Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi majlislar zalida viloyat Ma’muriy sudi vakillari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi

Unda Fargona viloyat sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov Hay’ati sudyasi I.Matmusaev ishtirok etdi.

Tadbirda davlat soliq xizmati organlarining 2020-2021 yillardagi qarorlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha davlat soliq nazoratini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xizmatlar sohasiga qator soliq imtiyozlari berildi

“Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

❇️Qarorga binoan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilandi:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agroko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

Bu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

❗️Ro‘yxatdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

❇️Tadbirkorlik subyektlariga 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar mehmonxona (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari) bo‘yicha:

🔹yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytirildi. Bunda 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan obyektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qo‘llanadi;

🔹foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqi berildi.

❇️2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar Qarorning 1-ilovasida keltirilgan tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun:

🔹aylanmadan olinadigan soliq stavkasi – 1 foiz;

🔹ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari miqdorlari – mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilandi.

❇️2022-yil 1-yanvardan uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz etib o‘rnatildi.

❇️2022-yil 1-apreldan qishloq joylarda antenna-machta metall konstruksiyalarini, ularga o‘rnatilgan va ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar hamda ular egallagan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni 💬@dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti orqali yuborish mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2022-yil 31-yanvar

🔹bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni (PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

🔹aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021);

🔹aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(PQ-73-son 15-band, 30.12.2021).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida joriy yil 1-fevraldan boshlab hafta davomida 22:00 dan 00:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida texnik ishlar amalga oshiriladi.

🛠Texnik ishlar davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__________
Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях дальнейшего повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам в течение недели начиная с 1 февраля текущего года с 22:00 до 00:00 часов в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут проводиться технические работы.

🛠В связи с этим возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek #soliq_hamkor

Qo‘qon shahrida ham keshbek va Soliq hamkor tizimidan qanday foydalanish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

📌Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (cashback) qaytarish tizimi joriy etildi.

🔊Ushbu yangilikni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Qo‘qon shahridagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek, chek berilmagan hollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#uchrashuv

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati farg‘onalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Seminarda tadbirkorlar tomonidan kelib tushgan takliflar, hududlarda o‘tkazilgan uchrashuvlar munosabati bilan soliq ma’muriyatchiligiga oid dasturiy mahsulotlarni yanada takomillashtirishga doir joriy etilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berildi.

Xususan, “E-aktiv” dasturidan foydalanish 2022-yilda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, dasturdan foydalanmaganlik uchun javobgarlik choralari 2022-yil 1-sentabrga qadar qo‘llanilmasligi tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyat ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, QQS to‘lovchilarning tahlika-tahlil avtomatlashtirilgan tizimi bo‘yicha soliq xavfini aniqlashdagi ayrim me’zonlar qo‘llanilishi 2023-yil 1-yanvarga qadar to‘xtatib turilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, mol-mulk solig‘i bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar ko‘chmas mol-mulkini o‘z vaqtida qayta baholatib kelayotgan tadbirkorlarga teng raqobat sharoitlari yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Erkin va ochiq muloqotlarda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha taklif va tashabbuslar ham muhokama qilindi. O‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan aniq ko‘rsatma va amaliy yechimlar berildi.

Tadbir yakunida sohadagi yangiliklar va tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar yuzma-yuz muloqotlarda DSQ rahbariyati ishtirokida muhokama etilishi soliq xizmati organlari tadbirkorlarning yaqin hamkori va maslahatchisiga aylanib borayotganining yorqin isboti ekanligi e’tirof etildi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt