Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
So‘x tumanida "Soliqchi-ko‘makchi" tamoyili asosida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

©️So‘x TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#vakansiya #soliq #fergana

Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralaridagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali viloyat davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

Dang‘ara tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi soliqqa oid huquqbuzarliklar bilan ishlash sho‘basi bosh inspektori;

Uchko‘prik tumani davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori.

❗️Hujjatlar 2021-yil 7-avgustdan 16-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi bilan bog‘liq videomurojaatda qayd etilgan holatlar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan shaxsan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

E’lon qilingan xabarlar qanchalik asosli ekanligi boshqarma rahbariyati tomonidan batafsil o‘rganib chiqiladi va qisqa fursatlarda qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Farg’ona viloyati DSB matbuot xizmati

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2021-yil 9-avgust:

avgust oyi uchun
▫️ aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️9 августа 2021 года крайний срок:

за август
▫️ уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога
(часть первая статьи 432 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #fergana

Farg‘ona tumanida tadbirkorlarga amaliy yordam

🤝Soliq organlari ko‘magi bilan farg‘onalik yosh tadbirkor Burgutali Ro‘zaliyev mebel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib yangi ish o‘rinlari yaratdi.

♻️Sog‘lomlashtirish markazi tashkil etgan Haydarali Mukarramov soliq imtiyozlaridan unumli foydalanmoqda. Ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan tadbirkorga Farg‘ona tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari yaqin ko‘makdosh va maslahatchi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob #hisobvaraq_faktura

⭕️Qo‘shimcha hisobvaraq-faktura qanday hollarda rasmiylashtiriladi

🟢Qo‘shimcha hisobvaraq-faktura quyidagi hollarda tuziladi:

tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;

ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;

tovarlarning, xizmatlarning narxi yoki soni (hajmi) o‘zgarganda;

sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda.

Agar chegirma berish shartnoma yoki soliq to‘lovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘shimcha hisobvaraq-faktura mazkur holatlar ro‘y bergan sanada rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi. Qo‘shimcha hisobvaraq-faktura tuzatish kiritilayotgan hisobvaraq-fakturalar taqdim etilgan sanadan boshlab bir yillik muddat doirasida yoki kafolat muddati doirasida rasmiylashtirilishi mumkin (VM 489-son qarori 2-ilovasi 5-bob, 14.08.2020 yil).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_tushumlari

📥2021-yilning dastlabki 6 oyida davlat byudjetiga 61,3 trln so‘m soliq tushumlari taʼminlandi

🔸Qo‘shilgan qiymat solig‘idan 12,2 trln so‘m;
🔸Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 8,8 trln so‘m;
🔸Yer va mol-mulk solig‘idan esa jami 3 trln so‘m davlat byudjetiga tushdi.

☝️Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-yarim yilligida byudjetga 46 trln so‘m soliq tushumlari tushishi taʼminlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Ишсизлик даражаси юқори бўлган маҳаллаларда оилаларнинг даромад манбаи яратилади

Ҳукумат қарори (504-сон, 09.08.2021 й.) билан Ривожланишда орқада қолаётган ҳамда ишсизлик даражаси нисбатан юқори бўлган маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш орқали оилаларнинг даромад манбаини яратиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

☑️ Унга кўра, туман ва шаҳар сектор раҳбарлари томонидан “оғир” маҳаллалар белгиланади.

➡️ Маҳаллаларда тадбиркорликни ривожлантириш учун “ўсиш нуқталари” аниқланиб, ҳар бир тадбиркорлик йўналишига “етакчи” тадбиркорлар бириктирилади.

💰 “Оғир” маҳаллаларга бириктирилган “етакчи” тадбиркорларга 3 йил муддатгача йиллик 10 фоиз ставкада маҳалла учун 2 миллиард сўмгача кредитлар кооперация асосида ажратилади.

📌 Ҳар бир “оғир” маҳаллага ажратилган 2 млрд. сўм маблағларнинг 10 фоизгача бўлган қисми уларнинг тегишли ихтисослашув йўналишларида биттадан намуна ва ўрнак кўрсатадиган тадбиркорлик лойиҳаларини амалга ошириш учун йўналтирилади.

“Етакчи” тадбиркорларга кооперация асосида ишлаётган фуқаро томонидан ишлаб чиқарилаётган (етиштирилаётган) маҳсулотларни сотиб олиш ёки шартномага асосан фуқарога ойлик иш ҳақи тўлаш шарти ўрнатилади.

Кредитлар сектор раҳбарлари томонидан “оғир” маҳаллада тадбиркорликни ҳамда иқтисодий кооперацияни ривожлантириш бўйича “йўл хариталар” ва дастурлар Оилавий тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш марказида ҳимоя қилиниб, ижобий хулосаси олингандан сўнг берилади.

🏦 Қарорга кўра шунингдек, “Агробанк” акциядорлик тижорат банки томонидан кичик ва оилавий тадбиркорлик субъектларига майдони 10 сотихдан 50 сотихгача бўлган замонавий иссиқхоналар барпо этиш учун Марказий банкнинг асосий ставкасида 7 йил муддатгача кредитлар ажратилади.
#legalizatsiya #fergana

23 mingga yaqin ish o‘rinlari rasmiylashtirildi

Bugun qaysi tarmoqda bo‘lmasin yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun aholining rasmiy ro‘yxatdan o‘tib ishlashiga ko‘maklashish, ularning huquqiy dunyoqarashini yuksaltirish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish qurilish, umumiy ovqatlanish sohalari bo‘yicha manzilli ishlar olib borilayotir. Norasmiy faoliyat yuritayotgan subyektlar qonuniy yo‘lga yo‘naltirilmoqda. Bunda ularni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotdan olib chiqish kabi choralar ham ko‘rilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari natijasida joriy yilning o‘tgan davrida 22 644 ta norasmiy ish o‘rinlari legallashtirildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 223-moddasiga ko‘ra ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasini soliq hisobotida aks ettirilmaganligi soliq bazasini yashirish deb baholanadi.

Soliq bazasini yashirish holatlari aniqlanganda soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida moliyaviy jarima qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Tadbirkorlik subyektlarining takliflariga muvofiq yillar davomida (3 yildan ortiq) faoliyatini amalga oshirmayotgan xo‘jalik subyektlarini soddalashtirilgan tartibda davlat reyestridan chiqarish tadbirlari ko‘rilmoqda.

Davlat reyestridan chiqariladigan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati bilan Davlat xizmatlari agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin 👉 (https://fo.birdarcha.uz/notification/simple_liquidation)

Faoliyatini qayta tiklash istagida bo‘lgan xo‘jalik subyektlari taʼsischi va rahbarlari 2021-yil 20-avgustga qadar ro‘yxatdan o‘tgan hududidagi davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari lozim.

☝️Qo‘shimcha savollar bo‘yicha soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, Davlat soliq qo‘mitasining Call-markazi - 1198 hamda 71-202-32-82 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qaroriga muvofiq, O'zbekistondagi barcha joy, ko'cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ'ibot vositalari, reklama va e'lonlar, shuningdek, ish qog'ozlari va turli blanklar lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida bo'lishi belgilangan.

Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasida o'tgan ma'naviyat soatida ushbu qaror ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar haqida fikr yuritildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi #Quvasoy

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi quvasoylik tadbirkor Ne’matillo Baratovga soliq idoralari xodimlari tomonidan “Soliqchi – ko`makchi” tamoyili asosida doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli faoliyati to‘xtab qolgan “DAIMLER AVTO” MChJga ham kredit olishga ko‘maklashildi. Natijada yuk transportida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona qayta oyoqqa turdi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlaynNKM

2021-yil birinchi yarmida 177 ming shoxobcha onlayn nazorat-kassa texnikasidan foydalanishga o‘tdi

Onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
(PF-5813-son, 5-bandi. VM-943-son qarori, 1-ilova, 6-bandi)

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(Soliq kodeksi, 221-modda)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_texnikumi #fergana

🗣Farg‘ona soliq texnikumi o‘qishga taklif etadi!

📃Umumiy o‘rta ta’lim ma’lumot, 11-sinfni tamomlagan, o‘rta-maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega shaxslar qabul qilinadi.

👉Yo‘nalishlar:
Soliq va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi va audit.

👉O‘qish davri - 2 yil (davlat granti va to‘lov kontrakt asosida).

👉O‘qish shakli - kunduzgi va sirtqi.

👉Hujjat topshirish - www.texnikum.edu.uz yoki Farg‘ona soliq texnikumi binosida.

❗️Hujjat topshiruvchilar yoshi chegaralanmagan.

🗓Hujjat topshirish muddati
– 2021-yil 10-avgustdan 2021-yil 10-sentabrga qadar.

📍Manzil – Farg‘ona sh. Farg‘ona ko‘chasi 122-uy. (Mo‘ljal: Farg‘ona Politexnika instituti yonida).

📞Telefonlar – 73 241-11-49, 73 241-11-65, 90 300-62-18.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz #soliq #kontrakt

🧑🏻‍🎓 Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan kontrakt to‘lovi daromad solig‘idan ozod etiladi

🔵 O‘zbekiston soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (👨‍👩‍👧‍👦 o‘zining, 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov amalga oshirilganda, to‘lov qilingan qismi daromad solig‘idan ozod etiladi.

☝️Soliq organiga 👩🏻‍💻📄deklaratsiya topshirish orqali kontrakt to‘lovida soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

📄 👩🏻‍💻Ta’lim uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda soliq chegirmasi taqdim etiladi:

👉 o‘z mablag‘lari;
👉 jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).
👉 to‘lov oylik ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda, soliq organiga jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin (27.05.2010 yil Adliya Vazirligidan 2107-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom).

❗️Bunda, soliq chegirmasi OTMda o‘qish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun ko‘rsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.

📄 👩🏻‍💻 Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

👉 talaba bilan oliy o‘quv yurti o‘rtasida to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
👉oliy o‘quv yurtlari hisob raqamiga pul mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
👉pasport nusxasi va ta’lim oluvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

❗️Soliq chegirmasi davlat soliq xizmati organlari orqali jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish yo‘li bilan hamda soliq to‘lovchining yozma arizasiga binoan to‘lov manbaida — ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.

Aka-uka, opa-singil, amma-xola, amaki-tog‘a, vasiy va boshqalarning ta’limi uchun to‘lovlarda ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi❗️

👩‍💻 Eslatib o‘tamiz, jami yillik daromadingiz to‘g‘risidagi deklaratsiyani soliq inspeksiyasiga🚶 shaxsan tashrif buyurish yoki ✉️ pochta orqali buyurtma xatda yuborish yoxud 📧soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tayinlov #fergana

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

✍️Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Qo‘chqarov Jahongir Jakbarovich Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Qo‘chqarov 1984-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2007-yilda Farg‘ona Politexnika institutini tamomlagan.

J.Qo‘chqarov soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 2008-yilda Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan. Keyin esa O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa J.Qo‘chqarov O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Jahongir Qo‘chqarov Soliq xizmatining I darajali inspektori.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Shu sababli 2021-yil 16-avgust iyul oyi uchun:

– hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi birinchi qismi, 407-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlari).
Янги Ўзбекистон демократик ўзгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмоқда

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Янги Ўзбекистон” газетаси бош муҳаррири Салим Дониёровнинг саволларига жавоблари


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter