Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #QQS

QQS bo‘yicha o‘zgarishlar

2025-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qolindi.

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi.

2025-yil 1-iyuldan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlari QQSga tortiladi.
Avval soliqdan ozod etilgan edi.

Davlat mol-mulkini, shu jumladan mulk huquqi asosida qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish QQSga tortilmaydi.

👉 Soliq kodeksi 243-modda

Mahsulotlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️kontrakt (kontrakntning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

▫️tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun asos bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi (Ilgari O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tovarlarni olib chiqish uchun bojxona organining belgisi bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyasi);

▫️O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar ortilgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan tovarning kuzatuv hujjatlari (ilgari tovar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan)

Bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga taqdim etiladigan tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

👉 Soliq kodeksi 261-modda

QQSdan quyidagilar ozod qilinadi:

▪️2027-yil 1-yanvargacha – Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O'zbekiston hududiga olib kirish;

▪️2024-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha - O'zbekiston rezidentlari bo'lgan vagon (konteyner)lar operatorlarining temir yo'l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish xizmatlari;

▪️2030-yil 1-yanvargacha - O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari.

Shuningdek, budjet tashkilotlarining Xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi qaysi infratuzilma loyihalari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod etilishiga aniqlik kiritildi:
▫️elektr, gaz va issiqlik ta'minoti;
▫️suv ta'minoti va kanalizatsiya;
▫️suv xo'jaligi;
▫️yo'l-transport infratuzilmasi;
▫️aloqa va telekommunikatsiya;
▫️agrologistika;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish
.
Imtiyoz loyiha ishtirokchilariga ham qo‘llaniladi.

👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 10-yanvar

dekabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(
Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
2025-yil uchun neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlarga aksiz solig'i stavkalari

#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Farg‘ona viloyatidagi ko‘chmas mulk obyektlarining 1 kv.metri uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatlar

📌Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar

🔹Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5% miqdorida saqlanib qolindi.

🔹Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.

Farg‘ona viloyati uchun viloyat Xalq deputatlari kengashi qaroriga asosan kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda
mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatlar bilan infografikada tanishishingiz mumkin.


🔹Mol-mulk solig'idan quyidagi qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari ozod etiladi:

📉 100 kVtgacha bo‘lgan – qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga topshirilgan oydan e'tiboran 3 yil muddatga, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda esa – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 10 yil muddatga;

📈 100 kVt va undan ortiq bo‘lgan – ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga.

🔹Yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binolari bo‘yicha soliq to'lovchilar hisoblangan soliq summasini belgilangan pasaytiruvchi koeffitsientlar bilan to‘laydilar:
0,9 - uch qavatli binoga nisbatan,
0,8 - to'rt qavatli binoga nisbatan,
0,7 - besh qavatli binoga nisbatan,
0,6 - olti qavatli binoga nisbatan,
0,5 - yetti va undan ortiq qavatli bino uchun.
Ushbu binolar uchun foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘laydi.

🔹Pasaytiruvchi koeffitsient quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🔸mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o'quv-ishlab chiqarish xonalarini, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20%idan oshmasa;
🔸agar binodan bir nechta xo'jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo‘lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.
❗️Bundan respublika shaharlarida, shuningdek Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno.

👉Soliq kodeksi 414-moddasi

🔹Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar, ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari uchun soliq stavkasi 0,65% miqdorida belgilandi (avval 0,6% edi).
👉Soliq kodeksi 415-moddasi

#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#elon #seminar #fergana #soliq_siyosati_2025

📢Hurmatli tadbirkorlar!

🗓2025-yil 14-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da Soliq qo‘mitasi hamda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati va mas'ullari ishtirokida seminar tashkil etiladi.

Ochiq muloqotda 2025-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar beriladi.

🕰 Boshlanish vaqti: soat 10:00

📍Manzil: Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 17-uy.

Barcha tadbirkorlik subyektlari vakillari va soliq to‘lovchilarni seminarga taklif qilamiz.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Soliq qonunchiligidagi yangiliklar tadbirkorlarga yetkazildi

Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da 2025-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarni tadbirkorlik subyektlari, OAV vakillari va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Unda Soliq qo‘mitasi hamda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati, mas’ul xodimlari ishtirok etib, Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berdilar.

Xususan, asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qolganligi, shu bilan birga, 2028-yilga qadar QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmasligi belgilab qo‘yilganligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yer va mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar, turli sohalarga berilgan soliq imtiyozlariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Seminar jarayonida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

#soliq_siyosati_2025 #seminar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Soliq qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish maqsadida hududlarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan 2025-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarni tadbirkorlik subyektlari va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha shahar va tumanlarda seminarlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirkorlar bilan dastlabki uchrashuvlar Beshariq, Furqat, Qo‘shtepa va Yozyovon tumanlarida o‘tkazildi.

Unda Soliq kodeksiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar, soliq imtiyozlari bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

#soliq_siyosati_2025 #seminar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” soliq qonunchiligidagi yangiliklar tadbirkorlarga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan seminar

©️Farg‘ona MTRK

#soliq_siyosati_2025 #seminar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube