Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.8K photos
528 videos
42 files
2.46K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 10-fevral

fevral oyi uchun:

- Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zi va investitsiya vositachilari tomonidan ro‘yxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 133-moddasi 12-qismi);

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-293-moddalari 1-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish bo‘yicha QQS imtiyozlari uzaytirildi

Quyidagilarni QQSdan ozod qilish muddati 2022-yil 30-aprelga qadar uzaytirildi:

🔸O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;

🔸o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

📝“Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-752-son, 09.02.2022)

❗️Ilgari imtiyoz muddati 2021-yil 31-dekabrgacha belgilangan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Go‘sht, kartoshka, muzlatilgan baliq realizatsiyasi bo‘yicha ham QQS imtiyozlari uzaytirildi

📌Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, quyidagilarni QQSdan ozod qilish muddati 2022-yil 30-aprelga qadar uzaytirildi:

❇️go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlar, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish.

📝Asos: “Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-752-son, 09.02.2022).

❗️Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 483-moddasiga ko‘ra, yuqoridagi mahsulotlarga 2021-yil 10-oktabrdan 31-dekabrga qadar vaqtinchalik QQS imtiyozlari berilgan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_hisoboti

Yanvar oyi soliq hisobotida realizatsiya summasini tuzatish imkoniyati berildi

QQS va AOS hisobotlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn-NKM orqali naqd pulda va terminalda savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum summasi soliq solish bazasi sifatida avtomat shakllanadi.

Shuningdek, 2022yil 1-yanvardan:

▫️vositachi shartnomasi (komitent STIRini ko‘rsatgan holda);
▫️bo‘lib to‘lash (kredit);
▫️bo‘nak (avans) to‘lovi
asosida sotilgan tovarlar (xizmatlar) onlayn-NKM va virtual kassa cheklari asosida soliq hisobotlarida avtomatik aks ettirish imkoniyati yaratilgan.

Avvalroq, bunday cheklarni rasmiylashtirish bo‘yicha qo‘llanma e’lon qilingan edi. 2021-yilning dekabr oyida esa soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlariga onlayn nazorat-kassa texnikasi dasturini yangilash uchun TXKMga murojaat qilish lozimligi to‘g‘risida xabarnomalar yuborilgan edi.

Biroq, barcha soliq to'lovchilar ham yangi imkoniyatlardan foydalanmayapti. Shu bois joriy yilning yanvar oyida ayrim soliq to‘lovchilarning QQS va AOS hisobotlari noto‘g‘ri shakllangan.

Soliq to‘lovchilarga amaliy yordam berish maqsadida vositachi shartnomasi (komitent STIRini ko‘rsatgan holda), bo‘lib to‘lash (kredit) yoki bo‘nak (avans) to‘lovi asosida tovarlarni realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining yanvar oyi uchun savdo va xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum summasi QQS va AOS hisobotlarida avtomatik aks ettirilmaydi.

Bunda ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan onlayn-NKM orqali savdo va xizmat ko‘rsatishdan olingan soliq solinadigan daromad bo‘yicha bir tomonlama hamda komitentga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun standart (ikki tomonlama) EHFlar rasmiylashtirish lozim bo‘ladi.

Eslatma❗️Vositachi shartnomasi (komitent STIRini ko‘rsatgan holda), bo‘lib to‘lash (kredit) yoki bo‘nak (avans) to‘lovi asosida tovarlar relizatsiyasidan (xizmat ko'rsatishdan) olingan daromadlar summasini soliq hisobotida to'g'ri aks ettirish uchun onlayn-NKMga tegishli dasturiy mahsulotning yangilangan versiyasini o‘rnatish yuzasidan TXKMga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

Farg‘onada 2,7 mln. donadan ortiq QR kodli cheklar ro’yxatdan o‘tkazildi

Onlayn nazorat-texnikalari cheklarining QR-kodini Soliq mobil ilovasida (Android, iOS) ro‘yxatdan o‘tkazib xarid summasidan 1% keshbek olish amaliyotga joriy etilganidan buyon Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 baravarga oshdi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, joriy yil 9-fevral holatiga ko‘ra, umumiy summasi 626,8 mlrd. so‘m bo‘lgan 2,7 mln. donadan ortiq QR kodli cheklar ro’yxatdan o‘tkazilgan.

❗️Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

2022-yil 1-yanvardan
qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan murojaat qilishning majburiy talabi bekor qilindi (24.08.2021 PQ-5231-son).

Shunga asosan, Adliya vazirligida 2020-yil 24-fevralda 3221-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Davlat soliq qo‘mitasi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotiga qo‘shimcha (o‘zgartirish) kiritildi.

Mazkur o‘zgarishga asosan QQS salbiy farq summasini qaytarish uchun soliq to‘lovchi tomonidan alohida ariza taqdim qilish shart emas.

Endilikda soliq to‘lovchi qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qaytarib olish uchun QQS hisobotini taqdim qilish jarayonida mazkur summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qiladi.

Mazkur xabarga ko‘ra soliq organlariga kelib tushgan murojaatlar Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020-yildagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hamkor

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bering va eng kamida 500 ming so‘mga ega bo'ling!

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining (Android, iOS) Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing❗️

P.S. Murojaatchining shaxsi sir saqlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi👉

🗓2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar

❇️bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (ayni paytda 135 ming so'm) miqdorida qo‘llaniladi.

Izoh: ushbu imtiyoz Farg'ona viloyatidagi shaharlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 15-fevral

hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq hisoboti taqdim etish va soliq to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 1- va 8-qismlari);

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan mol-mulk solig‘i to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 10-qismi);

aylanmadan olinadigan soliq soliq davri yakunlari bo‘yicha hamda yanvar oyi uchun hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi);

xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish (vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar va davlat mulkini boshqaruvchi boshqa organlar bundan mustasno).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #soliq_hisobotlari

📹Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi #soliq_imtiyozi

Onlayn nazorat-kassa texnikalarini sotib olishga soliq imtiyozlari berilgan

🗓2023-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga onlayn nazorat-kassa mashinasi hamda virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan

foyda solig‘i;
aylanmadan olinadigan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilgan.

Asos:
PQ-5252

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

«E-aktiv» dasturiy mahsulotidan foydalanmaganlik (tajriba tovarlari toifasiga kiritilgan tovarlar bundan mustasno) hamda haqiqatda yetkazib berilgan tovarga (xizmatga) mos kelmaydigan mahsulot va xizmat indentifikatsiya kodlarini ko‘rsatganligi uchun soliq to‘lovchilarga nisbatan javobgarlik choralari 2022-yil 1-sentabrga qadar qo‘llanilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qo‘shtepalik tadbirkorlar bilan ochiq suhbatlar tashkil etilmoqda

Qo‘shtepa tumanida davlat soliq idoralari xodimlari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga yaqindan ko‘mak berish jarayonida soliq qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar borasida targ‘ibot tadbirlari ham olib borilmoqda. Xususan, korxona, tashkilot rahbarlari va bosh hisobchilari bilan uchrashib, E-ijara, E-aktiv va E-imtiyoz platformalari haqida zarur axborotlar yetkazilmoqda.

Ta’kidlash joiz, joriy yilda 267 ta tadbirkorlik subyektini qiynayotgan muammolar o‘rganildi va zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Binobarin, ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer olishda muammolarga duch kelgan tadbirkorga tuman hududidagi sanoat zonasidan yer ajratilishi, elektr energiyasi, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulanishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Natijada, ayni paytda "Gold Progress" MChJ un maxsulotlari ishlab chiqarish va qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Telegram I Facebook I