar tavsiyasi bilan 128 turdagi dori vositalari bepul berildi.
🔹Shuningdek, mahalla ahlining murojaatlariga ko‘ra Birdamlik ko‘chasi ichki yo‘llari homiylar ko‘magi bilan asfaltlashtirildi.
🔹Bundan tashqari, tadbir davomida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Telegram I Facebook I

#bilasizmi
Foydalanilmayotgan obyektlarga mol-mulk va yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llaniladi
Muddatida tugallanmagan qurilish obyektlari, bo‘sh bino, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshoot, ishlab chiqarish maydonlarining 50 foizdan ko‘prog‘idan foydalanilmagan bo‘lsa, bo‘sh turgan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni sifatida e’tirof etiladi.
Bunday obyektlar mulkdoriga mol-mulk va yer solig‘i o‘rnatilgan stavkaga nisbatan oshirilgan stavkada hisoblanadi.
Bunda:
➖3 oyga qadar 2 baravar;
➖3 oydan so‘ng 5 baravar;
➖6 oydan so‘ng 10 baravar;
➖12-oydan boshlab kelgusi har 12 oyda oxirgi oshirib qo‘llanilgan miqdorning 2 baravarida hisoblanadi.
🔁Foydalanilmayotgan obyekt ishga tushirilganda ta’sirchan mexanizm natijasida oxirgi 12 oy uchun hisoblangan soliq summasi mulkdorga qaytariladi.

Uchko‘prik tumanida ham sayyor qabul o‘tkazildi
📍4-sektor rahbariyati tomonidan aholi muammolarini uyma-uy o‘rganish orqali ijobiy hal etish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Uchko‘prik tumani Qorayantoq MFYda tashkil etildi.
✅Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, davolanishga ehtiyojmandlarga esa bepul dori-darmon hamda ikki nafar fuqaroga sihatgoh uchun yo‘llanma taqdim etildi. Bundan tashqari, 12 nafar fuqaroga suyultirilgan gaz ballonlari berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
#4_sektor