Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.87K photos
535 videos
42 files
2.49K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#antikorrupsiya

Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari aholi gavjum joylarda davom ettirilmoqda

Xabar qilinganidek, joriy yil 15-martdan 15-aprelga qadar “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish oyligi" davom etmoqda.

Oylik doirasida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo`limi tomonidan hududiy davlat soliq inspeksiyalari hamda savdo majmulari va aholi gavjum joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

✔️Xususan, Marg‘ilon shahri, Bag‘dod va Rishton tumanlarida ham tadbirkorlarga mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatilib, korrupsion holatlar paydo bo‘lishini oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

✔️Uchrashuvlar davomida tadbirkorlarga korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda tarqatma materiallarlarda ko‘rsatilgan manzillarga tezkorlik bilan murojaat qilishlari mumkinligi borasida zarur tushuntirishlar berilmoqda.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Hurmatli fuqarolar❗️

Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

#15_aprel #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamlangan maxsus QR-kodni joylashtirish normalari belgilandi

🖊Joriy yil 2-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining
148-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) 👇quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak.

🔸yuridik shaxslar –
korxona nomi, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) va ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar –
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, JShShIR hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.

Bu soliq to‘lovchilar faoliyati shaffofligini taʼminlash bilan birga, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishda isteʼmolchilarga qulayliklar yaratadi.

Isteʼmolchilar ushbu QR-kodni skanerlash orqali savdo nuqtasi haqida to‘liq maʼlumotlarni bilib olishi, shuningdek soliq huquqbuzarligi sodir etilganda QR-koddagi maʼlumotlar asosida “Soliq hamkor” orqali xabar berishi mumkin.

#️⃣Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz

Qo‘qon shahridagi “Muzaffar savdo kompleksi” MChJda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tomonidan soliqlar to‘lanmayotganligini yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda asossiz axborotlar tarqatilmoqda.

O‘rganishlarga ko‘ra, Qo‘qon shahar Navbahor ko‘chasida joylashgan “Muzaffar savdo kompleksi” MChJ hududida 178 ta savdo shоhobchasi mavjud bo‘lib, ulardan 17 tasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatganligi sababli ayni paytda savdo faoliyatini amalga oshirgani yo‘q. Qolgan 161 ta shohobcha esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijara shartnomasi asosida foydalanishga olinib, faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, ushbu tadbirkorlar tomonidan har oyda o‘rtacha 150 mln. so‘m miqdoridagi soliqlar davlat byudjetiga to‘lab kelinmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мол-мулк ва ер солиқларини 15 апрелдан кечиктирмай тўлашни унутманг❗️

Сиз тўлаган солиқлар аҳолини ижтимоий-иқтисодий қўллаб-қувватлаш ҳамда юртимиз фаровонлигига хизмат қилади.

P.S Ўз вақтида тўланмаган солиқ суммасига ҳар бир кечиктирилган кун учун белгиланган тартибда пеня ҳисобланиб, қарздорлик суд тартибида мажбурий ундирувга қаратилиши ҳамда қарздорга тегишли бўлган мол-мулк ҳисобидан қопланиши мумкин.


#15_aprel #yer #mol_mulk #soliq #fergana

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

“Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish oyligi” doirasida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlar Bag‘dod, Buvayda, Rishton va Uchko‘prik tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida shaxsiy tarkib xodimlari bilan bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda korrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligi ta’kidlanib, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar hamda korrupsiyani oldini olish borasida davlat soliq xizmati organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar yana bir bor eslatib o‘tildi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda kuzatilgan korrupsion holatlar haqida tayyorlangan hujjatli film ishtirokchilarga namoyish etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar #soliq_hisobotlari

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 14-aprel kuni «Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti shakliga kiritilgan o’zgarishlar» mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 17:00
______________________
#онлайн_семинар #налоговая_отчетность

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 14 апреля на тему «Изменения в формах налоговой отчетности по налогу с оборота».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 17:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
2022-yil 1-choragi davomida Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralariga kelib tushgan murojaatlar va ularning ijrosi

#infografika

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt