Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Ишсизлик даражаси юқори бўлган маҳаллаларда оилаларнинг даромад манбаи яратилади

Ҳукумат қарори (504-сон, 09.08.2021 й.) билан Ривожланишда орқада қолаётган ҳамда ишсизлик даражаси нисбатан юқори бўлган маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш орқали оилаларнинг даромад манбаини яратиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

☑️ Унга кўра, туман ва шаҳар сектор раҳбарлари томонидан “оғир” маҳаллалар белгиланади.

➡️ Маҳаллаларда тадбиркорликни ривожлантириш учун “ўсиш нуқталари” аниқланиб, ҳар бир тадбиркорлик йўналишига “етакчи” тадбиркорлар бириктирилади.

💰 “Оғир” маҳаллаларга бириктирилган “етакчи” тадбиркорларга 3 йил муддатгача йиллик 10 фоиз ставкада маҳалла учун 2 миллиард сўмгача кредитлар кооперация асосида ажратилади.

📌 Ҳар бир “оғир” маҳаллага ажратилган 2 млрд. сўм маблағларнинг 10 фоизгача бўлган қисми уларнинг тегишли ихтисослашув йўналишларида биттадан намуна ва ўрнак кўрсатадиган тадбиркорлик лойиҳаларини амалга ошириш учун йўналтирилади.

“Етакчи” тадбиркорларга кооперация асосида ишлаётган фуқаро томонидан ишлаб чиқарилаётган (етиштирилаётган) маҳсулотларни сотиб олиш ёки шартномага асосан фуқарога ойлик иш ҳақи тўлаш шарти ўрнатилади.

Кредитлар сектор раҳбарлари томонидан “оғир” маҳаллада тадбиркорликни ҳамда иқтисодий кооперацияни ривожлантириш бўйича “йўл хариталар” ва дастурлар Оилавий тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш марказида ҳимоя қилиниб, ижобий хулосаси олингандан сўнг берилади.

🏦 Қарорга кўра шунингдек, “Агробанк” акциядорлик тижорат банки томонидан кичик ва оилавий тадбиркорлик субъектларига майдони 10 сотихдан 50 сотихгача бўлган замонавий иссиқхоналар барпо этиш учун Марказий банкнинг асосий ставкасида 7 йил муддатгача кредитлар ажратилади.
#legalizatsiya #fergana

23 mingga yaqin ish o‘rinlari rasmiylashtirildi

Bugun qaysi tarmoqda bo‘lmasin yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun aholining rasmiy ro‘yxatdan o‘tib ishlashiga ko‘maklashish, ularning huquqiy dunyoqarashini yuksaltirish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish qurilish, umumiy ovqatlanish sohalari bo‘yicha manzilli ishlar olib borilayotir. Norasmiy faoliyat yuritayotgan subyektlar qonuniy yo‘lga yo‘naltirilmoqda. Bunda ularni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotdan olib chiqish kabi choralar ham ko‘rilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 22 644 ta norasmiy ish o‘rinlari legallashtirildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 223-moddasiga ko‘ra ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasini soliq hisobotida aks ettirilmaganligi soliq bazasini yashirish deb baholanadi.

Soliq bazasini yashirish holatlari aniqlanganda soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida moliyaviy jarima qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Tadbirkorlik subyektlarining takliflariga muvofiq yillar davomida (3 yildan ortiq) faoliyatini amalga oshirmayotgan xo‘jalik subyektlarini soddalashtirilgan tartibda davlat reyestridan chiqarish tadbirlari ko‘rilmoqda.

Davlat reyestridan chiqariladigan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati bilan Davlat xizmatlari agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin 👉 (https://fo.birdarcha.uz/notification/simple_liquidation)

Faoliyatini qayta tiklash istagida bo‘lgan xo‘jalik subyektlari taʼsischi va rahbarlari 2021-yil 20-avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tgan hududidagi davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari lozim.

☝️Qo‘shimcha savollar bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, Davlat soliq qo‘mitasining Call-markazi - 1198 hamda 71-202-32-82 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qaroriga muvofiq, O'zbekistondagi barcha joy, ko'cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ'ibot vositalari, reklama va e'lonlar, shuningdek, ish qog'ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida bo'lishi belgilangan.

Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasida o'tgan ma'naviyat soatida ushbu qaror ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar haqida fikr yuritildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #Quvasoy

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi quvasoylik tadbirkor Ne’matillo Baratovga soliq idoralari xodimlari tomonidan “Soliqchi – ko`makchi” tamoyili asosida doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli faoliyati to‘xtab qolgan “DAIMLER AVTO” MChJga ham kredit olishga ko‘maklashildi. Natijada yuk transportida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona qayta oyoqqa turdi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlaynNKM

2021-yil birinchi yarmida 177 ming shoxobcha onlayn nazorat-kassa texnikasidan foydalanishga o‘tdi

Onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
(PF-5813-son, 5-bandi. VM-943-son qarori, 1-ilova, 6-bandi)

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(Soliq kodeksi, 221-modda)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_texnikumi #fergana

🗣Farg‘ona soliq texnikumi o‘qishga taklif etadi!

📃Umumiy o‘rta ta’lim ma’lumot, 11-sinfni tamomlagan, o‘rta-maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslar qabul qilinadi.

👉Yo‘nalishlar:
Soliq va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi va audit.

👉O‘qish davri - 2 yil (davlat granti va to‘lov kontrakt asosida).

👉O‘qish shakli - kunduzgi va sirtqi.

👉Hujjat topshirish - www.texnikum.edu.uz yoki Farg‘ona soliq texnikumi binosida.

❗️Hujjat topshiruvchilar yoshi chegaralanmagan.

🗓Hujjat topshirish muddati
– 2021-yil 10-avgustdan 2021-yil 10-sentabrga qadar.

📍Manzil – Farg‘ona sh. Farg‘ona ko‘chasi 122-uy. (Mo‘ljal: Farg‘ona Politexnika instituti yonida).

📞Telefonlar – 73 241-11-49, 73 241-11-65, 90 300-62-18.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz #soliq #kontrakt

🧑🏻‍🎓 Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod etiladi

🔵 O‘zbekiston soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (👨‍👩‍👧‍👦 o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

☝️Soliq organiga 👩🏻‍💻📄deklaratsiya topshirish orqali kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

📄 👩🏻‍💻Ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉 o‘z mablag‘lari;
👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
👉 to‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin (27.05.2010 yil Adliya Vazirligidan 2107-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom).

❗️Bunda, soliq chegirmasi OTMda o‘qish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.

📄 👩🏻‍💻 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

👉 talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
👉oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
👉pasport nusxasi va ta’lim oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

❗️Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish yo‘li bilan hamda soliq to‘lovchining yozma arizasiga binoan to‘lov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.

Aka-uka, opa-singil, amma-xola, amaki-tog‘a, vasiy va boshqalarning ta’limi uchun to‘lovlarda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi❗️

👩‍💻 Eslatib o‘tamiz, jami yillik daromadingiz to‘g‘risidagi deklaratsiyani soliq inspeksiyasiga🚶 shaxsan tashrif buyurish yoki ✉️ pochta orqali buyurtma xatda yuborish yoxud 📧soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov #fergana

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

✍️Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Qo‘chqarov Jahongir Jakbarovich Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Qo‘chqarov 1984-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2007-yilda Farg‘ona Politexnika institutini tamomlagan.

J.Qo‘chqarov soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2008-yilda Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan. Keyin esa O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa J.Qo‘chqarov O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Jahongir Qo‘chqarov Soliq xizmatining I darajali inspektori.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Shu sababli 2021-yil 16-avgust iyul oyi uchun:

– hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi birinchi qismi, 407-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlari).
Янги Ўзбекистон демократик ўзгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмоқда

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Янги Ўзбекистон” газетаси бош муҳаррири Салим Дониёровнинг саволларига жавоблари


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 17-avgust kuni “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Mazkur hujjatga muvofiq 2021 yilning 1 sentabridan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Joriy yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston hududida:

▫️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m;
▫️bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m;
▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m;
▫️yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m;
▫️bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m;
▫️zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m;
▫️ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m;
▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m;
▫️1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 2 750 000 so‘m etib belgilandi.

▪️Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 440 000 so‘m etib belgilandi. Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.

▪️Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga440 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 165 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yangi O‘zbekistonda kichik va xususiy biznes subyektlari soni keyingi paytda ikki barobar ko‘paydi, ushbu tarmoqdagi 50 foizdan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil etilgan. Bu esa mamlakatimizda muhim ijtimoiy qatlam – o‘rta sinfning kuchayishi uchun puxta zamin bo‘lmoqda...

Biznes ahli haqida faqat soliqlarni to‘lash va tekshirishlar paytida eslaydigan zamonlar o‘tib bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, soliq qonunchiligini maqbullashtirish borasida biz ancha ish qildik, lekin hali oldimizda yanada katta vazifalar turibdi va biz ularni albatta amalga oshiramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovga bergan intervyusidan

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Onlayn-NKM bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Onlayn nazorat-kassa mashinalari: xarid cheki talab qilishning ahamiyati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda iste’molchilarga kassa cheki berish jarayonlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va qaysi turdagi tadbirkorlar nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishi majburiyligi haqida batafsil axborot berildi.

Ayni paytda viloyatimizda onlayn nazorat-kassa texnikasidan foydalanayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari soni 13 778 tani tashkil etayotganligi ta’kidlandi.

Jamoatchilik nazoratini ta’minlash hamda davlat soliq xizmati organlariga ko‘mak berishni istagan ijtimoiy faol fuqarolar uchun “Soliq hamkor” axborot tizimi mavjudligi ham eslatib o‘tildi.

Qizg‘in baxs-munozalarga boy bo‘lgan matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I