Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.77K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#QQS #savol_javob

Rahbarning boshqa tadbirkorlik subyektidagi faoliyati korxona soliq xavfi yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilishiga sabab bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 595-son qaroriga ko‘ra, “Mening holatimni tekshirish” tizimi uchun korxona rahbari va taʼsischilarining ish faoliyati muhim hisoblanadi.

❗️Agar rahbar yoki taʼsischilar ushbu korxona yoki boshqa subyektlardagi faoliyati doirasida soliqlarni to‘lash bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u holda korxona soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchi sifatida baholanadi va bu QQS guvohnomasining berilmasligiga yoki mavjud guvohnomani vaqtincha to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.

Xavfni tahlil qilish tizimi korxona rahbarining (taʼsischisining) ish faoliyatini quyidagi mezonlarda aks ettirilgan uchta holatda baholaydi:

1️⃣ Murojaat etuvchi soliq to‘lovchining rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa soliq to‘lovchida (yuridik shaxsda) rahbar bo‘lib, ushbu soliq to‘lovchida soliq qarzi mavjudligi yoxud soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi;

2️⃣ Muqaddam bankrot deb eʼlon qilingan tashkilotda rahbar yoki taʼsischi (ishtirokchi) bo‘lgan va muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki taʼsischi (ishtirokchi) sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki taʼsischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganligi;

3️⃣ Yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki taʼsischi (ishtirokchi) shaxs tomonidan rahbarlik yoki taʼsischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganligi.

Quyidagilar bajarilganda, holat ijobiy tomonga o‘zgaradi:

❇️Ko‘rsatilgan mezonlarni inobatga olgan holda, rahbar nomzodi va taʼsischilar tarkibi qayta ko‘rib chiqilganda. Bunda yangi rahbar o‘z vaqtida soliq hisobotlarining topshirilishi va soliqlar to‘lanishini taʼminlashi kerak;

❇️ Amaldagi rahbar va taʼsischilar o‘zlari rahbar yoki taʼsischi sifatida aloqador bo‘lgan boshqa tashkilotlarda ham hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish va soliqlarni to‘lash masalalarini tartibga solishlari, xususan, mavjud soliq qarzlarini to‘lashlari kerak;

❇️ Amaldagi rahbar va taʼsischilar o‘zlari rahbar yoki taʼsischi sifatida ishtirok etayotgan barcha korxonalarni soliq xavfi yuqori korxonalar ro‘yxatida bo‘lmasliklarini taʼminlash choralarini ko‘rishlari kerak.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊Iste'molchilar xarid cheki orqali qo'shimcha mablag'ga ega bo'lishmoqda. Sizchi

🤔Qanday deysizmi? Shunchaki olingan tovar (xizmat)lar uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi cheklari QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazing va xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘ling.

💳Mablag‘ bank kartangizga oy yakuni bilan qaytariladi.

#keshbek

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mol_mulk_soligi

Mol-mulkning bozor bahosidan kelib chiqib soliq hisoblash tizimi
ko‘chmas mol-mulkini o‘z vaqtida qayta baholatib kelayotgan tadbirkorlarga teng raqobat sharoitlari yaratishga xizmat qiladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga pasaytirilib, ko‘chmas mulk ob’ektining 1 kv.metr uchun mutlaq qiymatda minimal miqdorlar belgilandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Олмаота уларда яхши таассурот қолдирди – ўзининг тарихий жозибасини сақлаб қолган тоза, ям-яшил шаҳар – бу, айниқса, Олмаота марказида сезиларди.

Биз, тошкентликларда катта таассурот уйғотган яна бир жиҳат – автомобилни эҳтиёткорона бошқариш, ҳайдовчиларнинг бир-бирига ва пиёдаларга ҳурмати бўлди. Нима учун Ўзбекистондаги йўл ҳаракати билан бу қадар олис фарқ тўғрисида сўраганимизда жарималар “чақадиган” қилиб белгилаб қўйилган деган жавоб олдик, жарималар ошганидан сўнг ҳайдовчилар ҳам ўз ҳайдаш услубини юмшатган.

https://telegra.ph/339425-01-21
#QQS #savol_javob

QQS to‘lovchining maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish jarayonida soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga kimlar kiritiladi?

📌“Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq to‘lovchilar kiradi:

❇️rahbarning, shuningdek rahbarlik yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning shaxsi aniqlanmagan, yoxud arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida tasdiqlanmaganda;

❇️ta’sischi (ishtirokchisi) to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmaganda;

❇️soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganda;

❇️o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulki bo‘lmaganda;

❇️soliq to‘lovchining manzili manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bazasida mavjud bo‘lmaganda;

❇️soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelganda;

❇️amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) soliq to‘lovchining faoliyat turi va xususiyatlariga, shuningdek, hisobvaraq-fakturalar tahlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lganda;

❇️soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;

❇️ariza taqdim etilgan paytda soliq to‘lovchining soliq qarzi mavjud bo‘lganda, shuningdek, ta’sischilarining (ishtirokchilari) ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan — yuridik shaxslarning soliq qarzi mavjud bo‘lganda. Bunda, istisno tariqasida, belgilangan hollarda Davlat soliq qo‘mitasining xulosasi mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno;

❇️soliq to‘lovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchi qo‘shilganda (birlashganda);

❇️murojaat etuvchi soliq to‘lovchining rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa soliq to‘lovchida (yuridik shaxsda) rahbar bo‘lib, ushbu soliq to‘lovchida soliq qarzi mavjud bo‘lganda yoxud soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;

❇️muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan va muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi (ishtirokchi) ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan hollardagina inobatga olinadi.

❇️yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi (ishtirokchi) ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan hollardagina inobatga olinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-taraqqiyotga tahdid” mavzusida Zoom platformasi orqali o‘quv seminar tashkil etildi.

Mashg‘ulotda davlat soliq xizmati organlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiya va boshqa salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijadorligi haqida axborot berildi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etib, ayni damda korrupsiya zamonaviy dunyoning taraqqiyoti yo‘lida katta g‘ov bo‘lib turganligi hamda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish maqsadida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berdi.

Yig‘ilish yakunida soliq tizimidagi har bir xodim zimmasidagi vazifalarni qonuniy bajarishlari, nafs yo‘lida noqonuniy ishlarga qo‘l urmasliklari yuzasidan eslatib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#e_ijara #QQS

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini E-ijara dasturi orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadimi?

2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida faqat elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilandi.

❗️Shartnomalarini ushbu dastur orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadi va QQS guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

🖥 DSQ tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturi orqali amalga oshirilmoqda.

🗓Dastur orqali soliq to‘lovchilar 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran tuzilgan shartnomalarni hisobga qo‘yishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#EHF #MXIK

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlarni bir marotaba kiritish orqali EHFlardagi ma’lumotlarni avtomat shakllantirish maqsadida 2022-yil 24-yanvardan quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravishda MXIK kodlarini aks ettirish imkoniyati qo‘shildi:

🔸ishonchnoma;
🔸tovar-transport yukxati;
🔸dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida).

Ishonchnoma rasmiylashtirishda MXIKlardan foydalanish ixtiyoriy.

Agar EHFni avtomatik ravishda yaratish zarur bo‘lsa,
ishonchnomada MXIK ko‘rsatilаdi.

MXIK bilan ishonchnoma shakllantirilgandan so‘ng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
“Qabul qilinganlar” bo‘limidan ➡️“Ishonchnomalar”ga kiriladi, ➡️“Sizning imzongizni kutmoqda” bo‘limi tanlanadi va u yerda ➡️“Qabul qilish va EHF yaratish” tugmasi bosiladi.

Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchilar avtomatik tarzda EHF shalklantirish uchun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK ko‘rsatishi shart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan shakllantirilgan bo‘lsa, EHF yaratishda tovar-transport yukxati ID-kodi ko‘rsatilishi kerak.

Boshqa hollarda tovar-transport yukxatini shakllantirishda MXIK ko‘rsatilishi shart emas.

Dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida) shakllantirishda
ham MXIKdan foydalanish ixtiyoriy.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram