Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#imtiyoz #soliq #kontrakt

🧑🏻‍🎓 Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod etiladi

🔵 O‘zbekiston soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (👨‍👩‍👧‍👦 o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

☝️Soliq organiga 👩🏻‍💻📄deklaratsiya topshirish orqali kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

📄 👩🏻‍💻Ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉 o‘z mablag‘lari;
👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
👉 to‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin (27.05.2010 yil Adliya Vazirligidan 2107-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom).

❗️Bunda, soliq chegirmasi OTMda o‘qish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.

📄 👩🏻‍💻 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

👉 talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
👉oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
👉pasport nusxasi va ta’lim oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

❗️Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish yo‘li bilan hamda soliq to‘lovchining yozma arizasiga binoan to‘lov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.

Aka-uka, opa-singil, amma-xola, amaki-tog‘a, vasiy va boshqalarning ta’limi uchun to‘lovlarda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi❗️

👩‍💻 Eslatib o‘tamiz, jami yillik daromadingiz to‘g‘risidagi deklaratsiyani soliq inspeksiyasiga🚶 shaxsan tashrif buyurish yoki ✉️ pochta orqali buyurtma xatda yuborish yoxud 📧soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Viloyat sektorlari rahbarlari Lolaxon Murodovani yo‘qlab bordi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va sektor rahbarlari O‘zbekiston Qahramoni Lolaxon Murodova rahbarlik qilayotgan Oltiariq tumanidagi "Nurli obod" fermer xo‘jaligida bo‘ldilar.

Tashrif chog‘ida fermer xo‘jaligi dalalaridagi paxta yig‘im-terimi jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. (07.09.2021-y.)

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan:
▪️kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi;
▪️tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

2022-yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati DSBda hisobda turgan soliq to‘lovchilarning QQS, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.

Eksperiment doirasida:
🔸yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i – Kadastr agentligi organlari maʼlumotlari asosida;
🔸QQS, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq – EHF va onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa maʼlumotlar asosida hisoblablanadi va hisoboti shakllantiradi;
🔸soliq hisoboti tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi;
🔸soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotini 5 kun ichida tasdiqlaydi yoki rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va o‘rnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.

2022-yil 1-yanvarga qadar soliq to‘lovchilarga QQS, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish obyekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa obyektlarni EHFda aks ettirish imkoniyati yaratiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#15_oktabr #yer #mol_mulk #soliq #fergana

Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang❗️

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2021-yil 10-sentabr

avgust oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

- alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan “Sog‘lom turmush tarsi” platformasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadigan yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitobi taqdim etishning hamda to‘lashning oxirgi kuni
(V.M. 28.04.2021-yildagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovaning 9-bandi).

sentabr oyi uchun:

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yutuqli_oyinlar

Yutuqli chek o‘yinlari: navbatdagi Spark o‘z sohibiga topshirildi

Joriy yilning 26-avgust kuni Nukus shahrida yutuqli chek o‘yinlarining VIII tiraji o‘tkazilgan edi.

Super yutuq – Spark avtomashinasi atiga 5 ming so‘mlik xarid cheki evaziga Farg‘ona viloyati Rishton tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchiga nasib etgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasida yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi VIII tiraji g‘oliblariga sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
__________
#призовые_игры

Призовые чековые игры: очередной Spark вручен победителю

VIII тираж призовых чековых игр состоялся 26 августа текущего года в Нукусе.

Суперприз – автомобиль Spark выиграл потребитель из Риштанского района Ферганской области, совершив покупку стоимостью в 5 000 сумов.

В Государственном налоговом комитете в торжественной обстановке вручены призы победителям VIII тиража призовых чековых игр 2021 года.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yutuqli_oyinlar

👏👏👏Spark avtomobili muborak bo‘lsin

"5 ming so‘mlik ko‘k choy sotib olgan edim, o‘shani cheki menga omad keltirdi" deydi 8-tiraj qahramoni Rishtonning Oqyer qishlog‘idan kelgan Valijon aka.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliqchi_komakchi

Oltiariqlik usta-sozgarga “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida yordam ko‘rsatildi

Ko‘p yillardan buyon dutor, rubob, doira singari musiqa dastgohlarini yasab keladigan usta-sozgar Rahmonali Nortojievni Oltiariqda tanimagan odam kam topiladi. An’analarimiz davom etsin, hunarim yerda qolmasin deya o‘z xonadonida o‘g‘li va shogirdlariga dastgohlar yasash sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.

Endi esa mohir hunarmand o‘z faoliyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan. Shu bois, Oltiariq tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida unga “Musiqa sadolari” oilaviy korxonasini ochishda huquqiy masalahat berildi hamda ayni paytda soliq hisobotlarini tayyorlab jo‘natishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Qopchug‘ay MFYda joylashgan “Oltiariq baxmali” korxonasiga esa 2021-yil 1-yarmida ishlab chiqarish mahsulotlarini realizatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha QQS summasini qaytarishga ko‘maklashildi va 140 mln. so‘m tadbirkorning hisob-raqamiga o‘tkazib berildi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilning dastlabki 8 oyi davomida Oltiariq tumani DSI tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilishi natijasida 897 ta subyektga yordam zarurligi aniqlandi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 135 ta subyektning 9,9 mlrd. so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi, 695 nafar tadbirkorga soliq hisobotlarini to‘ldirish va topshirishga ko‘maklashildi, 17 ta subyektga esa soliq imtiyozlaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.
#antikorrupsiya

Siz soliq organlarida korrupsiya holatlariga duch keldingizmi? Bu haqda xabar bering!

📲 Soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni

💬@dsq\_anticorrupciya\_bot maxsus telegram boti orqali yuborish mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar kiradi:

🔸 Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari;
🔸 Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi;
🔸 «Yangi texnologiyalar» ilmiy axborot markazi DUK;
🔸 “Soliq-servis” DUK;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut;
🔸 Soliq texnikumlari (Toshkent shahri, Buxoro va Farg‘ona viloyati).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2021-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang❗️

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt