Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.92K subscribers
5.45K photos
603 videos
45 files
2.74K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#vakansiya #fergana #soliq

Фарғона вилояти солиқ идораларидаги вакант лавозимлар учун очиқ мустақил танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Фарғона вилоят филиали Давлат солиқ бошқармаси билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔸Қувасой шаҳар давлат солиқ инспекцияси:
— Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими бошлиғи.

🔸Бешариқ тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш шўъбаси бошлиғи;

— Бухгалтерия бўлими бош ҳисобчиси.

🔸Бағдод тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Ҳисобни юритиш ва бюджет даромадларини прогнозлаштириш бўлими бошлиғи;

— Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи.

🔸Ёзёвон тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Ёзёвон тумани давлат солиқ инспекцияси бошлиғи ўринбосари.

🔸Қува тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Қува тумани давлат солиқ инспекцияси бошлиғи ўринбосари;

— Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи.

🔸Олтиариқ тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Камерал солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи.

🔸Қўштепа тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими бошлиғи.

🔸Риштон тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш шўъбаси бошлиғи.

🔸Сўх тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Камерал солиқ текширувлари шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Ташкилий ишларни назорат қилиш ва мурожаатлар билан ишлаш бўлими давлат солиқ бош инспектори.

🔸Тошлоқ тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Тошлоқ тумани давлат солиқ инспекцияси бошлиғи ўринбосари;

— Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи.

🔸Ўзбекистон тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

— Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш шўъбаси бошлиғи;

🔸Учкўприк тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

🔸Фурқат тумани давлат солиқ инспекцияси:
— Фурқат тумани давлат солиқ инспекцияси бошлиғининг биринчи ўринбосари;

— Солиқ назорати бўлими бошлиғи;

— Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Камерал солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи.

▶️
Танловда иштирок этиш истагида бўлган номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ порталидан рўйхатдан ўтишлари, мавжуд вакант лавозимларни танлаб, сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 3 февралдан 7 февралгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek #soliq_hamkor

Xarid chekini skanerlang va keshbekka ega bo'ling - targ'ibot ishlari Marg'ilonda

💵Ma
'lumki, joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (cashback) qaytarish tizimi joriy etildi.

🔊Ushbu yangilikni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Marg'ilon shahridagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek, chek berilmagan hollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.

❗️Eslatib o'tamiz, yo‘llangan murojaat soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida murojaatchiga taqdim etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona tumani 4-sektor hududidagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektr yuritmali kreslo-aravachalar yetkazib berildi

Prezidentimizning tegishli qarori ijrosi yuzasidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish uchun Prezidentimiz tashabbusi bilan olingan elektr yuritmali kreslo-aravachalar ayni paytda viloyatimizning barcha hududlarida tarqatilmoqda.

Bunday savobli ishlar Farg‘ona tumanida ham davom ettirildi. Chekshura va Farg‘ona mahallalarida istiqomat qiluvchi S.Ashuralieva va O.Ohunovga 4-sektor vakillari ishtirokida elektr pultli maxsus kreslo-aravachalar yetkazib berildi.

Kutilmagan sovg‘adan boshi ko‘kka yetgan fuqarolar ko‘zlari quvonchga to‘lib, mutasaddilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi hamdardlik bildiradi

Bevaqt o’lim Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Muzaffar Xolmirzayevni oramizdan olib ketdi.

Joriy yil 4-fevral kuni u o’zining Lacetti rusumli avtomashinasida baxtsiz hodisaga uchradi.

Voqea haqida xabar topgach, darhol boshqarma rahbariyati va bo’limdagi xodimlar dastlab voqea joyiga, undan so’ng esa Respublika shoshilinch tibbiyot ilmiy markazi Farg’ona filialiga yetib bordilar hamda baxtsiz hodisaga uchragan xodimning yonida bo’lib, imkon qadar yordam ko’rsatdilar. Afsuski, tibbiyot xodimlari tomonidan tezkorlik bilan ko’rilgan choralarga qaramay ushbu xodim vafot etdi.

Boshqarma rahbariyati va xodimlari marhumning xonadonida bo’lib, uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdilar. Shuningdek, oila holidan xabar olib turilishini va yordamga hamisha tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Albatta, soliq tizimida har bir xodimning o’z o’rni, hurmati bor. M.Xolmirzayev ham boshqarmadagi yosh xodimlardan biri bo’lib, bilimi, odob-ahloqi, mehnatkashligi bilan ajralib turar, davlat soliq xizmati uchun kerakli kadrlardan edi.

Marhumning oila a’zolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiramiz!

P.S. Shu o’rinda bunday baxtsiz hodisalar har kimning boshiga tushishi mumkinligi hamda ushbu mazmundagi xabarlarni ortiqcha narsalar bilan bog’lamaslikni ijtimoiy tarmoq vakillaridan so’raymiz.

Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_hamkor

Soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashgan iste'molchilar mukofotlanadi

Agar siz:
👉сhek bermaslik;
👉bank kartasi orqali to‘lovni qabul qilishni rad etish;
👉bank kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mahsulotni qimmat sotish;
👉noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
👉markirovkalanishi kerak bo‘lgan mahsulotni markirovkasiz sotish va shu kabi soliq huquqbuzarliklariga duch kelsangiz darhol Soliq mobil ilovasining Soliq hamkor bo‘limi orqali murojaat qoldiring.

🔎Yo‘llagan murojaatingiz soliq organlari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda huquqbuzardan undirilgan jarimaning 20 foizi mukofot sifatida sizga taqdim etiladi.

Hurmatli iste‘molchilar, huquqbuzarlikka qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga, halol tadbirkorlik va yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing❗️

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt