Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#narx_navo

Bozorlarda narx-navo qanday?

📍Farg‘ona viloyatida davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar va savdo komplekslarida narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadida yarmarkalar tashkil etilib aholi uchun mahsulotlarni "birinchi qo‘l"dan xarid qilish imkoniyati yaratilyapti.

📣Xaridorlarning bozorlarda yaratilgan sharoitlar va narx-navo haqidagi fikrlari "Tafsilot" dasturida jamlangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onada o‘zini o‘zi band qilganlar soni 120 ming nafardan oshdi

Xabaringiz bor, 2020-yil 1-iyuldan boshlab o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashni xohlovchilar uchun ish staji hisoblanishi mumkin bo‘lgan, qonuniy bandlikning yangi maqomi – “o‘zini o‘zi band qilgan shaxs” tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, 68 xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ta boshladilar. Batafsil

Bunday shaxslar yiliga bir marta ijtimoiy soliq to‘laydi va, eng muhimi, daromad solig‘idan ozod etilgan.

Joriy yil 21-oktabr holatiga Farg‘ona viloyatida o‘zini o‘zi band qilganlar soni 120 714 nafarga yetdi. Yetakchi hududlar👉

O‘zbekiston t. – 9 374;
Quva t. – 8 917;
Farg‘ona sh. – 8 137.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlarning eng ko‘pi maishiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi (Sartaroshlik, manikyur, kosmetolog, pedikyur, uyda kir yuvish va dazmollash, kalitlar tayyorlash, poyabzal ta’mirlash va bo‘yash)ga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram I Facebook I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон президенти сайловидаги ғалабаси Фарғонада ҳам катта хурсандчилик билан қарши олинди

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari QQSdan ozod qilindi


📝O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi Qonunni (O‘RQ-725-son, 25.10.2021) imzoladi.

Hujjat bilan Soliq kodeksining 483-moddasi – “Vaqtinchalik soliq imtiyozlari” quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirildi.

2021-yil 10-oktabrdan 31-dekabrgacha
:

▫️go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlar, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
▫️ushbu mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

Ushbu Qonun rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
#yutuqli_oyinlar
#10tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi g‘oliblari Navoiyda aniqlanadi!

Yutuqli chek o‘yinlarinng navbatdagi 10-tiraji 28-oktabr kuni Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinni soat 18:00da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirda tomosha qiling.

Diqqat ❗️10-tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 27-oktabr kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

28-oktabr 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar 11-tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

🎁 25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – 🚘 Chevrolet Spark avtomobili yutib olish imkoniyatiga ega boling.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF

Elektron hisobvaraq-faktura: yangi tizim – yangi imkoniyatlar

Elektron hisobvaraq-faktura (EHF) tizimi yashirin iqtisodiyotning oldini olishda eng faol tizimlardan biriga aylanib ulgurdi. Mazkur tizim realizatsiya qilinayotgan tovarlar real hajmini to‘laqonli nazorat qilish, iqtisodiy jarayonlarni onlayn kuzatish, tahlil qilishga zamin yaratmoqda.

Tizim, o‘z navbatida, buxgalteriya hisobining birlamchi hujjatlari va soliq hisobotlarini tayyorlash jarayonini ham soddalashtirib tadbirkorlik subyektlari uchun qulay imkoniyatlar taqdim etmoqda.

🖥Davlat soliq xizmati organlari yaqinda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF)larning yangilangan tizimini test rejimida ishga tushirdi.

✔️Barcha tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy ravishda “facturatest2.yt.uz/faktura/uz/tools” elektron manzilida ushbu yangi tizim sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Elektron hisobvaraq-fakturalarning yangi tizimiga 4 ta asosiy o‘zgarish kiritildi.

🔵 Asosiy oynada korxona holati – aylanmadan olinadigan soliq (AOS) yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi ekanligi aks ettiriladi.
Bunda QQS guvohnomasi faol yoki nofaolligi, shuningdek bekor qilinganligi ko‘rsatiladi. Kontragentlar holati haqidagi xuddi shu kabi maʼlumotlar ham ko‘rinib turadi.

🔵 Bosh sahifada quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) QQSsiz realizatsiya qilinadigan tovarlar;
2) “0 stavka”da realizatsiya qilinadigan tovar va xizmatlar;
3) imtiyoz bilan sotish huquqiga ega korxonalar;
4) “0 stavka”da xarid qilish huquqiga ega korxonalar.

🔵 Tovar uchun identifikatsiya kod (MXIK) tanlanganda bozorning barcha ishtirokchilari uchun mahsulot nomi bir xil bo‘lishi taʼminlanadi. Yaʼni tovar nomi o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, MXIKka mos o‘lchov birligini massiv sifatida tanlash imkoni ham yaratildi. Yaʼni tovar hajmini, masalan, og‘irligini gramm, kilogramm yoki tonnada aniq ko‘rsatish mumkin.

🔵 EHF rasmiylashtirishda soliq stavkasi va imtiyozlari tegishli ustunlarda (satr) avtomatik ravishda paydo bo‘ladi.

🌐Yangi tizim sinov jarayonlarida ishtirok etuvchi subyektlar taklif va mulohozalarini Factura test telegram guruhiga yuborishi mumkin.

❗️Bildirilgan takliflar asosida tizim qo‘shimcha funksiyalar bilan boyitiladi. Bu esa tizimni yanada mukammaltirishga va tadbirkorlik subyektlari duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
⚡️Вилоятимизда замонавий банк хизматларидан фойдаланиш жараёнида турли саволларга дуч келдингизми? Банк амалиётларига тушунишингиз қийин бўлмоқдами?

❗️Ёки кредит олиш, омонат очиш,пластик картага эга бўлиш, пул ўтказиш, қабул қилиш, хорижий валюта сотиб олиш ва сотиш каби банк амалиётларида муаммолар борми?

‼️Балки Сизга соҳага доир энг сўнги янгиликлардан биринчи бўлиб хабардор бўлиш, банк ахборотлари билан доимий танишиб бориш маъқулдир.

🗝 Бу борада Сизнинг яқин ёрдамчингиз бор: FARG'ONA MARKAZIY BANKI телеграм канали!

🤝 Ҳозироқ каналга обуна бўлинг ва вилоятдаги барча банкларни ёнингизда ҳис этинг!
............................................
© Каналга аъзо бўлинг.
#yutuqli_oyinlar
#10tiraj

Navbatdagi Spark yakkabog‘lik isteʼmolchiga nasib etdi

🧾Yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi 10-tiraji 28-oktabr kuni sahro bag‘ridagi javohir – Navoiy shahrida o‘tkazildi.

💥🚘 Spark avtomashinasini 10 ming so‘mlik xarid cheki evaziga Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchi qo‘lga kiritdi.

📌
Hurmatli isteʼmolchilar, siz ham yutuqli o‘yinda ishtirok eting – Spark avtomobili va boshqa qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
__________
#призовые_игры

Суперприз Spark – выиграл потребитель из Яккабага

Очередной 10-й тираж призовых чековых игр состоялся 28 октября в Навои.

💥🚘Автомобиль Spark выиграл житель Яккабагского района Кашкадарьинской области, совершив покупку стоимостью всего 10 тысяч сумов.

📌Уважаемые потребители! Участвуйте в чековых играх – ценные призы и автомобиль Spark ждут Вас!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SOLIQ_TAQVIMI_NOYABR_2021.pdf
271.9 KB
#soliq_taqvimi

Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2021-yil noyabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на ноябрь 2021 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#QQS

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlari nimalarni bilishi kerak?

Soliq to’lovchilar QQS to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatdan o’tgandan so’ng quyidagi amallarni bajarishlari maqsadga muvofiq:

▶️ my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetdagi “QQS to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatdan o’tish” modulidan QQS guvohnomasining pdf formatdagi nusxasi shakllanganligini tekshirish;

▶️ QQS to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tish uchun taqdim etilgan arizadagi QQS to’lashga o’tish sanasi bilan guvohnomadagi QQSga o’tish sanasining bir xilligini tekshirish;

▶️ my.soliq.uz saytining “QQS to’lovchilarni aniqlash” interaktiv xizmatida STIR orqali tekshirish yo’li bilan QQS to’lovchilar reestriga kiritilganligini tekshirish;

▶️ QQS hisobotlarini hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etib, to’lovlarni amalga oshirish;

▶️ shaxsiy kabinetdagi “Mening holatimni tekshirish” oynasi orqali muntazam ravishda xavflilik darajasini tekshirib borish.

❗️Ushbu eslatmadagi amallarni bajarish orqali yangi ro’yxatdan o’tgan qo‘shilgan qiymat solig‘i to’lovchilar faoliyati davomida vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini oladilar. (VM-595-son, 22.09.2021-y.)

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Президент ҳузурида 2022 йил учун солиқ тушумлари ҳамда бюджет параметрлари юзасидан йиғилиш ўтказилди.
Давлат раҳбари мамлакатимизда инсон қадрини улуғлаш, одамлар ҳаётини яхшилаш бош мақсад этиб белгилангани, бу тамойиллар бюджетни шакллантиришда ҳам бош мезон бўлиши зарурлигини таъкидлади.
Бюджет лойиҳасининг асосий параметрлари кўриб чиқилди. Уни маҳаллий кенгашлар, тадбиркорлар ва аҳоли билан муҳокама қилиш лозимлиги айтилди.

Президент провел совещание по налоговым поступлениям и параметрам бюджета на 2022 год.
Глава государства подчеркнул, что возвышение человеческого достоинства и улучшение жизни людей определены главной целью в нашей стране, именно эти принципы должны быть основным критерием при формировании бюджета.
Рассмотрены основные параметры проекта государственного бюджета. Указано на необходимость обсуждения проекта с местными кенгашами, предпринимателями и населением.

#Mirziyoyev #yigilish #byudjet #asosiyparametrlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter