#keshbek #soliq_hamkor
Xarid chekini skanerlang va keshbekka ega bo'ling - targ'ibot ishlari Marg'ilonda
💵Ma'lumki, joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (cashback) qaytarish tizimi joriy etildi.
🔊Ushbu yangilikni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Marg'ilon shahridagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek, chek berilmagan hollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.
❗️Eslatib o'tamiz, yo‘llangan murojaat soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida murojaatchiga taqdim etiladi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Farg‘ona tumani 4-sektor hududidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektr yuritmali kreslo-aravachalar yetkazib berildi
Prezidentimizning tegishli qarori ijrosi yuzasidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan olingan elektr yuritmali kreslo-aravachalar ayni paytda viloyatimizning barcha hududlarida tarqatilmoqda.
Bunday savobli ishlar Farg‘ona tumanida ham davom ettirildi. Chekshura va Farg‘ona mahallalarida istiqomat qiluvchi S.Ashuralieva va O.Ohunovga 4-sektor vakillari ishtirokida elektr pultli maxsus kreslo-aravachalar yetkazib berildi.
Kutilmagan sovg‘adan boshi ko‘kka yetgan fuqarolar ko‘zlari quvonchga to‘lib, mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi hamdardlik bildiradi
Bevaqt o’lim Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Muzaffar Xolmirzayevni oramizdan olib ketdi.
Joriy yil 4-fevral kuni u o’zining Lacetti rusumli avtomashinasida baxtsiz hodisaga uchradi.
Voqea haqida xabar topgach, darhol boshqarma rahbariyati va bo’limdagi xodimlar dastlab voqea joyiga, undan so’ng esa Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Farg’ona filialiga yetib bordilar hamda baxtsiz hodisaga uchragan xodimning yonida bo’lib, imkon qadar yordam ko’rsatdilar. Afsuski, tibbiyot xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko’rilgan choralarga qaramay ushbu xodim vafot etdi.
Boshqarma rahbariyati va xodimlari marhumning xonadonida bo’lib, uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdilar. Shuningdek, oila holidan xabar olib turilishini va yordamga hamisha tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Albatta, soliq tizimida har bir xodimning o’z o’rni, hurmati bor. M.Xolmirzayev ham boshqarmadagi yosh xodimlardan biri bo’lib, bilimi, odob-ahloqi, mehnatkashligi bilan ajralib turar, davlat soliq xizmati uchun kerakli kadrlardan edi.
Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiramiz!
P.S. Shu o’rinda bunday baxtsiz hodisalar har kimning boshiga tushishi mumkinligi hamda ushbu mazmundagi xabarlarni ortiqcha narsalar bilan bog’lamaslikni ijtimoiy tarmoq vakillaridan so’raymiz.
Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi

#soliq_hamkor
Soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi
Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.
🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.
Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing❗️

Xalq deputatlari hududiy Kengashlari mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffitsientlarni kengroq qo‘llashlari mumkin
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qo‘shma axborotiga asosan yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
a) soliq to‘lovchi tomonidan 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasini aniqlash uchun qabul qilinadi.
Bunda, soliq to‘lovchilariga yagona mol-mulk majmuining bir qismi hisoblangan alohida (mustaqil) turuvchi bino yoki inshootlarni baholash huquqi berilgan;
Soliq kodeksiga asosan soliq to‘lovchilariga agar ob’ektning 1 kv.m qiymati belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchiga ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini baholashni o‘tkazish uchun mustaqil baholovchilarni jalb etish huquqi berilgan. Bunday hollarda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.
b) suv haydash minoralari, rezervuarlar, soyabonlar, beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar) hamda boshqa shunga o‘xshash obyektlar bo‘yicha soliq bazasini 2021-yildagi tartibga o‘xshash aniqlash tartibi saqlab qolinadi.
📌Soliq kodeksiga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab mol-mulk solig‘i hisoblanishi 1 kv.m uchun mutlaq qiymatda belgilangan eng kam qiymatni (soliq solinadigan baza sifatida) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hududiy moliya va soliq organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga kamaytiruvchi koeffitsientlarni yanada kengroq qo‘llash yuzasidan takliflar kiritishi mumkin.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#navoiy_faxrim
9-fevral – G‘azal mulkining sultoni tavallud topgan kun
Buyuk shoir va mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Navoiyni har kim har kuni o‘qishi kerak” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
A.Navoiyning bebaho merosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyat uchun bamisoli obihayot manbai, barhayot ma'naviy sarchashmalardan biri hisoblanadi. Shoir asarlaridagi umuminsoniy va barhayot g'oyalar ushbu badiiy ijod namunalarini talqin va tadqiq etish barcha zamonlar uchun dolzarbligini ko'rsatadi.
***
Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin ayog‘ing yaxshi.
A.Navoiy