Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.98K photos
548 videos
42 files
2.54K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Фарғона вилоятини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказилди.
Ҳар бир маҳалланинг ихтисослашуви ривожлантирилиши, жорий йилда аҳоли бандлигини таъминлашга 1 трлн сўмдан зиёд маблағ йўналтирилиши айтилди. Вилоятда 2022-2023 йилларда умумий қиймати 31 трлн сўмлик инвестиция лойиҳалари амалга оширилиши қайд этилди
Уй-жой ва йўллар қуриш, электр энергияси ва ичимлик суви таъминотини яхшилаш, мактаб ва боғчаларни таъмирлаш бўйича режалар маълум қилинди.

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам развития Ферганской области.
В текущем году на развитие специализации каждой махалли, обеспечение занятости населения будет выделено более 1 трлн сумов. В 2022-2023 годах в области будут реализованы инвестпроекты на сумму 31 трлн сумов.
Представлены планы по строительству жилья и дорог, улучшению электро- и водоснабжения, ремонту школ и детских садов.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

2022-yil 1-yanvardan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlari onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tdi (PF-5813).

Bunda, tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) hamda onlayn nazorat-kassa mashinalarining har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan (PQ-5252-son 4.10.2021).

Mazkur huquqdan foydalanishda xarajatlarni:
foyda solig‘i;
aylanmadan olinadigan soliq;
YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga
bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish tarzida foydalanish mumkin.

Imtiyoz 2023-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

#onlayn_NKM #imtiyoz

Telegram I Facebook I
⚡️Aholiga keshbek to‘lash va soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq organlariga xabar berganlik uchun pul mukofotlari berish tartibi tasdiqlandi.

📃VM-255-son qarori 12.05.2022-yil.

Keshbekka ega bo‘lish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida (Soliq Android/iOS) onlayn nazorat kassa texnikalari chekini ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.

Cheklarni quyidagi usullar bilan ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin:
🔸xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash;
🔸fiskal belgini qo‘lda kiritish.

Marketpleyslar orqali xarid amalga oshirilgan taqdirda – chek avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tadi.

Muhim❗️
Cheklar berilgan kundan boshlab 10 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Keshbek to‘lash onlayn nazorat kassa texnikalarining cheki soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatga olingan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin amalga oshiriladi.

Davlat soliq qo‘mitasi
onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risida tasdiqlovchi maʼlumotlarni so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu shaxs tomonidan amalga oshirilgani shubhali bo‘lgan taqdirda tovar (xizmat)lar qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Jismoniy shaxslar pul mukofotini olish uchun soliq organlarining maxsus dasturi (“Soliq hamkor”) orqali aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq organlariga xabar berishi lozim.

Bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar bir nechta jismoniy shaxslardan olingan taqdirda, soliq organlari tomonidan xabarlarni ko‘rib chiqish va bir martalik pul mukofotini to‘lash soliq organlarining axborot tizimida birinchi navbatda tan olingan va aniqlangan jismoniy shaxsning xabarnomasiga ko‘ra amalga oshirilishi belgilandi.

Nizom qoidalariga muvofiq, soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganligi haqida soliq organlarini xabardor qilganlik uchun bir martalik pul mukofoti tarzidagi rag‘batlantirish Soliq kodeksining 221-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimalarning 20%i miqdorida (yumshatuvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olingan holda) belgilandi.

Bunda soliq organlari soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxsdan haqiqatda xaridlar amalga oshirilganligini tovarning surati, to‘lov terminalining cheki va boshqa usullar bilan tasdiqlashini talab qilishga, shuningdek, haqiqatda xaridlar amalga oshirilganligiga shubha tug‘ilsa, soliq organlari undan kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqish uchun asoslar yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Shu bilan bir qatorda, qarorga muvofiq, soliq organlariga sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish doirasida planshetlar va boshqa kompyuter texnikasidan foydalanish, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvlari bilan bog‘liq hujjatlarni elektron raqamli imzodan (barmoq izi yoki grafik imzodan) foydalangan holda elektron shaklda rasmiylashtirish huquqi berildi.

📌Mazkur qaror mazmun-mohiyati yuzasidan mutaxassislar sharhlari bosqichma-bosqich berib boriladi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 16-may

aprel oyi uchun:

🔹hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

🔹aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona soliq texnikumida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Konferensiyada o‘quvchilarning quyidagi 4 yo‘nalishda yozilgan maqolalari saralab olindi:

1️⃣ Soliq ma’murchiligini takomillashtirish – taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri.

2️⃣ Raqamli iqtisodiyot – zamonaviy taraqqiyot garovi.

3️⃣ Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi – Yangi O‘zbekiston soliq tizimining muhim bo‘g‘ini.

4️⃣ Malakali kadrlar tayyorlash – soliq tizimini takomillashtirishning zarur sharti.

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ayrim tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilangan

📃PQ-104-son qarorga ko'ra, turizm sohasiga tatbiq etilayotgan maxsus soliq rejimi joriy etilayotgan respublikaning 28 ta hududi qatoridan Rishton tumani ham o‘rin olgan:

🗓2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar Rishton tumanida belgilanadigan turizm hududida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun:

aylanmadan olinadigan soliq stavkasi - 1 % (aslida bazaviy stavka - 4%);

ushbu hududdagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari miqdorlari - hisoblangan summaning 1 % miqdorida belgilandi.

❗️Bunda turizm hududi chegarasi viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xulosalari asosida xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan belgilanadi.
Xususiy bog‘cha va maktablar uchun 1-apreldan soliq imtiyozi berilishi aytilgandi, shu kuchga kirdimi?

JAVOB: Yo‘q, hozircha bu bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritilmadi. Ammo siz bilishingiz kerak bo‘lgan muhim jihatlar bor.

📃2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilab qo‘yildi. Ayni paytda ushbu imtiyoz bo‘yicha Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda.

Ayrim ota-onalarda “Imtiyoz qo‘llanish davri 1-apreldan kechikib ketdi-ku, natijada kechikkan davri uchun zarar ko‘rmaymizmi?” degan savollar paydo bo‘lmoqda. Shu bois quyidagilarni eslatib o‘tmoqchimiz.

❗️Soliq kodeksi qoidalariga ko‘ra, yengillashtiruvchi holat orqaga qaytish kuchiga ega. Shu sababli 1-apreldan soliq imtiyozi qo‘llanaveradi, ota-onalar zarar ko‘rmaydi. Faqat buning uchun ota-onalar xususiy bog‘cha yoki maktabga qilgan to‘lovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Yil oxirida ular barcha to‘langan ma’lumotlarni soliq idorasiga taqdim etishlari va ortiqcha to‘langan daromad solig‘i qismini bitta qilib qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

Boshqacha aytganda, ushbu soliq imtiyozi orqali ota-onalar oyma-oy pullarini qaytarib olishmaydi yoki bog‘cha/maktab to‘lovida "skidka" bo‘lib, narx pasayib qolmaydi. O‘sha summani to‘lashda davom etaveradilar. Ammo yil so‘nggida bitta qilib, 12% qismini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

ℹ️ Masalan, oyiga 3 mln so‘mdan xususiy maktabga to‘lov qilinayotgan bo‘lsa, yiliga jami 36 mln so‘m bo‘ladi. Yil tugagach, barcha 12 oylik to‘lovlarni tasdiqlovchi qog‘oz yoki elektron kvitansiyalar soliq organiga topshiriladi. Soliq organi esa ushbu summadan 12%lik daromad solig‘ini, ya’ni 4 mln 320 ming so‘mni sizga qaytarib beradi.

❗️BU MUHIM:
ushbu imtiyoz aprel oyidan amal qilishini hisobga olib, joriy oydan boshlab to‘lovingizni tasdiqlovchi ma’lumotlarni to‘plashni unutmang! Ayrim xususiy bog‘cha va maktablar oylik to‘lov pulini kassa yoki terminal orqali emas, balki biror xodimining plastik kartasiga pul o‘tkazmasi sifatida tashlashni so‘rashadi. Bunaqa vaziyatda siz aynan bog‘cha yoki maktabga to‘lov qilganingizni isbotlay olmay qolasiz. Shu sababli to‘lovni rasmiy yo‘llar orqali amalga oshiring. Ta’lim muassasasi ma’muriyatidan ham buni talab qiling.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qo‘shtepa tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, amaliyotda uchrayotgan savollarga javob berish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘shtepa tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq savol-javob shaklida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga mutaxassislardan zarur tushuntirishlar oldilar.

Shuningdek, tadbir doirasida DSB mutaxassislari tumandagi “Zamondosh” oilaviy korxonasi rahbari bilan uchrashib, soliq hisobotlari topshirilishi va boshqa masalalarda hamisha yordamga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Ma’lumot uchun: soliq idoralari tomonidan ushbu tadbirkorga “Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan. Natijada, faoliyat turi yana bittaga ko‘payib, “Agro markaz” o‘z faoliyatini boshladi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt