Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.32K photos
587 videos
43 files
2.67K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#yutuqli_oyinlar
#8tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi g‘oliblari Qoraqalpog‘istonda aniqlanadi!

Yutuqli chek o‘yinlarinng navbatdagi VIII tiraji 26-avgust kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinni soat 22:00da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirda tomosha qiling.

Diqqat ❗️VIII tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 25-avgust kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

26-avgust 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar IX tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

🎁 25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – 🚘 Chevrolet Spark avtomobili yutib olish imkoniyatiga ega boling.
_________________________
#призовые_игры

Очередных победителей призовых чековых игр определят в Каракалпакстане

VII тираж чековых игр состоится 26 августа в городе Нукус.

Смотрите прямой эфир розыгрыша в 22:00 на телеканале "O'zbekiston".

Внимание ❗️регистрация чеков для VIII тиража завершается 25 августа (в 23:59:59).

Чеки, зарегистрированные с 00:00 часов 26 августа, принимают участие в IX тираже.

Торопитесь! Сканируйте QR-код чеков в одном из мобильных приложений Soliq, Payme или Click либо отправляйте 12-тизначный фискальный признак чека (ФП/FB) на номер 1077 в форме SMS-сообщения.

🎁У вас есть шанс выиграть 25 ценных призов, в том числе, автомобиль 🚘 Chevrolet Spark.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
⚡️2022-yil 1-yanvardan boshlab QQS salbiy summasini qaytarish uchun ariza bilan murojaat qilish talabi bekor qilinadi

📃Joriy yil 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra,

🔷2021-yil 1-oktyabrdan boshlab:

eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hicobga olish tartibi o‘rnatiladi.

☝️Ushbu imkoniyat oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi.

🔷2022-yil 1-yanvardan boshlab:

qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;

soliq to‘lovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.

🔷2021-yil yakuniga qadar
tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibini ishlab chiqiladi va mazkur tartib tajriba tariqasida 2022-yil 31-dekabrgacha amaliyotga joriy qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. (24.08.2021-yil, PQ-5231-son)

©️
O‘zbekiston24

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq imtiyozlari taqdim etildi

📝Prezidentimizning "Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori imzolandi.

❗️Mazkur hujjatga ko‘ra, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab:

2021-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi;

2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imni hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda:
🔹 aylanmadan olinadigan soliq;
🔹 foyda solig‘i;
🔹 suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
🔹 yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
🔹 yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berildi.
#yutuqli_oyinlar #8_tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi g‘oliblari aniqlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi

Bugun, 26-avgust kuni yutuqli chek o‘yinlarinng navbatdagi VIII tiraji Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin soat 22:00da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirga uzatiladi.

Diqqat❗️ 26-avgust 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar IX tirajda ishtirok etadi.

Jonli efirni o‘tkazib yubormang, 🎁 25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – 🚘 Chevrolet Spark avtomobili aynan sizniki bo‘lishi mumkin.

Quvonchli lahzalarni birga baham ko‘ramiz!

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yutuqli_oyinlar #8_tiraj

Xushxabar, yana bir bor farg‘onalik iste’molchi yutuqli chek o‘yinlarida super yutuq – 🚗Chevrolet Spark avtomobilini qo‘lga kiritdi.

Buvaydalik omadli chek sohibi esa konditsioner sohibiga aylandi.

Yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi VIII tiraji natijalari: g‘oliblar ro‘yxati

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#мукофот

Юксак давлат мукофоти муборак!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармонига кўра, Мустақиллигимизнинг 30 йиллиги муносабати билан давлат солиқ хизмати органларининг бир қатор ходимлари юксак давлат мукофотлари билан тақдирланди.

Хусусан, Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси бош инспектори Муслимова Гузал Сабировна ҳам “Шуҳрат” медалига сазовор бўлди.

Шу муносабат билан, давлат солиқ бошқармаси раҳбарияти ҳамда бутун жамоа номидан самимий табриклайман.

Эътироф этиш жоиз, Гузал Муслимова мамлакатимиз иқтисодий барқарорлигини таъминлаш, солиқ маъмурчилигини такомиллаштириш борасида машаққатли, аммо шарафли меҳнати билан шундай унвонга эга бўлди.

Гузал Муслимовага шундай юксак давлат мукофоти қутлуғ бўлсин дея, сиҳат-саломатлик, оилавий бахт ва омад, шунингдек, Ватан равнақи йўлидаги ишларида ривож ҳамда ютуқлар бардавомлигини тилайман!

Шукурулло НИСБАТХОНОВ,
Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси бошлиғи

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tashakkurnoma #soliq #fergana

Namunali soliqchilar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, barchaga o‘rnak bo‘layotgan yosh xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

O‘z kasbiga sidqidildan yondashadigan, iqtidorli, kreativ va odobli farzandlarni tarbiyalagan ota-onalarga inspeksiya boshlig‘i tomonidan minnatdorchilik bildirilib, yosh soliq xodimlarining yutuqlariga to‘xtalib o‘tildi.

O‘z navbatida ota-onalar ham kutilmagan tashakkurnomadan mamnun bo‘lib, Vatan ravnaqi yo‘lida farzandlari tinmay mehnat qilishlarini ta’kidladilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#intervyu

Yangi O‘zbekiston – yangi soliq tizimi, yangi natijalar, yangi rejalar

DSQ raisi Sherzod KUDBIYEV:
– Mustaqilligimizning o‘tgan yillari mobaynida xalqimiz milliy o‘zligini anglab, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi.

Bugun biznesda tamomila boshqacha muhit, soliq turlari 16 tadan 9 taga, nazorat shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi.

O‘zini o‘zi ish bilan band qilish instituti orqali qariyb 1 millionta yashirin sektordagi odamlar faoliyatini legallashtirishga erishildi.

Joriy yil boshidan bugungi kungacha 9 trillion so‘m QQS manfiy ortiqcha to‘lovlari tadbirkorlarga qaytarildi.

4-sektorlarda 157 mingdan ortiq fuqarolar ish bilan taʼminlandi.

Xorijiy sarmoyadorlar ulushida tashkil etilgan korxonalar soni 4 yilda 2,6 barobarga ko‘paydi va 13,2 mingtaga yetdi.

“CERT International” ixtisoslashgan tashkiloti tomonidan DSQ markaziy apparatiga ISO37001:2016 xalqaro sertifikati berildi.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasi, #174

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Farg‘ona viloyati davlat soliq organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz, Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tuman va shahar DSI xodimlarining bir guruhi rag‘batlantirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yili arafasida tizimda mehnat qilayotgan 20 nafarga yaqin kam ta’minlangan oila farzandlari uchun o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt